1507-yilda – Muhammad Shayboniyxon xonlik iqtisodiyotini tartibga solish va savdoni rivojlantirish maqsadida pul islohoti o’tkazdi.
1510-yilda – Muhammad Shayboniyxon va Ismoil Saffaviy qo’shinlari to’qnashadi.
1510-yilda – Eron shohi Ismoil Safaviy Xorazmni bosib oldi.
1511-yilda – Bobur Mirzo Samarqandni uchinchi martta egalladi.
1512-yil 28-aprelda – shayboniylar Bobur Mirzo bilan uning ittifoqchisi safaviylar qo’shinini tor-mor qildi.
1512-yilda – G’ijduvonda shayboniylar bilan safaviylar o’rtasidagi hal qiluvchi jangda shayboniylar qo’shinining qalb qismiga Ubaydullo Sulton, o’ng qanotga Shayboniyxonning o’g’li Muhammad Temur, chap qanotga Ko’chkunchixonning o’g’li Abu Said Sultonlar qo’mondonlik qilishdi.
1512-yilda – shayboniylar Movarounnahrni ikkinchi marta egallagach, shayboniy sultonlar mamlakat viloyatlarini qayta taqsimlashni shayboniylarning eng nufuzli vakili Jonibek Sultonga topshirdilar.
1512-yilda – Elbarsxon Xorazm taxtiga o’tqazildi.
1512-yilda – Xorazm mustaqilligi tiklandi va keyinchalik Xiva xonligi deb atala boshlandi.
1512-1770-yillarda – Xiva xonligida shayboniylar sulolasi hukmronlik davri.
1512-1663-yillarda – “Shajarayi turk va mo’g’ul” asarining I bobi Xorazmning shu yillardagi tarixiga bag’ishlangan.
1523-1603-yillarda – Gulbadanbegim yashagan yillar
1530-yilda – Ko’chkinchixon hukmronligi tugadi.
1530-1533-yillarda – Abu Said hukmronlik davri.
1533-1540-yillarda – Ubaydullaxon hukmronlik davri.
1533-yilda – Ubaydullaxon xonlik poytahtini Samarqanddan Buxoroga ko’chirtiradi.
1533-yilda – Shayboniylar davlati Buxoro xonligi deb atala boshlandi.
1533-1536-yillarda – Buxoroda Mir Arab Madrasasi quriladi.
1534-1598-yillarda – Abdullaxon II yashagan yillar.
1537-1538-yillarda – Buxoro xoni Ubaydullaxon Xorazmga hujum qilib, Xiva xonligini bo’ysundirdi.
1540-yilda – Navro’z Ahmadxon Samarqand hukmdori, amakivachchasi Abdulatifxon bilan ittifoq tuzib Buxoroni egalladi va hokimiyatni o’z tarafdorlariga topshirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |