Sinfdan tashqari musiqiy tarbiya ishlarida musiqiy to'garaklar


Yakka xonandallk to 'garagi


Download 30.26 Kb.
bet2/3
Sana25.01.2023
Hajmi30.26 Kb.
#1120764
1   2   3
Bog'liq
SINFDAN TASHQARI TO\'GARAKLAR ISHI

Yakka xonandallk to 'garagi
Yakka xonandalik to'garagi 1930-50 yillarda keng tarqalgan edi, keyingi yillarda esa ular alohida guruh sifatida jamoadan ajratilmaydi, chunki ularning asosiy vazifasi yakkaxon qo'shiqchilarni emas, balki xorda ashula boshlovchilami tayyorlashdir. Odatda ular xor jamoalarda qo'shiq aytadilar va alohida mashg'uiot o'tkazadiiar. Oquvchilarning yakka qo'shiqchiligi, anchadan beri, musiqashunos pedagoglarning diqqatini jalb etib kelmoqda va bu borada ikki xil fikr bor.
Birinchi yo'nalish tarafdorlari, bolaiarning qo'shiq aytishi tabiiy hodisa deb hisoblaydilar. Ammo, ularning fikricha, bolalarda ovoz apparati hali to'lalishcha shakllanmagan bo'lsa-da, ularni qo'shiq aytishga o'rgatish mumkin emas. Ovoz apparatining dastlabki ko'nikmalari u o'zgargandan so'ng keraksiz bo'lib qoladi.
Boshqa yo'nalish vakillari esa - baloqat yoshida bolalar ovozi o'zgaradi (mutasiya), degan fikrga ko'shilgan holda, baribir bolalik chog’ida mashg'ulot o'tkazish maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar. Ularning ta'kidlashicha, qo'shiqchilik faoliyati nafaqat ovoz apparati, balki kuylovchining ongiga ham bog'liqdir, chunki qo'shiqchilik malakalari xalqumda emas, balki miyada shakllanadi. Bu hol esa ovoz o'zgargandan keyin ham o'z ta'sirini o'tkazadi. Bu nuqtai nazar tarafdorlari keyingi yillarda ko'payib bormoqda.1
Xor to'garagi
Sinfdan tashqari mashg'ulotning.asosiy maqsadl bir biriga yaqin bo'lgan cholg'uda ham xor to'garagi o'ziga xos xususiyatlarga egadir. Bu bolaiarning turli yoshga mansubligida namoyon bo'ladi. Quyi sinf xor guruhlari, ko'pincha, 1-4, ya'ni boshlang'ich sinf o'quvchilarining, o'smirlar guruhi yoki 4-9 sinf o'quvchilarini birlashtiradi yoki 4-6, 7-9 sinf o'quvchilari guruhlariga bo'linadi.
Xor ijrochilik ishi nafaqat alohida e'tiborni, balki muntazam ravishda bolalarga ta'lim berishini ham talab qiladi. Mashg'ulotlar davomiyligi xor to'garagi qatnashchilarining yoshlariga bog'liqdir. Amaliyot ko'rsatadiki, kichik xor guruhi bilan haftada ikki marta 45 minutdan mashg'ulot o'tkazish maqsadga muvofiq.
Yuqori sinf xor jamoasi esa tanaffus bilan ikki akademik soatdan shug'ullanishi mumkin. Xor to'garagida bolalar uchun qulay va qiziqarli, ularning aql va ruhiyatini boyitadigan, ijrosi yengil bo'lgan asarlaming tanlashi katta ahamiyatga egadir. Darsda jamoa bo’lib kuylash va darsdan tashqari jarayondagi xor to'garagidaga ish usullari ko'p hollarda bir-biriga o'xshab ketadi (masalan, asar bilan tanishish, uning qisqa tahliii, qo'shiqni jumlalarga bo'lib o'rganish va hokazo), ammo xordagi mashg'ulot jarayoni notaga qarab kuylash, asar yozuvini eshittirish hamda o'zining ijrosida eshitish imkonini beradi. Bularning hammasi repertuarni chuqur va tez o'ziashtirishiga yordam beradi.

Download 30.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling