Asrlar
XIX asr – Angliya mustamlakachilik siyosatiga kirishdi;
XIX asr – Davlatning iqtisodiy va siyosiy hayotida burjuaziya tobora kattaroq rol o`ynay boshlandi;
XIX asr – Dunyoda yangi ishchilar sinfi shakllandi;
XIX asr o`rtalari - Angliyada fuqarolik jamiyati asoslari qaror topdi; bular - so`z, namoyishlar, matbuot erkinligi va tabaqaviy erkinliklar tugatilishida namoyon bo`ldi;
XIX asr o`rtalari - Industrial davlatlarda aholining 50% shaharlarda to`plandi;
XIX asr o`rtalari – Yevropa shahar qurilishida o`zgarishlar yuz berdi;
XIX asr o`rtalari – Buyuk Britaniya parlamenti jamoa palatasining 652 a`zosidan 289 tasi yer mulkdorlarini tashkil etardi;
XIX asr ikkinchi yarmi - ,,O`rta qatlam “ vakillari orasida ayniqsa, huquqshinoslar toifasi ajralib turardi;
XIX asr 60- yillari - Fransiya imperatori Napaleon III nufuziga putur yetdi;bunga qo`shni mamlakatlar Angliya va Germaniyadan tobora ortda qolishi sabab bo`ldi;
XIX asr 70-yillari - Slavyan xalqlari orasida milliy-ozodlik harakatlari kuchaydi;
XIX asr 70-yillari - Germaniya va AQShda urbanizatsiya jarayoni boshlandi;
XIX asr 70-yillari – Afg`aniston Rossiya va Angliya o`rtasidagi bahsga sabab bo`lgan mamlakatga aylandi;
XIX asr 70-yillari – Rossiyaning O`rta Osiyodagi bosqinchilik harakatlari davom etdi;
XIX asr 70-yillari - Fransiyaning xalqaro mavqei zaiflasha boshladi;
XIX asr 70-yillari - Janubiy slavyan xalqlarining ko`pchiligi hamon chet el zulmi ostida yashar edi;
XIX asr 70-yillari - Xitoyning 26 porti chet el mamlakatlari uchun ,,ochib “ berilgan edi;
XIX asr 70-yillari – Angliya Afrikadagi o`z mustamlakalarini birlashritib, federatsiya tuzishga kirishdi;
XIX asr 70-yillari – AQShda sanoat ishchilari – 12-13 mlnni, qishloq xo`jaligidagi ishchilar bilan birga – 20 mlnni tashkil qilardi;
Do'stlaringiz bilan baham: |