Sinf VIII 1-dars
Tekshirdim: O`quv ishlari bo`yicha dirеktor
Download 0.55 Mb.
|
Sinf VIII 1-dars I. Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning jihozi
- O’quvchilarni baholash
Tekshirdim:
O`quv ishlari bo`yicha dirеktor o`rinbosari_________________ "_____"__________________ 20_ yil. Sinf VIII 4-dars I. Mavzu: Axborotlarni raqamlar orqali tasvirlash. Sanoq sistemalari. II. Maqsad: O'quvchilarga Axborotlarni raqamlar orqali tasvirlash. Sanoq sistemalari.haqidagi bilim va ko’nikmalarini oshirish. III. Darsning jihozi: kompyutyerlar va ulani qurilmalari, ko’rgazmali qurollar, plakatlar. VI. Darsning borishi: a) O'tilgan mavzular bo’yicha kompyutyerda l0 talik test savollarini byerish. b) Yangi mavzuni tushuntirish c) Yangi mavzuni mustahkamlash Odamlar o'rtasida muomala vositasi bo'lmish til kabi sonlarning o'z tili mavjud bo'lib, u ham o'z alifbosiga ega. Bu alifbo raqamlar va sonlarni ifodalash uchun qo'llaniladigan belgilardan iboratdir. Masalan, kundalik hayotimizda qo'llanadigan arab raqamlari 1, 2, . . ., 9, 0 yoki rim raqamlari I, II, V, X, L, C, M, H, . . ., sonlar alifbosining elementlari hisoblanadi. Turli davrlarda turli xalqlar, qabilalar raqamlar va sonlarni ifodalashda turlicha belgilardan foydalanganlar. Masalan, qadimgi Misrda raqam va sonlarni ifodalashda quyidagi belgilardan foydalanilgan: Masalan, qadimgi meksikaliklar (atsteklar) 402 sonini quyidagicha belgilaganlar:Ma'lumki, harflardan iborat alifboni qo'llashda ma'lum qonun va qoidalarga amal qilinadi. Sonli alifbodagi belgilardan foydalanishda ham o'ziga xos qoidalardan foydalaniladi. Bu qoidalar turli alifbolar uchun turlicha bo'lib, mazkur alifboning kelib chiqish tarixi bilan bog'liq. Masalan, biz kundalik hayotimizda qo'llayotgan sonlar alifbosi o'nta arab raqamini o'z ichiga olgan bo'lib, uning kelib chiqishida va qo'llanilishida tabiiy hisoblash vositasi bo'lmish qo'l barmoqlarimiz asosiy o'rin tutadi. O'z ichiga o'nta raqamni olganligi uchun ham bu alifbo o'zining barcha qoi-dalari bilan birgalikda o'n raqamli sanoq sistemasi deb ataladi. Qadimda ba'zi xalqlar ishlatadigan sonlar alifbosi beshta (qadimgi Afrika qabila-larida), o'n ikkita (masalan, inglizlarning sonlar alifbosida), yigirmata (XVI-XVII asrlarda Amyerika qit'asida yashagan atstek, mayya qabilalarida; yeramizdan avvalgi II asrda G'arbiy Yevropada yashagan keltlarda; fransuzlarda), ba'zilari oltmishta (qadimgi vavilonliklarda) belgini o'z ichiga olgan. Ular mos ravishda besh raqamli (qisqacha beshlik) sanoq sistemasi, o'n ikki raqamli (qisqacha o'n ikkilik) sanoq sistemasi, yigirmata raqamli (qisqacha yigirmalik) sanoq sistemasi yoki oltmishlik sanoq sistemasi deb nomlanadi. Soatning oltmishga, sutkaning o'n ikkiga karraliligi, bir yilning 12 oydan iboratligi, inglizlarda uzunlik o'lchov birligi bo'lmish 1 futning 12 dyuymga tengligi, fransuzlarning bir franki yigirma suga tengligi shu kabi sistemalarning qo'llanilishi natijasidir. Inson har bir sistemani ishlatganda ma'lum vositalardan ham foydalan-gan. Masalan, o'n ikkilik sanoq sistemasi uchun vosita sifatida qo'l barmoqlaridagi bo'g'inlardan foydalanilgan. Sonlar sistemasidagi raqamlar soni shu sistemaning asosi deb yuritiladi. Sonlar alifbosiga kiritilgan belgilar raqamlar va ular yordamida hosil qilingan boshqa belgilar sonlar deb yuritiladi. Masalan, o'nlik sanoq sistemasida 5, 6, 8 - bu raqamlar, ammo 658 - bu son. O'nlik sanoq sistemasida birliklar, yuzliklar, mingliklar va boshqalar har biri o'ntadan belgilardan iborat guruhlarga bo'lingan. Boshqa asosli sanoq sistemalardagi belgilar shu sistema asosi nechaga teng bo,lsa, shuncha belgilardan iborat guruhlarga ajratiladi. Inson hayotida keng tarqalgan sanoq sistema - bu o'nlik sanoq sistemasidir. Bunda raqamlar o'zi turgan o'rniga ko'ra turlicha miqdorni anglatadi. Masalan: a) 9(to'qqiz) - birlik; 90(to'qson) - o'nlik; 900(to'qqiz yuz) - yuzlik. Shu bois ham bu sistema raqamlari o'z pozitsiyasi (tutgan o'rni) ga bog'liq bo'lgan sistema deb ham yuritiladi. Demak, sanoq sistemalari shu xislatga ko'ra raqamlarining pozitsiyasiga bog'liq bo'lgan va raqamlarining pozitsiyasiga bog'liq bo'lmagan sanoq sistemalariga (qisqacha pozitsiyali va pozitsiyali bo'lgan sanoq sistemalariga) bo'linadi. Sonlarning bu kabi tasniflanishi ular ustida arifmetik amallar bajarish imkonini byeradi. Shuning uchun ham ajdodlarimiz raqamlar va sonlarni aniq bir shakllar tizimiga keltirish masalasiga katta e'tibor qaratganlar. Yurtdoshimiz al-Xorazmiy arab (to'g'rirog'i, hind) raqamlarining sondagi o'rniga bog' liq holda amallar bajarish tartibini yagona tizimga birlashtirdi. Xorazmiy hind raqamlari asosida o'nlik pozitsiyali sistemada sonlarning yozilishini batafsil bayon qilib, bunday yozilishdagi qulayliklar, ayniqsa, nulning ishlatilishi ahamiyatini va sonlarning martabalarini, ya'ni razryadlarini (sondagi o'rni) e'tiborga olish lozimligini ta'kidlaydi. V. O’quvchilarni baholash: VI. Uyga topshiriq: Sanoq sistemasi mavzusidagi savollarga javob yozish va kamida 3 ta misol yozib kelish. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling