Sinf VIII 1-dars


"_____"__________________ 20_ yil


Download 0.55 Mb.
bet9/41
Sana02.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1690551
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Bog'liq
Sinf VIII 1-dars I. Mavzu

"_____"__________________ 20_ yil.


Sinf VIII 8-dars


I.Mavzu: Axborotlarni raqamlar orqali ifodalash. Axborotlarni ikkilik sanoq sistemasida kodlash. Axborot miqdori.
II. Maqsad: O'quvchilarga Axborotlarni raqamlar orqali ifodalash. Axborotlarni ikkilik sanoq sistemasida kodlash. Axborot miqdori tushunchalari haqidagi bilim va ko’nikmalarini oshirish.
III. Darsning jihozi: kompyutyerlar va ulani qurilmalari, ko’rgazmali qurollar, plakatlar.
VI. Darsning borishi:
a) O'tilgan mavzu buyicha qisqacha savol-javob.
b) Yangi mavzuni tushuntirish
c) Yangi mavzuni mustahkamlash

Har bir fan o'z axboroti, o'zaro bog'langan ma'lumotlari majmuiga ega bo'lib, ularni qayta ishlashning o'z usullari va qoidalari mavjud. Mazkur usul va qoidalar shu fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqadi hamda axborot va ma'lumotlar shu fan o'rganuvchi asosiy ob'ektga bog'liq bo'ladi. Masalan, biologiyada o'rganiladigan ob'ekt - tabiiy tirik sis-temalar (odam, hayvonlar, o'simliklar) bo'lib, biologiya fanida qo'llaniladigan axborotlar ana shu ob'ektlar yordamida, ularning bevosita ishtirokida to'planadi, qayta ishlanadi, saqlanadi va uzatiladi.


Informatika fani uchun o'rganiladigan ob'ekt bo'lib, axborot hisoblanadi. Shuning uchun ham bu fanda axborotlarni yig'ish, hosil qilish, saqlash, qayta ishlash va uzatishda hisoblash texnikasi qay tarzda qo'llanilishi asosiy masala hisoblanadi.
Informatikada axborotlar ikki turga - analog va raqamli (diskret) axborotlarga bo'lib o'rganiladi.
Analog axborotlar uzluksiz mavjud bo'lib, uni ixtiyoriy vaqtda qabul qilish mumkin, boshqacha aytganda, analog axborotlar atrof-muhitga (shu jumladan insonga ham) uzluksiz ta'sir etuvchi enyergetik signallardir.
Tabiatda bu signallarning ikkita aynan bir xil kombinatsiyasi uchramaydi. Biz ikkita aynan bir xil tovush hatto bir daraxtda ikkita aynan bir xil yaproq uchratmaymiz. Ammo bun-ing teskarisi, ya'ni bir xil shaklga ega bo'lib, turli mazmun kasb etadigan holat ham mavjud. Masalan, bitta nota qog'ozda bitta yagona belgi bilan ifodalansada, u turli musiqa asboblarida (g'ijjak yoki nayda) ijro etilganda, uning farqini darhol sezamiz.
Ta'kidlash lozimki, analog axborotlarni qayta ishlash uchun ularning biror davrdagi ho-latini ajratib olishimiz va tahlil qilishimiz lozim. Buning uchun esa bu axborotni boshqacha shaklga o'tkazishimiz lozim. Bunda turli belgilardan foydalanamiz. Har-xil ranglarni turli raqamlar bilan, tovushlarni esa notalar bilan belgilab, analog axborotni raqamli axborotga aylantirishimiz mumkin.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling