1911-yil – Rossiyada hukmron tabaqalar Stolipinni otib o`ldirdilar;
1912-yil - Germaniyada cho‘yan ishlab chiqarish 17,6 mln. tonnaga уetdi;
1912-yil - Liviya Italiya mustamlakasiga aylandi;
1912-yil - Avstriya-Vengriyada og‘ir iqtisodiy inqiroz yuz berdi;
1912-yil 28-noyabr – Albaniya mustaqillikka erishdi;
1912-yil – Jazoirda ,,Yosh jazoirliklar” partiyasi tuzildi. Partiya sud ishlarida mahalliy xalq uchun ,, mahalliykodeks” deb ataluvchi kamsituvchi tartibni bekor qilish, soliq olishda jazoirliklar va yevropaliklarni tenglashtirish, xalq maorifini kengaytisih, arablar uchun saylanadigan lavozimlarni ko`paytirish talablarini qo`yganlar;
1912-yil – Marokash Fransiya protektoratiga aylandi;
1912-yil 12-fevral – Xitoyda Yuan Shikay boshliq monarxiya tarafdorlari inqilobiy harakatning tazyiqi bilan Sin sulolasini taxtdan voz kechishga majbur etdi;
1912-yil - ,,Bolqon ittifoqi “ davlatlari Turkiyaga urush e`lon qildi;
1912-yil 5-avgust – Turkiyada ,,Hurriyat va birdamlik “ partiyasi davlat to`ntarishini amalga oshirdilar;
1912-yil - Xitoyda S.Y.Sen boshchiligida ,,Gomindan “ (Milliy partiya) tuzildi;
1913-yil – Bolgariya Gretsiya va Serbiyaga hujum qilishi bilan ikkinchi Bolqon urushi boshlandi;
1913-yil – Meksikada general Uerta davri boshlandi;
1913-yil sentabr - AQSh Kolaradoda kon ishchilari og`ir mehnat sharoitiga qarshi ish tashladilar; Ular 8 soatlik ish kuni, ish haqini oshirishni talab qildilar;
1913-yil – Turkiyada ,,Yosh turklar “ Anvarbey rahbarligida ,,Hurriyat va birdamlik “ partiyasi hukumatini ag`dardilar; uch kishilik ,,Uchlik “ hokimyatni boshqarishga kirishdi : Anvar, Tal`at, Jamol;
1913-yil – Xitoyda S.Y. Sen rahbarligida ,,Ikkinchi inqilob “ amalga oshirildi;
1914-1918 yillar - I jahon urushi davri.
1914-yil – AQSh Kongressi trestlarga qarshi qonun qabul qildi;
Do'stlaringiz bilan baham: |