Sinf VIII 1-dars


Download 0.55 Mb.
bet3/41
Sana02.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1690551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Sinf VIII 1-dars I. Mavzu

Tasdiqlayman:
O`quv ishlari bo`yicha dirеktor
o`rinbosari_________________


"_____"__________________ 20_ yil.


Sinf VIII 2-dars
I. Mavzu: Informatika fani nimani o’rganadi?
II. Maqsad: O'quvchilarga informatika fani, bu sohada faoliyat ko’rsatgan buyuk allomalarimizni ishlari haqida ma’lumotlar axborotni qayta ishlash texnologiyasini mazmuni va axamiyati bilan tanishtirish.
III. Darsning jihozi: kompyutyerlar va ularni qurilmalari, ko’rgazmali qurollar.
VI. Darsning borishi:
a) O'tilgan mavzu buyicha qisqacha savol-javob.
b) O'tilgan mavzular bo’yicha kompyutyerda l0 talik test savollarini byerish.
d) Yangi mavzuni tushuntirish
c) Yangi mavzuni mustahkamlash
XX asrning 50 – yillarida yangi fan – informatikaga asos solindi.
Informatika – inson faoliyatining turli jabhalaridagi axborotlarni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug‘ullanuvchi fandir.
Qisqa qilib aytganda, informatika axborotlar ustida bajariladigan amallar va ularni qo‘llash usullarini o‘rganadigan fandir.
Demak, informatika uchun asosiy ashyo – axborot. U informatika fanida asos tushuncha sifatida qabul qilingan.
Axborotning o‘zi nima? Uning ilmiy ta’rifi mavjudmi? Axborot o‘z mazmuni va shakliga ko‘ra moddiymi?
Axborot tushunchasi turli sohalarda turlicha tavsiflanadi. Texnika sohasining mutaxassislari uchun axborot – texnika va texnologiyalar, ularning ishlash tartiblari bo‘lsa, tibbiyot xodimlari uchun – bemorning kasallik tashhisi, dori–darmonlar va boshqa ma’lumotlar axborot hisoblanadi. Shu kabi boshqa soha vakillari o‘z sohalari bilan bog‘liq ma’lumotlarni axborot sifatida qabul qiladilar.
Axborot informatika fani uchun asos tushuncha sifatida qabul qilinganligi sababli, unga ta’rif byermaymiz. Ammo axborot deganda, biz nimani tushunishimizni belgilab olishimiz kyerak.
AXBOROT deganda biz barcha sezgi organlarimiz orqali qabul qila oladigan ma’lumotlar majmuini va ularning o‘zaro bog‘lanishi darajasini tushunamiz.
Inson (jamiyat mahsuli)ga aylanishida odam (tabiat mahsuli) o‘zini o‘rab turgan olamdan turli ma’lumotlar oladi, ularni o‘zaro bog‘laydi va shu ma’lumotlar asosida bilimga ega bo‘ladi.
IX–X asrlarda Forobiy taxallusi bilan yashab ijod etgan yurtdoshimiz Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon bilish jarayonini ikki bosqich – aqliy bilish va hissiy bilishdan iborat deb hisoblab, ular o‘zaro bog‘liq bo‘lib, biri boshqasisiz vujudga kelmasligini alohida ta’kidlaydi. Bilishning mazkur bosqichlari axborotsiz shakllanmaydi va, demak, axborot bilishning asosini tashkil etuvchi element hisoblanadi.
Forobiy «Ilm va san’atning fazilatlari» risolasida tabiatni bilishning cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilishga, sifatlardan mohiyatga qarab borishini va, buning asosida, ilmning borgan sari ortib, chuqurlashib borishini ta’kidlaydi.
Allomaning aytishicha, odamning ibtidosida avvalo «oziqlanish talabi» paydo bo‘lib, unga ko‘ra odam ovqatlanadi. Shundan so‘nggi talablar «tashqi talablar» bo‘lib, ular bevosita tashqi ta’sir natijasida sezgi organlari orqali vujudga keladi. Mazkur «tashqi talablar» — 5 turlidir: tyeri–badan sezgisi; ta’m bilish sezgisi; hid bilish sezgisi; eshitish sezgisi; ko‘rish sezgisi.

Odam asosan tevarak–atrofdan quyidagicha axborot qabul qiladi.



Ko‘rish

Biz ko‘zimiz bilan tevarak atrofdagi moddiylik va voqealarni ko‘ramiz, ranglarni ajratamiz va ular yordamida, bosh miyamizga tasavvurli ma’lumotlarni uzatamiz

Ko‘rish

Biz ko‘zimiz bilan tevarak atrofdagi moddiylik va voqealarni ko‘ramiz, ranglarni ajratamiz va ular yordamida, bosh miyamizga tasavvurli ma’lumotlarni uzatamiz

Hid sezish

Burun bilan hidni sezamiz

Eshitish

Qulog‘imiz bilan eshitamiz

Ta'm bilish

Tilimiz bilan ta’mni ajratamiz

Haroratni, moddiylikning holatini bilish

Biz tanamiz orqali havoning haroratini, moddiy buyumlarning qattiq yoki yumshoqligini ajrata olamiz

Kitob o‘qiymizmi, televizor ko‘ramizmi yoki suhbatlashamizmi, biz doimo axborot qabul qilamiz va uni o‘zimizga kyerak ko‘rinishga o‘tkazish maqsadida qayta ishlaymiz, ya’ni boshqaramiz.
Masalan, chorrahada svetoforning yonib turgan qizil chirog‘i odamga to‘xtab turishni ko‘rsatuvchi axborot bo‘lsa, yashil chiroq yo‘lni kesib o‘tish mumkinligini ko‘rsatuvchi axborot hisoblanadi.
Bu hol tabiat va jamiyatdagi boshqariladigan barcha jarayonlar uchun ham o‘rinlidir. Ulardagi axborotli (informatsion) jarayonlarni bilmasdan turib, ishlash tartibini tahlil qila olmaymiz va tabiiyki, aniq natijaga kela olmaymiz. Biror qaror qabul qilishda asosiy manba bo‘lib axborot hisoblangani kabi, boshqarish ham turli usullarda uzatilayotgan har xil signallar axborot orqali, amalga oshiriladi.
«Informatsiya» so‘zi lotincha informatio so‘zidan olingan bo‘lib «tushuntirish», «tafsiflash» degan ma'noni anglatadi.
U asosan, quiydagi uchta muhim sifatga ega bo‘lishi lozim:
- Axborot to‘liqlik sifatiga ega bo‘lishi lozim ya’ni axborot o‘rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to‘liq ifodalashi lozim;
- Axborot ma'lum darajada qimmatli bo‘lishi lozim, aks holda undan foydalanish ehtiyoji tug‘ilmaydi;
- Axborot ishonchli bo‘lishi lozim. Aks holda uni qayta ishlashga zarurat tug‘ilmaydi.
Axborotlar yuqoridagi sifatlar bilan farqlashdan tashqari shakliga ko‘ra ikki tur: uzluksiz va uzilishli turlarga ajratiladi.
Axborotlar ustida kyerakli amallarni bajarish borasida shunday tashkil qilingan bunday jarayon axborot texnologiyasi deb yuritiladi.
Axborot texnologiyasining asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash–tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo‘llaniladi.
V. O’quvchilarni baholash:
VI. Uyga topshiriq: Informatika fani nimani o’rganadi? Mavzusi oxridagi savvollarga javob yozib o’rganib kelish.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling