Sinfdan tashqari ishlar
Download 52.68 Kb.
|
Ostonaqulova Mahliyo
Sinfdan tashqari o’qish. Qo’shimcha o’qish sinfdan tashqari ishlarning muhim shaklidir. Bu ish o’quvchilarga kitob o’qishni targ’ib qilish, uning ahamiyatini tushuntirish, kitobga qiziqtirishdan boshlanadi. Sinfdan tashqari o’qishni tashkil etishda o’quvchilarning yoshi, bilimi hamda malakalari e’tiborga olinishi lozim. O`qituvchi o’quvchilarni, avvalo darslikda ko’rsatilgan badiiy va ilmiy-ommabop asarlar bilan tanishtiradi va ulardan foydalanish yo’llarini gapirib beradi, yangi chiqqan kitoblar haqida ularni xabardor qilib turadi, kitob o’qishni uyushtiradi. Maktab tajribasida IV—VI sinf o’quvchilarini kitob o’qishga qiziqtirish maqsadida ilg’or o’qituvchilar quyidagi usuldan foydalanadilar: o’qituvchi o’quvchilarga o’qish kerak bo’lgan kitoblarni aytish bilan birga shu kitoblarni o’quvchilarga ko’rsatadi va hatto eng muhim, maroqli joylarni o’qib beradi. Biroq, o’qishni cho’zib yuborish yaramaydi, 15—20 minutdan oshirib yubormaslik kerak.
Qo’shimcha o’qishni tashkil etishda o’quvchilarni kitobga qiziqtirish bilan birga, mustaqil o’qishni tashkil qila bilish ham zarur. O`quvchilarning qo’shimcha o’qishi zarur bo’lgan kitoblar o’z vaqtida tavsiya etiladi. Ba’zi metodik asarlarda ko’rsatilganidek, hamma sinflardagi o’quvchilarning chorak ichida yoki o’qish yilining yarmida o’qishi uchun kitoblarning katta ro’yxatini birdaniga tavsiya qilish to’g’ri bo’lmaydi, tajriba ham rad qildi. Bu masalada ham har bir sinf bolalarining yoshi, bilim darajasi va malakalarini nazarga olib ish ko’rish lozim bo’ladi. Masalan, V—VI sinflarda o’quvchilar mustaqil o’qishlari lozim bo’lgan kitobga doir mavzu darsda o’rganib bo’lingandan keyin qanday kitobni o’qish kerakligi tavsiya qilinadi; VII—VIII sinfda mavzuga kirish darsida, agar o’qishga tavsiya qilinadigan kitob hajmi katta bo’lsa, mavzuni o’rganishdan 2—3 hafta oldin, IX sinflarda va o`rta maxsus, kasb-hunar bilim yurtlarida esa, yil boshida, hattoki eski yilning oxiridayoq tavsiya qilish ma’qul,negaki tavsiya qilingan kitoblardan ba’zilarini o’quvchilar yozgi ta`til vaqtida ham o’qishlari mumkin. O`quvchilarning yozuvchilar bilan uchrashuvlari ularning kitobxonlik ishtiyoqini oshirishda muhim rol o’ynaydi. Kimyoiy mavzularga bag’ishlangan kecha va konferensiyalarni o’tkazish, o’qilgan kitoblarni muhokama qilish kabi tadbirlar ham muhim o’rin tutadi. O`quvchilarning sinfdan tashqari ishlarini, shu jumladan tavsiya qilingan kitoblardan qanday foydalanganliklarini o’qituvchi doim nazorat qilib turadi. Bu bilan o’qituvchi o’quvchilarda qo’shimcha adabiyot o’qishga rag’batni kuchaytiradi, kitoblarni tushunib o’qishga o’rgatadi, qo’shimcha kitoblar o’qib olgan bilimlarini darsda, kimyo to’garagida va ekskursiyalarda olgan bilimlari bilan bog’lay bilishga va ulardan foydalana bilishga o’rgatadi. V—VI sinflardayoq o’quvchilar o’qigan narsalarni tushunish, ularga baho bera bilish va ulardan xulosa chiqarish malakasini bir qadar hosil qiladi. O`quvchilarda mustaqil o’qish uchun tavsiya etilgan kitoblarga ongli va to’g’ri munosabatni tarbiyalash uchun ularni o’qigan kitoblarni maxsus daftarga qayd qilib va har bir kitobga o’zlarining qisqacha taqrizlarini yozib borishga o’rgatish kerak. Download 52.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling