Sinfdan tashqari ishlar


Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni, shakl va metodlari


Download 52.68 Kb.
bet3/9
Sana29.03.2023
Hajmi52.68 Kb.
#1305591
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ostonaqulova Mahliyo

Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni, shakl va metodlari. O`quvchilarning yoshi, bilim va malakalari, ularning individual moyilligiga va qiziqishlariga qarab, kimyo ta’limida sinfdan tashqari ishlarning mazmuni, shakl va metodlari turlicha bo’ladi. Hozir maktabda sinfdan tashqari ishlarning quyidagi asosiy, tashkiliy shakllari mavjud.
1. Kimyo to’garagi
2. Kimyo jamiyati.
3. Sinfdan tashqari kimyoviy ekskursiyalari, jamoa bo’lib teatr va kinoga borish (ma`naviyat kunlari).
4. Uzoq joylarga kimyoviy ekskursiyalari.
5. Arxeologiya ekspedisiyasida qatnashish.
6. Kimyoiy burchaklari, muzeylari.
7. Kimyoviy shaxslarga bag’ishlangan mavzuiy kechalar yoki (kimyo jamiyati, to’garak ishi haqida, uzoq joylarga uyushtirilgan poxodlar va arxeologik ishlar haqida) hisobot kechalari.
8. Hisobot yoki mavzuiy ko’rgazmalar.
9. Yuqori sinf o’quvchilari uchun maktab lektoriyasi, lektorlar byurosi, targ`ibotchilar uchun seminarlar, suhbatlar.
10. Kimyoviy konferensiyalar, munozara va muhokamalar.
11. Maktab o’quvchilarining kimyoviy voqealarning qatnashuvchilari va shohidlari, yozuvchilar va ijtimoiy arboblar bilan uchrashuvlari.
12. Muzeylarga borish.
13. Kimyoiy o’yinlari.
14. Kimyoiy byulleten, devoriy gazeta va qo’lyozma jurnallar.
15. Sinfdan tashqari o’qishlar.
Ko’rinib turibdiki, sinfdan tashqari ishlarning shakllari turli-tuman, mazmuni boy, hatto maktab kimyo kursining mavzuiy doirasidan chetga chiqishi ham mumkin. Shuni aytish kerakki, sinfdan tashqari ishlarning mazmuni qanchalik boy va turli-tuman shakllarda olib borilmasin, ular bir maqsadga: ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Maktabda tashkil etiladigan kimyo to’garagi (yoki kimyochilar jamiyati) sinfdan tashqari qilinadigan barcha ommaviy ishlarni uyushtirish markazi va uning eng ixcham shaklidir. Sinfdan tashqari ishlardan kuzatilgan mas’uliyatli vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi o’qituvchining o’quvchilarni shu markazga jips jamlashga va uning ishlariga to’g’ri boshchilik qila bilishiga bog`liqdir.

Download 52.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling