Sinov test 9 dtm 2019 Gap bo‘laklari joylashuvi quyidagi aniqlovchi + to’ldiruvchi + hol + kesim
Download 464.57 Kb. Pdf ko'rish
|
SINOV TEST 9,10
SINOV TEST 9 DTM 2019 1. Gap bo‘laklari joylashuvi quyidagi aniqlovchi + to’ldiruvchi + hol + kesim tartibiga to‘liq mos keladigan egasi yashiringan gapni aniqlang. A)Kecha bobomlarni ko‘rgani bordik. B)Urush. . . Oynisa ayvon ustuniga suyanganicha qotib qoldi. C)Shaftolizor bog‘larni shavq bilan aylandim. D)Berilgan topshiriqni vaqtida bajarish kerak. 2. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub emas? A) ziyon-ziyod B) g‘ildira-shildira C) jon-don D) tuzmoq-suzmoq 3. Alisher Navoiyning qaysi asari lug‘atshunoslikka oid? A) "Xazoyin ul-maoniy" B) "Sab’at-u abhur" C) "Mahbub ul-qulub" D) "Lison ut-tayr" 4. Qaysi javobdagi so‘z birikmasida fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan so‘z qatnashgan? A) yaxshi so‘z B) bo‘sh joy C) ko‘m-ko‘k o‘t D) katta bog‘ 5. Tog‘ay Murodning qaysi asarida qadimiy xalq musobaqasi - kurash san’atining butun qonun-qoidalari eng mayda jihatlarigacha batafsil tasvirlangan? A) "Otamdan qolgan dalalar" B) "Oydinda yurgan odamlar" C) "Ot kishnagan oqshom" D) "Yulduzlar mangu yonadi" 6. Qaysi javobda badiiy uslubga oid gap berilgan? A)Tovush to‘lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq hodisalar akustik hodisalar deb yuritiladi. B)Uchrashuv 15-may kuni soat 1500 da maktabning majlislar zalida boshlanadi. C)Ushbu ma’lumotnoma so‘ralgan joyga ko‘rsatish uchun berildi. D)Ikki til - o‘zbek va fors tillari - ikki pahlavon, ular goh mantiqning gurzisini ko‘taradilar, goh husn va salobatlarini namoyish qiladilar. 7. Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro asosdosh so‘zlar qatnashmagan? A)Anhor yoqasida ikki echki o‘tlab yurar edi. U har kuni sero‘t dalalarda qo‘ylarini boqib kelardi. B)“Ko‘cha changitib yurgan yillaring ortda qoldi, bolam”, - dedilar bobom. Yangi chiqqan oy dalani sovuq, xira, qandaydir changsimon nur bilan qoplagan edi. C)Cho‘lboboning payvandlariga havas qilmaydigan bog‘bon kam topiladi. Yigit tadbirkorligi tufayli yerli, suvli va bog‘li mulkdorga aylanibdi. D)Bir kechik topish kerak daryodan o‘tgani. Kechki shabada uning tanasiga huzur bag‘ishlamoqda edi. 8. Qaysi adib Farg‘ona shahrida temiryo‘lchi oilasida tug‘ilgan bo‘lib, uning oilasi asli Tataristondan kelgan? A) Shuhrat B) Said Ahmad C) Odil Yoqubov D) Asqad Muxtor 9. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan? A)jaxongashta, navo, mahliyo B)mehmondo‘st, ijotkor, rayhon C)mudofaa, jigarband, jaxolat D)iste’dod, bunyodkorlik, hujum 10.U o‘g‘lining dorga osilishi haqidagi xabarni eshitib, uni qutqarish uchun yo‘lga tushadi, uch oylik yo‘lni yigirma kunda bosib o‘tadi. Ushbu ma’lumot xalq dostonlaridagi qaysi qahramon haqida? A) Hasanxon haqida B) Boybo‘ri haqida C) Qoraxon haqida D) Buvraxon haqida 11.Qaysi javobda holat ravishlari berilgan? A) olg‘a, qiynalib, ko‘p B) arang, mardlarcha, jim C)dir-dir, kuyinib, yumshoq D)yugurib, harsillab, shoshib 12.Balki, u bugun uyiga vaqtliroq qaytar. Ushbu gap haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) bir o‘rinda fe’l nisbati qo‘shimchasi qatnashgan; 2) bir o‘rinda egalik qo‘shimchasi qatnashgan; 3) bir o‘rinda fe’lning munosabat shakli qo‘shimchasi qatnashgan; 4) 2ta so‘z tarkibida ismning munosabat shakli qo‘shimchasi qatnashgan. A) 1, 4 B) 1, 2 C) 3, 4 D) 2, 3 13.Qaysi javobdagi ma’lumot Uvaysiy haqida? A)Otasi o‘rniga taxtga o‘tirgan Qo‘qon xoni Muhammad Alixon shoiraga yaxshi munosabatda bo‘lmaydi. B)Uning erta vafot etgan turmush o‘rtog‘i Amiriy taxallusi bilan she’rlar ijod qilgan shoir sifatida mashhur edi. C)Bo‘lg‘usi shoira zamona xoni oilasiga yaqin qarindosh bo‘lgan xonadonda - Andijon hokimi Rahmonqul otaliq xonadonida dunyoga kelgan. D)U zullisonayn shoira bo‘lib, fors-tojik tilidagi asarlarini Maknuna taxallusi bilan yozgan. 14.Qaysi javobdagi so‘zlarning barchasi imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A)kordinata, bakalavr, vakum B)kakao, inkubator, fotoaparat C)kompressor, komissiya, manitoring D)teleko‘rsatuv, magistratura, dissertatsiya 15.Bunday betakror mumtoz ashulalarni iste’dodli hofizlar ijro etishadi, chunki bu qo‘shiqlarning sehrini va jozibasini tinglovchiga yetkazib berish oson emas. Ushbu qo‘shma gapning ergash gap qismida gap bo‘laklari nechta so‘z birikmasini hosil qilgan? A) 5ta B) 6ta C) 7ta D) 4ta 16."Institutni bitirgan yilim meni aspiranturaga qabul qilishdi va men yana shaharda qoldim", - deb so‘zini davom ettirdi u biroz o‘ylangandan so‘ng. Ushbu gapda qatnashgan fe’llar haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas? A)O‘timli fe’llarning 1tasi birgalik nisbatida. B) 1 o‘rinda orttirma nisbatdagi sof fe’l qatnashgan. C)Sof fe’llarning faqat 2tasi xabar maylidagi fe’l sanaladi. D)Gapdagi sifatdoshlar 2 xil nisbatda. 17.“Asrga tatigulik kun” asari qahramoni Edigey haqida berilgan ma’lumotni aniqlang. A)U temiryo‘l ishchisi edi. O‘g‘lini ham temiryo‘lchilarning bolalari uchun ochilgan maktab-internatga topshirgan edi. U goh yo‘lovchi poyezdda, goh tuyada o‘g‘lini ko‘rishga borardi. B)U ota-bobolarning urf-odatlarini qattiq hurmat qilar edi, o‘z jasadini Ona Bayit qabristoniga qo‘yishlarini vasiyat qilgan edi. C)U farzandlaridan qadr topmagan do‘stini rasm-rusumini o‘rniga qo‘yib dafn etishni insoniy burch deb biladi. D)Uning otasi jungjanglar tomonidan halok etilgan. Edigey jungjanglardan o‘chini olish uchun omonsiz olishuvga otlanadi. 18.Qaysi gapda hokim qismi sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan to‘ldiruvchili birikma qatnashgan? A)O‘rnida aytilgan ezgu fikr dunyoni harakatlantiruvchi kuchdir. B)Til do‘stlik va hamjihatlikni qaror toptirishning eng qulay vositasi ekanligi shubhasizdir. C)Tilning sofligi, ma’no aniqligi, o‘tkirligi uchun kurash - madaniyat quroli uchun kurashdir. D)Ko‘p o‘ylaydigan odam iloji boricha kam so‘z ishlatib, ko‘proq fikr berishga intilib gapiradi. 19.Qaysi javobda ham tobe qismi, ham hokim qismi yasama so‘z bilan ifodalangan moslashuvli so‘z birikmalari berilgan? A)do‘stlikni qadrlamoq, ishlashni boshlamoq B)ishchilarning uquvlisi, ishtirokchilar bilimdoni C)qizaloqlarning aqllisi, xonalarning kattarog‘i D)rasmlarning chiroylisi, serg‘ayrat o‘qituvchi 20.Qaysi javobdagi birliklar nutqimizda so‘z birikmasi sifatida qo‘llana oladi? A)bo‘yniga ilmoq, yaxshi ko‘rmoq B) aks etmoq, imzo qo‘ymoq C)uyga qadar, ko‘nglidan o‘tkazmoq D)ishtahasi karnay, uy katta 21.Ega vazifasida kelgan juft fe’l qatnashgan gapni toping. A)Oyqizning shunchalik yelib-yugurishi ham umuman foyda bermadi. B)Tog‘asining qo‘llab-quvvatlashi tufayli u tijoratda ulkan yutuqqa erishgandi. C)Konspekt daftarini olib, o‘sha yerda ko‘chiraman-qo‘yaman. D)Yosh Hakima boshqa o‘rtoqlaridan qolmaslik uchun qizarib-bo‘zarib ishlardi. 22.U Shahrisabz va Karkida yangi usul - jadid maktablarini ochadi, bolalarga zamonaviy ta’lim berishni joriy qiladi. Buxoro jadidlarining "Yosh buxoroliklar" firqasiga sarkotib bo‘lib saylanadi. Samarqandda chop etiladigan “Hurriyat” gazetasida o‘zining o‘tkir maqolalari bilan ketma-ket chiqishlar qiladi. Ijodkor 1917- 1918-yillar oralig‘ida bu gazetaga bosh muharrir ham bo‘ladi. Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida? A) Fitrat B) Cho‘lpon C) Hamza D) Abdulla Avloniy 23.O‘rinsiz aytgan gapi uchun vazirlik lavozimidan olib tashlangan, biror joyda ishga olishmagani sababli qassoblik qilishga majbur bo‘lgan, asar oxirida esa qassoblarning xalqqa yetkazayotgan zararini shohga arz qilgani bois, ya’ni xalq dardini o‘ylagani uchun saroyga qaytarilgan Muhammad qovchin obrazi qaysi asarda uchraydi? A) "Ruhlar isyoni" (Erkin Vohidov) B) "Yulduzli tunlar" (Pirimqul Qodirov) C) "Sohibqiron" (Abdulla Oripov) D) "Mirzo Ulug‘bek" (Maqsud Shayxzoda) 24.Yasama so‘zning ega vazifasida kelishi kuzatiladigan bog‘langan qo‘shma gapni aniqlang. A)Surayyoning peshonasiga qo‘limni qo‘yib qo‘rqib ketdim: isitmasi nihoyatda baland. B)Tuyakashlar arabcha gaplashishar, afsuski, men bu tilni bilmas edim. C)Zal dam guvullab qo‘yar, dam onda-sonda qarsak chalib qo‘yardi. D)Faqat uzoqlarda bir tepalik ko‘rinadi va boyagi mashinaning changi ko‘zga tashlanadi. 25.Qaysi gapda // shartli belgisi o‘rnida tire tinish belgisi tushirib qoldirilgan? A)Tarixni o‘rganishdan asosiy maqsad // milliy o‘zligimizni chuqurroq anglash. B)Mening opam ham // talaba, bu yil oliygohga kirdilar. C)Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir // tun yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz. D)Bildi ota // foydasizdir kurashmoq. 26.Tarkibida ham vazifadosh ko‘makchi, ham sof ko‘makchi qatnashgan gapni aniqlang. A)Majlis boshlanishidan avval ma’ruzasini yana bir bor diqqat bilan o‘qidi. B)Ustoz bir necha soniyalik sukutdan so‘ng do‘sti tomon yuzlanib gap boshladi. C)Hasharchilar tushlikdan keyin yana dalaga qarab yo‘l oldilar. D)Axir baliq ham suvga intiladi, ko‘kat yorug‘lik sari bo‘y cho‘zadi. 27.“Safar vodiysida musofirning oyog‘iga ko‘p dard-u balo tikanlari sanchiladi, lekin har qadalgan tikandan bir maqsad guli ochiladi. Yo‘l mashaqqati zarbidan kishining a’zoyi badani qaqshaydi; vujudi yo‘lovchilar oyog‘i bilan toptaladi va har a’zosi u oyoqlar ostida ushaladi. Ammo ko‘nglining vayronligi tuzaladi . . . ” Qaysi asarda safarning foydalari haqida shunday fikrlar bildiriladi? A) “Boburnoma” B) “Qisasi Rabg‘uziy” C) “Mahbub ul-qulub” D) “Nasihatlar” 28."Agar arslon itlarga bosh bo‘lsa, itlar arslonga aylanadi, lekin it arslonlarga yetakchilik qilsa, arslonlar itlar kabi bo‘lib qoladi". Dono vazir tomonidan hukmdorga qarata aytilgan ushbu mazmundagi misralar qaysi asarda uchraydi? A) "Qutadg‘u bilig" (Yusuf Xos Hojib) B) "Farhod va Shirin" (Alisher Navoiy) C) "Boburnoma" (Zahiriddin Muhammad Bobur) D) "Hayrat ul-abror" (Alisher Navoiy) 29.Qaysi ma’lumot Mirkarim Osim haqida emas? A)U Alisher Navoiy tavalludining 525 yilligi arafasida "Zulmat ichra nur" qissasini yozgan. B)Ijodkor birinchi bo‘lib “Mustaqillik” ordeniga munosib ko‘rilgan. C)U Navoiyning hayot va ijod yo‘llarini keng aks ettiruvchi "Alisher Navoiy vaDarvishali", "Badarg‘a", "Navoiyning xislatlari", "Ulug‘bek va Navoiy" singari qissa va hikoyalar yozdi. D)Ijodkorning tarixga oid dastlabki yirik asari “Astrobod” qissasidir. 30.Ko‘nglung istar yorlar birla hamesha shod bo‘l, Mendin-u, kimdinki, ko‘ngling istamas - ozod bo‘l. Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? A)Qofiyadosh so‘zlarda "d" tovushi raviy bo‘lib kelgan. B)Radifi qisqa radif hisoblanadi. C)Muqayyad qofiya qo‘llanilgan. D)Ushbu misralarda tardi aks san’atidan foydalanilgan Download 464.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling