Sinov savollari. Informatika va axborat texnologiyalari fani nimani o’rgatadi?


Download 37.01 Kb.
Sana18.11.2023
Hajmi37.01 Kb.
#1784714
Bog'liq
22-10 GURUH

Sinov savollari.

1.Informatika va axborat texnologiyalari fani nimani o’rgatadi?

2.Birinchi EHM ning yaratilgan vaqti, nomi va tavsifnomalari.

3.Birinchi shaxsiy kompyuterlar qachon yaratilgan? Hozirgi kunda bunday kompyuterlar qayerlarda ishlab chiqilmoqda?

4.IBM PC qisqartmasining ma’nosi nima? Pentium degani nima?

5.Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning asosiy va qo’shimcha qurilmalarini va ularning vazifalarini aytib bering (monitor, tizimli blok, klaviatura, printer, modem, qattiq disk, yumshoq disk).

6.Mikroprotsessor nima?

7.Printerning qanday turlari mavjud?

Javoblari


1.Axborot texnologiayalari atamasi odatda, kompyuterlar va kompyuter tarmoqalarining sinonimi sifatida ishlatiladi, lekin u televizor va telefon kabi boshqa axborat tarqatish texnologiyalarini ham qamrab oladi. Iqtisodiyot doirasidagi bir qancha mahsulot yoki xizmatlar axborot texnologiyalari, jumladan, kompyuter texniksi, dasturiy ta’monot, elektronika, yarimo’kazgichlar, internet, telekommunikatsiya uskunalari va elektron tijorat bilan bog’liq.
Axborot texnologiyalari (inglizcha IT)- bu kompyuter tizimlari, dasturiy ta’minot, dasturlash tillari, ma’lumotlar, ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlashni o’z ichiga olgan tegishli sohalar to’plami. Axborat texnologiyalari axborat-kommunikatsiya texnologiyalari (AK)ning bir qismini tashkil qiladi. Axborot texnologiyalari tizimi (IT tizimi)-odatda, axborot tizimi, aloqa tizimi, yoki aniqrog’i, kompyutr tizimi, jumladan barcha apparat dasturiy ta’minot va periferik jihozlar-cheklangan AT foydalinuvchilari guruhi IT loyihasi tomonidan boshqariladigan tizim va odotda IT tizimi ishga tushirish va joriy etishni nazarda tutadi.
2.Elektron hisoblash mashinasi (EHM)-asosiy funksional elementlari (mantiq, xotira va boshqalar) elektron lampalar yoki yarimo’tkazgichli asboblar, integral mikrosxemalrdan tuzilgan hisoblash mashinasi. Birinchi EHM-anolograqamli hisoblash mashinasi, raqamli hisoblash mashinasi 20-asr 40-yillarida paydo bo’lgan. 70-yillarda boshlab kompyuter keng rasm bo’la boshlandi. EHM ning boshq tipidagi hisoblash mashinalriga nisbatan afzaligi (tez ishlash, ixchamligi, puxtaligi jarayonlarning avtomatlashtirilishi va boshqalr) tufayli ilmiytexnika hisoblarida, axborotlarni ishlashda, avtomatik boshqarishlarida keng qo’llanilmoqda.
3.Kompyuter (inglizchada: computer-hisoblayman)-oldindan berilgan dastur bo’yicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Kompyuter dastlabki avlodida (Ural-1, Minsk-2, BSEM-2) asosiy element elektron lampa bo’lgani uchun u judda katta joyni egallagan edi. So’ngi bu lampa o’rnida tranzistorlar ishlatilgan kompyuter (Razda-2, M-220, Minsk-22 va boshqalar) integral mikrosxemalar ishlatilgan kompyuter (IBM-360, 1BM-370,) AQSh YESEVM Rossiya va boshqalar integratsiya darajasiga katta bo’lgan integral sxemalar o’rnatilgan shaxsiy kompyuterlar paydo bo’lgan.
Hozirrda kopyuterlar ham ixcham cho’ntak kompyuterlari ham ishlab chiqilmoqda. Bulardan AQSH, Yaponiya, va o’zimizda ham rivojlanmoqda.
4.International Business Manchines Corporatsiya (IBM)- har xil kompyuter uskunalari va dasturiy ta’minotlarini ishlab chiqaruvchi jahondagi yirik Amerika shirkatidir.
Пентиум 4 нима дегани?
«Бугунги ҳаётимизни компьютерсиз тасаввур қилиб бўлмайди».
Одатда, ахборот технологияларига тааллуқли мақолалар шундай сўзлар билан бошланади. Биз эса компьютерлар ҳақидаги мақоламизни сал бошқачароқ бошламоқчимиз: Бугунги кунда ҳаётимизни автомобилларсиз тасаввур қилиб бўлмайди. Ҳозир автомобиль ҳақида тасаввурга эга бўлмаган одам бўлмаса керак.
Нима учун компьютерлар ҳақидаги гап автомобилдан бошланиб кетди деб ҳайрон қолманг. Биз компьютерлар билан танишув осон бўлиши учун уларни автомобилларга ўхшатмоқчимиз. Шунда тушунарлироқ бўлади. Қандай қилиб дейсизми? Ҳозир кўрасиз...
Автомобилларга ҳар куни ишимиз тушади, ҳеч бўлмаганда уларни ҳар куни кўриб турамиз. Автомобили йўқ, ҳайдашни ҳам билмайдиган, темир-терсакка қизиқмайдиган одамдан «Агар ҳозир пулингиз бўлса, қандай машина олардингиз?» деб сўранг, бу соҳани яхшигина тушунишини, автомобил русумларининг фарқига яхшигина боришини кўрасиз. Масалан, DOHC яхшими ёки SOHC яхшими – буни ҳозир кўпчилик билиб қолган. Бироқ, «Ҳозир пулингиз бўлса, қандай компьютер олардингиз?» деб сўраб кўринг-чи, қандай жавоб оларкансиз.
Компьютерлар билан танишув битта мақолага сиғадиган нарса эмас, шунинг учун яхши ният билан, бу танишув узоқ давом этишини ҳисобга олиб, биринчи сафар компьютер сотиб олишда нималарга эътибор бериш кераклиги ҳақида суҳбат қилмоқчимиз. Уни сотиб олиш нима учун кераклиги, унинг фойда-зарарлари ҳақида эса бошқа алоҳида гаплашамиз. Ҳали сизга айтадиган гапларимиз кўп...


5.Monitor. Monitor (displey) kompyuterda matn va grafik ma’lumotlarni tasvirlash (ko`rish) uchun xizmat qiladi. Garchand tashqi ko`rinishidan u televizorga o`xshab ketsada, ular bajaradigan ishlari bilan keskin farq qiladilar. Monitorlar rangli va rangsiz bo`ladi. Kompyuter tarqatadigan nur umuman aytganda zararli, shuning uchun ham ba’zi kompyuterlarda past radiatsiya (Lowe radiation) so`zlarini uchratish mumkin. Lekin ularning inson organizmiga ta’siri tobora kamayib boradigan rusumlari yaratilmoqda. Buning misoli keyingi yillarda chiqarilgan 17-21 dyymli SVGA (SUPER Video Grafic Adapter-katta video grafik adapter) monitorlarda nurlarning ta’sirini ancha kamaytirilishiga erishilganligini keltirish mumkin. Monitor asosiy xarakteristikalaridan biri uning tasvirlash qobiliyatidir. Tasvirlash qobiliyati ekranning gorizontali va vertikalidagi nuqtalar soni bilan beriladi. Masalan 14 dyymli monitorda tasvirlash qobiliyati 800×600, 15 dyymli monitorda 1024×768, 17 dyymli monitorda 1280×1024 va 21 dyymli monitorda esa 1600×1200. Bundan tashqari, monitorning yana bir xarakteristikasi tasvirlarni hosil qiluvchi piksellar (nuqtalar) o`lchovining katta-kichikligidir. Tasvirlash qobiliyati 800×600 ga teng bo`lgan monitorlarda piksel 0,31mm ga, 1024x768ga teng bo`lgan monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25ga teng bo`lishi kerak. Monitorning tez ishlashi uning adapteriga bog`liq bo`ladi. Matn rejimida monitorlar nisbatan tez ishlasada, grafik rejimda u sekinroq ishlaydi. Uning tezligini oshirish yo`llari ham mavjud.
Klaviatura. Klaviatura 101-105 klavishlardan iborat.
O`z vazifalariga ko`ra klavishlar beshta guruhga bo`linadi:
1. Harflar va sonlarni kiritadigan klavishlar. Ular oddiy yozuv mashinkalarning klavishlariga o`xshaydi.
2. Boshqaruvga oid klavishlar.
3. Funksional yoki amal klavishlar.
4. Kichik sonlar kiritadigan klavishlar.
5. Maxsus belgilardan iborat klavishlar.
Eng katta guruh-birinchi guruh bo`lib, ular yordamida rus va lotin katta-kichik harflari, sonlar, maxsus belgilar, tinish belgilari kompyuterga kiritiladi. Pastda joylashgan uzun, hech qanaqa belgisi bo`lmagan klavishning nomi Spacerbar yoki Space deb ataladi va bo`shliq belgisini kiritishga mo`ljallangandir. Boshqa klavishlar bir necha nomga ega, chunki ular klaviaturaning ish tartibiga (registriga) qarab turli belgilarni kiritishga mo`ljallangan.
Pastki registrda kichik yuqori registrda esa katta harflar kiritiladi.
Rus alifbosidan lotin (ingliz) alifbosiga yoki aksincha, lotinchadan ruschaga o`tish siz ishlaydigan programmaga bog`liq. Masalan, WINDOWS da alifbo avtomatik ravishda tanlanadi. (Ekranning eng pastki qismida).
Ekranga belgi tushadigan joy maxsus usul bilan belgilanadi. Buning uchun maxsus belgi bor, u kursor deb ataladi. Agar ekran matn kiritish holatida ishlab turgan bo`lsa, unda kursor o`chib-yonib turadigan vertikal chiziqcha yoki harfning ustiga tushadigan to`rtburchakka o`xshaydi va matn kursori deb nomlanadi.
Printer — kompyuterda matn yoki grafik (rasm, sxema) tarzidagi maʼlumotlarni qogʻozga chiqarish (chop qilish) uchun moʻljallangan bosish qurilmasi[1]. Maʼlumotlar qogʻozga (baʼzan, plyonkaga) oq-qora yoki rangli tarzda chop qilinishi mumkin. Shu jihatdan printerlar bir-biridan farq qiladi. Ularning koʻp turlari mavjud, lekin matritsali, purkagichli va lazerli turlari keng tarqalgan. Matritsali printerlarda bosiladigan maʼlumotlar nuqtalar majmui (kombinatsiyasi) dan hosil boʻladi. Shu tufayli, ularning bosish sifati purkagichli va lazerli printerlarnikiga nisbatan pastroq boʻladi. Purkagichli printerlarda maʼlumotlar maxsus „siyoxdonlar“ yordamida, yaʼni boʻyoq (siyoh) tomchilarini purkash yoʻli bilan qogʻozga bosiladi. Lazerli printerlar maxsus lazerli qurilma yordamida oq-qora yoki rangli qilib bosish imkoniga ega. Bunday printerda bosilayotgan nusxalar sifatli boʻlib chiqadi.
Modem. Modem modulyatsiya, demodulyatsiya so`zlaridan olingan bo`lib, uzluksiz signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma’lumotlarni uzluksiz (demodulyatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi kompyuterlararo aloqani o`rnatishdir. U o`zining kommunikatsion programmalariga ega bo`lib, bu programmalar yordamida uzoq masofalarga ma’lumotlarni uzatishi va qabul qilishi mumkin. Modem ichki va tashqi bo`lishi mumkin. Hozirda ko`p kompyuterlar modem bilan birga sotilmoqda.Kompyuter telefon tarmog`i orqali axborot almashish maqsadida ishlatilayotganda, telefon tarmog`idan olingan signalni qabul qila oluvchi va uni raqamli axborotga aylantiruvchi qurilma lozim bo`ladi. Qurilmaning kirishida axborot modulyatsiya qilinadi, chiqishda esa aksincha, demodulyatsiyaga uchraydi, shundan modem nomi kelib chiqqan. Modemning asosiy vazifasi kompyuterdan kelgan signalni telefon tarmog`i ish chastotasi diapozoniga mos chastotadagi elektr signaliga aylantirishdan iborat. Bu tarmog`ning akustik kanalini modem quyi va yuqori chastota yo`laklariga ajratadi. Quyi chastotali yo`lak ma’lumotlarni uzatishda ishlatiladi, yuqori yo`lakli chastotalar esa qabul qilish uchun qo`llaniladi.
Qattiq magnit disklardagi yigʻuvchilar Vinchester nomi ostidagi qattiq magnit disklardagi yigʻuvchilar (QMDY) SHKlarda keng tarqalgan. Vinchester atamasi sigʻimi 16 Mbayt (IBM, 1973-yil) boʻlgan qattiq disk birinchi modelining jargoni nomidan kelib chiqqan boʻlib, u har biri 30 ta sektordan iborat 30 ta yoʻlkaga egadir. Bu maʼlum boʻlgan “Vinchester” ov miltigʻini “30/30” kalibri bilan aynan mos keladi. Bu yigʻuvchilarda bitta yoki bir nechta qattiq disklar boʻlib, ular alyuminiy yoki kremniy qorishmasidan tayyorlangan va ferrilok bilan qoplangan, germetik yopiq korpusga oʻqish-yozish magnit kallagi bloki joylashtirilgandir. Bu yigʻuvchilarning sigʻimi olinmaydigan konstruksiya hisobiga erishiladigan oʻta yuqori yozish zichligi tufayli bir necha ming megabaytgacha yetadi; ular tezkoriligi ham EMDY ga nisbatan juda yuqoridir. 1997-yildagi eng katta qiymatlar: sigʻimi 9000 Mbayt (1997-yilga sigʻim standarti — 1200 Mbayt); aylanish tezligi — 8000 ayl/min; murojaat qilish vaqti — 5 ms; transferi — 17 bayt/s. QMDY juda rang — barangdir. Disk diametri koʻpincha 3,5” (89 mm), lekin boshqalari ham bordir, xususan 5,25” (133 mm) va 1,8” (45 mm) ham bor. Diskovodning eng koʻp tarqalgan korpusining balandligi stol usti SHK larda- 25 mm, mashina — serverlarda — 41 mm, ixcham SHK larda −12 mm va b. Zamonaviy vinchesterlarda zonali yozish usuli ishlatila boshlandi. Bu holatda diskning butun yuzasi bir nechta zonalarga boʻlinadi, shu bilan birga sektorlarning tashqi zonalariga ichkisiga nisbatan koʻproq qiymatlar joylashadi. Bu, xususan, qattiq disklarning sigʻimini taxminan 30% oshirish imkonini beradi.
6. Bu dasturiy jihatdan boshqariladigan qurilmaning nomi. Uning vazifasi raqamli axborotni qayta ishlash va boshqarishdir. Mikro-protsessor boshqaruvi kichik bo'lishi kerak, lekin ayni paytda ishlab turishi kerak. Bulardan boshlab, endi ma'lum qilinadigan bir qator xususiyatlar yuzaga keladi. Mikro-protsessor (super) yirik integral mikrosxemalar (C) LSI orqali amalga oshiriladi, bu bir necha bo'lak bo'lishi mumkin. Ular uchun quyidagilar xarakterli:
Kam narx (ommaviy ishlab chiqarishni nazarda tutadi).
Ishlab chiqarishning soddaligi (bir texnologiyada);
U kichik maydonni egallaydi (bir necha kvadrat santimetr yoki hatto millimetr).
Yuqori ishonchlilik.
Kam energiya sarflang.
Mikro-protsessor qurilmasi uning me'morchiligi qurilishiga katta darajada bog'liq. Keyinchalik bu masalalar ko'rib chiqiladi va ushbu maqola doirasida uch turdagi masalalar ko'rib chiqiladi.
7. Printer — kompyuterda matn yoki grafik (rasm, sxema) tarzidagi maʼlumotlarni qogʻozga chiqarish (chop qilish) uchun moʻljallangan bosish qurilmasi[1]. Maʼlumotlar qogʻozga (baʼzan, plyonkaga) oq-qora yoki rangli tarzda chop qilinishi mumkin. Shu jihatdan printerlar bir-biridan farq qiladi. Ularning koʻp turlari mavjud, lekin matritsali, purkagichli va lazerli turlari keng tarqalgan. Matritsali printerlarda bosiladigan maʼlumotlar nuqtalar majmui (kombinatsiyasi) dan hosil boʻladi. Shu tufayli, ularning bosish sifati purkagichli va lazerli printerlarnikiga nisbatan pastroq boʻladi. Purkagichli printerlarda maʼlumotlar maxsus „siyoxdonlar“ yordamida, yaʼni boʻyoq (siyoh) tomchilarini purkash yoʻli bilan qogʻozga bosiladi. Lazerli printerlar maxsus lazerli qurilma yordamida oq-qora yoki rangli qilib bosish imkoniga ega. Bunday printerda bosilayotgan nusxalar sifatli boʻlib chiqadi
ERKINOVA SEVARA RAXMATULLA QIZI
22/10 GURUH KOMPYUTER INJINERING
Download 37.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling