Sinf VIII 1-dars
Analog axborot bilan raqamli axborotning asosiy farqi shundaki, analog axborot uzluksiz, raqamli axborot esa uzlukli (diskret) dir
Download 0.55 Mb.
|
Sinf VIII 1-dars I. Mavzu
Analog axborot bilan raqamli axborotning asosiy farqi shundaki, analog axborot uzluksiz, raqamli axborot esa uzlukli (diskret) dir.
Inson tomonidan yaratilgan qurilmalar ichida analog axborotlar bilan ishlaydiganlari ham, raqamli axborotlar bilan ishlaydiganlari ham mavjud. Analog qurilmalarga televizor, telefon, raqamli qurilmalarga shaxsiy kompyutyerni mi-sol qilish mumkin. Hozirda raqamli televizor va raqamli telefonlar hayotimizdan keng o'rin olmoqda. Biz axborotlarni turli-tuman signallar holatida qabul qilamiz. Signallarning turli-tumanligi axborotlarni qayta ishlash jarayonini murakkablashtiradi. Shuning uchun ham ax-borotlarni to'plash, saqlash, qayta ishlashni osonlashtirish maqsadida ular bir xil shaklga keltiriladi, ya'ni qayta ishlash uchun qulay bo'lgan belgilar bilan almashtiriladi. Bu jarayon axborotlarni kodlash deyiladi. Hayotda axborotni kodlashning ko'pdan ko'p usullari mavjud. Ularga, quyida Siz bilan tanishadigan, Morze va harflarni raqamlash usullarini kiritish mumkin. Semyuel Morze 1837 yilda elektr magnit telegraf qurilmasini ixtiro qilgan va 1838 yilda shu qurilma uchun telegraf kodini ishlab chiqqan. Axborotlarni kodlashda ishlatiladigan usullardan biri axborotlarni telegraf kodi yordamida kodlash usulidir. Unda turli harf va raqam-lar nuqta va tirelarning maxsus ketma-ketligi ko'rinishida ifodalangan. Ya'ni axborot uchta belgi yordamida kodlanadi: "uzun signal" (tire yordamida ifodalanadi), "qisqa signal" (nuqta yordamida ifodalanadi), "signalsiz" (bo'shliq, pauza bilan ifodalanadi). Mazkur kodlash usuli hanuzgacha qo'llanib kelinmoqda. Morze kodlash usulini tekis bo'lmagan (o'zgaruvchi) kod deb yuritiladi. Insoniyatga ma'lum belgilar bu usuldagi ikki yoki undan ko'p belgilar yor-damida ifodalanadi. Kompyutyer raqamlarning o'zini emas, balki shu raqamlarni ifodalovchi signallarni farqlaydi. Bunda raqamlar signalning ikki qiymati bilan (magnitlangan yoki magnitlanmagan; ulangan yoki ulanmagan; ha yoki yo'q va h.k.) ifodalanadi. Bu holatning birinchisini 0 raqami bilan, ikkinchisini esa 1 raqami bilan belgilash qabul qilingan bo'lib, axborotni ikkita belgi yordamida kodlash nomini olgan. Bu usul qisqacha qilib, ikkilik kodlash deb ham ataladi. Bunda har bir raqam va alifbodagi belgi jahon andazalaridagi kodlash jadvali - ASCII (Amyerican Standard Code for Information Intyerchange) jadvali yordamida ikkilik belgilar ketma-ketligida ifodalanadi. Kodlash usullari ikkita - tekis va notekis turda bo'lishi mumkin. Tekis usullarda bir xil hajmdagi belgilardan foydalanilsa, notekis usulda belgilar turli hajmdagi belgilarni o'z ichiga oladi. Kodlashning notekis ususliga Morze alifbosi usuli misol bo'la oladi, chunki unda har bir harf va raqamga uzun va qisqa signallarning ikkilik ketma-ketligi mos keladi. Masalan, Ye harfiga birgina nuqta mos kelsa, O harfi uchun uchta tire mos keladi. Bunday usul bilan axborotlarni uzatish mumkin bo'lsada, ularni qayta ishlash katta muammoli vazifadir. Shuning uchun ham axborotlarni qayta ishlash vositasi hisoblanmish elektron hisoblash mashinalarida tekis kodlash usullaridan foydalaniladi. Kompyutyerlarda har bir belgiga 0 va 1 belgilarining ketma-ketligidan iborat 8 ta belgi mos qo'yiladi. Shu 8 ta belgining har biri bit deb nomlanadi. 8 ta bit esa bir bayt ni tashkil etadi. 8 ta nol va birlarning turli kombinatsiyasidan foydalanib, turli xildagi belgilarni kodlashimiz mumkin. 0 va 1 dan iborat raqamlar yordamida ularni 8 tadan ajratsak, bu kombinatsiyalar soni 28 =256 ga teng bo'ladi va ular yordamida 256 ta harflar, raqamlar, turli boshqa belgilarni kodlash imkoniyati tug'iladi. x.k) kabi, o'lchanadi. Ammo uning o'lchov birligi siz bilan matematika yoki fizika kursida tanishgan o'lchov birliklarimizdan farq qiladi. Axborotni o'lchash uchun unda ishtirok etgan harf, raqam va boshqa belgilar 0 va 1 raqamlaridan iborat kod bilan almashtiriladi. Masalan: 100101101 da 9 ta bit bor, chunki unda 9 ta raqam (0 va 1) ishtirok etmoqda. Bitdan kattaroq o'lchov birligi sifatida bayt qabul qilingan: Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling