1906-yil - Eronda shoh Konstitutsiyani qabul qilish haqida farmonga imzo qo`ydi;
1906-yil - Eronda parlament – Majlisga saylovlar o`tkazildi;
1906-yil – Eronda shoh xalq tazyiqi bilan Majlisga saylovlar o`tkazish haqida farmon berdi;
1906-yil dekabr – Hindistonda so`l radikal oqim talabi bilan HMK ,, Svaraj”, ,,Svadeshi “ , ,, Ingliz mollariga boykot “ nomli qarorlar chiqardi;
1907-1909 yillar - Eronda Muhammad Alishoh davri;
1907-1911 yillar - Eronda ikkinchi inqilob davri; harakat asosan mustamlakchilarga qarshi qaratilgan;
1907-yil - Antanta ittifoqi tashkil etildi;
1907-yil - Germaniya sanoatida ishchilar 8,6 mln kishiga yetadi;
1907-yil - ,,Umumiy elektr jamiyati”(Germaniya) va ,,Umumiy elektr kompaniyasi”(AQSh) jahonn elektr bozorini bo`lib olish va o’zaro hamkorlik qilish to`g`risida shartnoma tuzdilar;
1907-yil – Afg`oniston inglizlar bilan bitim imzoladi;
1907-yil – Avstriya-Vengriyada yangi saylov haqida qonun qabul qilindi;
1907-yil – Marokash shahrida fransuz shifokori o`ldiriladi;
1907-yil iyun - Rossiyada 3-Dumaga saylovlar bo`lib o`tdi;
1908-yil – Erondagi inqilob markazi Tehrondan – Tabrizga ko`chdi;
1908-yil 24-iyul – Turkiyada ,,Yosh turklar “ partiyasi talabi bilan Abdulhamid II Konstitutsiyani tiklaganini e`lon qildi;
1908-yil 3-iyul – Turkiyada ,,Yosh turklar” dan bo`lgan armiya zobitlari, harbiy garnizon qo`mondoni Niyozbiy rahbarligida qo`zg`alon ko`tardilar;
1909 -yil - Eronda Muhammad Alishoh o`rniga Ahmad keldi;
1909-yil - Italiya – Rossiya o`rtasida Bolqon yarim orolidagi o`z manfaatlarini quvvatlovchi bitim imzoladilar;
1909-yil – AQShda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari qiymati – 20 mlrd dollardan oshdi;
1909-yil – Meksikada hosilsizlik davri;
1909-yil 26-aprel - Turkiyada Abdulhamid taxtdan ag`darilib , o`rniga ukasi Mahmud V Rishod keldi;
Do'stlaringiz bilan baham: |