Sintaksis haqida ma’lumot Reja: Bosh bo’laklar


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana24.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1395889
  1   2
Bog'liq
Numonjonova Dildora ona tili



 
 


Sintaksis haqida ma’lumot
Reja: 
1. Bosh bo’laklar
2. Ikkinchi darajali bo’laklar
3. Kesim va to’ldiruvchi
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Sintaksis (qadimgi yunoncha: σύν-ταξις - syntaxis — tuzilma, tartib, 
birikma): 
Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumot 
Gapda biror so‘roqqa javob bo‘lgan vao‘zaro tobе boG‘langan so‘z 
yoki so‘z birikmasi gap bo‘lagi dеb ataladi. Gap bo‘laklarini 
bеlgilashda asosiy xususiyat ular orasidagi sintaktik aloqadir. So‘zlarga 
so‘roq bеrish, ularning qaysi turkumga mansubligi, gap ichida joylashish 
tartibi, qanday qo‘shimchalar olishi tom ma'noda gap bo‘laklarining 
turlarini bеlgilashda asos bo‘la olmaydi. Gap bo‘laklarining turi odatda 
bir-biriga nisbatan aniqlanadi: ega kеsimga nisbatan, aniqlovchi 
aniqlanmishga nisbatan, hol hollanmishga nisbatan, to‘ldiruvchi 
to‘ldirilmishga nisbatan aniqlanadi. Nisbat bеriluvchi bo‘lak bo‘lmas 
ekan, u yoki bu gap bo‘lagi haqida gapirish mumkin emas.
Gap bo‘laklarining gap tarkibidagi mavqei bir xil emas. Ba’zi gap 
bo‘laklari gap qurilishida markaziy o‘rinni egallaydi, bunday 
bo‘laklarsiz fikr anglashilmaydi. Ayrim bo‘laklar esa gap qurilishida 
asosiy rol o‘ynamaydi, ularning ishtirokisiz ham bosh bo‘laklar orqali 
fikr anglashilaveradi. Shunga ko‘ra gap bo‘laklari ikki turga ajratiladi: 
1) bosh bo‘laklar; 
2) ikkinchi darajali bo‘laklar. 


Bosh bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi. Fikr, 
asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi. 
Ikkinchi darajali bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil 
qilmasdan, uni hajm jihatdan kengaytiradi yoki so‘z birikmasini 
shakllantirish uchun xizmat qiladi. 
Ikkinchi darajali bo‘laklar bosh bo‘laklar bilan yoki o‘zaro tobe 
aloqada bo‘lib, ularni izohlash, aniqlash, to‘ldirish uchun xizmat qiladi. 
Bosh 
bo‘laklar ega va kesimdan iborat. 
Ikkinchi 
darajali 
bo‘laklar aniqlovchi, to‘ldiruvchi va holdir. 
1) nutq birliklarini shakllantirishning muayyan tillar uchun xos boʻlgan 
vositalari majmui; 
2) grammatikaning soʻzlarni soʻz birikmalari va gaplarga, sodda 
gaplarni esa qoʻshma gaplarga birikish usullarini oʻrganuvchi, soʻz 
birikmalari va gaplarning tuzilishi, maʼnosi, oʻzaro taʼsirlashuvi hamda 
vazifalarini tadqiq etuvchi boʻlimi. "Sintaksis" termini soʻz birikmalari 
va gaplarni hamda ularning tilda qoʻllanishini qamrab oluvchi 
grammatik qurilish maʼnosini ifodalash uchun ham ishlatiladi. Tilning 
grammatik qurilishida Sintaksis juda katta ahamiyatga ega, chunki uning 
tarkibiga bevosita kishilarning muomala muloqot jarayonini amalga 


oshirishga yordam beruvchi sodda gap va qoʻshma gap kabi til birliklari 
kiradi. Sodda gap muayyan voqeahodisani, qoʻshma ran voqeahodisalar 
orasidagi aloqamunosabatni, ran boʻlagi esa voqeahodisa unsurlaring 
vazifalarini ifodalaydi. 
Sintaksis morfologiya bilan chambarchas bogʻliqdir. Sintaksisda, xuddi 
morfologiyada boʻlgani singari, soʻz asosiy birlik hisoblanadi, lekin u 
shakl yasalishi jihatidan emas, balki soʻz shakllarining soʻz birikmasi va 
gaplarni tuzishdagi ishtiroki jihatidan oʻrganiladi. Soʻz birikmalari va 
gaplar tilning asosiy sintaktik birliklari va ularning har biri oʻz ichki 
xususiyatlariga egadir. 
Gap, gap boʻlagi, soʻz birikmasi Sintaksisning asosiy birliklaridir. 
Bularga keyingi paytlarda abzats, period, matn kabi birliklar ham 
kiritilmoqda. Soʻz birikmasi tobe aloqa (bogʻlanish) vositalari — 
moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv yordamida ikki yoki undan ortiq 
mustaqil soʻzdan qosil boʻladi va faqat ran tarkibidagina amal qiladi. 
Gap Sintaksisning markaziy birligidir. U struktursemantik qolip va nutq 
birligi boʻlmish fikr sifatida oʻrganiladi. Gap fikrni — tashqi olam bilan 
aloqa tufayli yuzaga keladigan histuygʻularni ifodalash vositasidir. Gap 
bir mustaqil soʻzdan ("qorongʻilashmoqda", "jimjitlik"), aksariyat 


hollarda esa bir necha soʻzdan hosil boʻladi. Asosan, sintetik tillar, 
shuningdek, analitik tillarning xususiyatlariga ega boʻlgan oʻzbek tilida 
gapdagi soʻzlarning bogʻlanish vositalari sifatida yordamchi soʻzlar — 
koʻmakchilar va bogʻlovchilarni, suz tartibini, ohangni va boshqalarni 
koʻrsatish mumkin. Sof analitik tillarda gapdagi suzlarning bogʻlanish 
vositalari, asosan, yordamchi soʻzlar boʻlsa, agglyutinativ va amorf 
tillarda mazkur vazifani soʻz tartibi bajaradi. 
Hozirgi Sintaksisda mavhum grammatik struktura sifatida gap 
tushunchasi hamda mazkur strukturaning nutqda aniq voqealanishi 
vositalari sifatida ifoda tushunchasi farqlanadi; shunga muvofik, 
ravishda gap nazariyasi va ifoda nazariyasi ham chegaralanadi. Gap Si 
doirasiga uni shakllantirishning usul va vositalari, ifoda Si doirasiga esa 
gapning aktual boʻlinishi vositalari hamda uning maʼno strukturasi 
muammolari kiritiladi. 
Sintaksisda, shuningdek, gap boʻlaklari ham oʻrganiladi. Ular bosh (ega, 
kesim) va ikkinchi darajali boʻlaklar (toʻldiruvchi, aniqlovchi, hol)dan 
iborat. Keyingi paytlarda kesim gapning asosi ekanligi, undalma, kirish 
soʻz va kiritmalarga gapning uchinchi darajali boʻlaklari maqomini 
berish masalalari ham koʻtarilmoqda. 


"Sintaksis" termini, garchi ayni hozirgi maʼnoda boʻlmasada, dastlab 
mil. av. 3-asrda Yunonistonda stoiklar tomonidan qoʻllangan. 
Sintaksisning ilk prinsiplarini yunon grammatisti Apolloniy Diskol 
morfologik negizda, xususan, soʻz turkumlari Si tarzida asoslagan. 
Sintaksis tarixi yevropa va rus tilshunosliklarida boʻlganidek turkiy 
tillarda (oʻzbek tilida) ham oʻziga xos rivojlanish bosqichlarini oʻtgan. 
Qomusiy alloma Mahmud Koshgʻariyning 11-asrda "Javoxir unnahvi fi 
lugotitturk" ("Turkiy tillar sintaksisi kridalari") asarini yaratganligi 
buning yaqqol isbotidir. 20-asrda oʻzbek tili sintaksisiga, qisman, 
sintaktik qurilishiga rus tilshunosligidagi nazariy tadqiqotlar maʼlum 
darajada taʼsir oʻtkazgan. Oʻtgan asrda oʻzbek tili sintaksisi sohasida 
Fitrat, Ayub Gʻulomov, F. Abdullayev; Gʻ. Abdurahmonov, M. 
Asqarova, A. Nurmonov, N. Mahmudov va boshqa jiddiy tadqiqotlar 
olib bordilar. 
Gapning ikkinchi darajali bo’laklari. Gapning ikkinchi darajali bo’laklari 
bosh bo’laklarga tobe bo’lib, ularni to’ldirib, aniqlab, izohlab keladi. 
Ikkinchi darajali bo’laklar 3 xil: to’ldiruvchi, aniqlovchi va hol. Hol 
haqida umumiy ma’lumot Hol ko‘proq gap markazi — kesimga 
bog‘lanib, undan anglashilgan ishharakatning o‘rnini, paytini, holatini, 
bajarilish sababini, maqsadini, darajamiqdorini bildiradigan ikkinchi 


darajali bo‘lakdir. Hollar qanday? qanday qilib? qay tarzda? qayerda? 
qayerga? qayerdan? qachon? nega? nima uchun? qancha? kabi 
so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi. Hollar ravish so‘zlar bilan, kelishik 
shaklidagi va ko‘makchili otlar bilan, sifat, son, taqlid So‘z va undovlar 
bilan, fe’lning xoslangan shakllari bilan ifodalanishi mumkin. Hollar 
sodda (bir so‘zdan iborat) va murakkab (ikki va undan ortiq so‘zdan 
iborat) tuzilishga ega bo‘ladi. Ish-harakatning o‘rnini bildirib, qayerga? 
qayerdan? qayerda? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘lgan bo‘lak o‘rin 
holi deyiladi. O‘rin holi o‘zi ergashgan so‘zga boshqaruv yo‘li bilan 
bog‘lanadi. O‘rin holi makon-zamon (jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish) 
kelishiklaridagi so‘zlar yoki ko‘makchili otlar va o‘rin ravishlari bilan 
ifodalanadi. Misollar: Poyezd bizni Toshkentda qoldirib, Moskvaga yo‘l 
oldi. Shu yerdan boshlanur daryo va quyosh. Ish-harakat yoki holatning 
paytini bildirib, qachon? qachongacha? qachondan beri? qay vaqt? kabi 
so‘roqlarga javob bo‘lgan hol payt holi deyiladi. Masalan: Bugun 
poytaxt mardlar sha’niga Bir ming to‘pdan yo‘lladi salom. (G‘.G‘.) Har 
yili 1-sentabrda mustaqillik kuni keng nishonlanadi. Payt holi ko‘pincha 
ot yoki payt ravishi bilan, shuningdek, son birikmalari bilan ifodalanadi. 
Bundan besh yil ilgari, o‘sha kundan beri, shu yildan boshlab shaklidagi 
so‘z birikmalari ham gapda birgina payt holi sanaladi. Ish-harakatning 


qay tarzda bajarilganligini bildirib, qanday? qanday qilib? qanday 
ahvolda? kabi so‘roqlarga javob bo‘lgan hol ravish holi deyiladi. 
Misollar: «Lasetti» yangi asfalt yo‘lda tez yurib ketdi. Shoir shamning 
uchini avaylab kesdi. Siz indamay o‘tirar edingiz. Ravish holi ravish, 
fe’l va ko‘makchili otlar bilan ifodalanadi. Ravish holi kesimga bitishuv 
yo‘li bilan bog‘lanadi. Demak, u ko‘pincha, o‘zi ergashgan so‘zdan 
oldin keladi. Ish-harakatning miqdori va darajasini bildirib, qancha? 
nechta? necha marta? Qay darajada? so‘roqlaridan biriga javob bo‘lgan 
hol daraja- miqdor holi deyiladi. Daraja-miqdor hollari sonlar, miqdor 
ravishlari, marta so‘zi qatnashgan birikmalar bilan ifodalanadi: Paxta 
to‘g‘risida ko‘p yozdi.(A.Q.) Shu gapni besh marta takrorladi. Ish-
harakatning sababini bildirib, nimaga? nima uchun? nima sababdan? 
nima sababli? kabi so‘roqlarga javob bo‘lgan hol sabab holi deyiladi. 
Misollar: Tinchlik tufayli yurt obod. Yaxshi o‘qigani uchun u 
mukofotlandi. Qul Tarlon shodligidan To‘xtolmadi yig‘idan. (H.O.) 
Sabab holi -lik, -sizlik qo‘shimchali otlar, -gani qo‘shimchali 
ravishdoshlar va sababli, uchun ko‘makchili qurilmalar bilan 
ifodalanadi. Ish-harakatning maqsadini bildirib, nima uchun? nima 
maqsadda? nima qilgani? kabi so‘roqlarga javob bo‘lgan hol maqsad 
holi deyiladi. Misollar: Qoratoy do‘stining dov-daragini surishtirish 


uchun yelib-yugurdi. (O.) Bolalar o‘ynab kelgani ko‘chaga chiqib ketdi. 
(O.) Maqsad holi maqsad ravishdoshlaridan, ot yoki fe’llardankeyin 
uchun, deb, maqsadida, maqsadi bilan kabi so‘zlarni keltirish orqali, 
shuningdek, jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasini olgan harakat nomlari 
orqali ifodalanadi. To’ldiruvchi haqida umumiy ma’lumot Gapning biror 
bo‘lagiga (ko‘pincha kesimga) boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanib, uni 
to‘ldirib kelgan ikkinchi darajali bo‘lak to‘ldiruvchi deyiladi. Masalan: 
Omon menga qaradi, men unga qaradim. (G‘.G‘.) Vodiylarni, tog‘larni 
oshib, Dalalarda yolg‘iz adashib, kelib qoldi yurtingga Omon. (H.O.) 
Sizga nima bo‘ldi o‘zi? (O.Y.) To‘ldiruvchi quyidagicha ifodalanadi: 1. 
Ot bilan: Dilshod maktubni xolasiga berib, ko‘chaga chiqib ketdi. 
(M.Ism.) Mansurov odamlar bilan xayrlashdi. 2. Otlashgan sifat bilan: 
Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas. (Maqol) 3. Otlashgan son 
bilan: Beshni beshga qo‘shsak, o‘n bo‘ladi. 4. Sifatdosh bilan: 
Bilmagandan bilgan yaxshi, to‘g‘ri ishni qilgan yaxshi. (Maqol) 5. 
Harakat nomi bilan: Uning kulib boqishlarini bir zum ham unutmayman. 
6. Taqlid so‘z bilan: Taqir-tuquringni yig‘ishtir. 7. Modal so‘z bilan: 
Yo‘qni yo‘q deydi, borni bor deydi. To‘ldiruvchilar, boshqa gap 
bo‘laklari kabi, birikmali holda ham qo‘llanadi: Men uning go‘zal 
siymosida qalbim ko‘zgusini, visol orzusini, umidim gulshanini 


ko‘rardim. (M.Qoriyev) To’ldiruvchi ikki xil bo’ladi: Vositasiz 
to’ldiruvchi harakatni o’ziga qabul qilgan, harakat bevosita o’ziga 
o’tgan predmetni bildiradi va kimni?nimani?qayerni? so’roqlariga javob 
bo’ladi. Bu to’ldiruvchi ko’pincha tushum kelishigi shaklidagi so’z bilan 
ifodalanadi, bunda u harakatni butunlay o’ziga qabul qilgan predmetni 
ifodalaydi: 1.Ot va olmosh bilan: Yosh havaskorlar ashulani zavq bilan 
aytdilar. 2.Otlashgan so’zlar bilan: Bo’linganni bo’ri yer. 3.Ibora bilan: 
O’ziga birovning oz-moz til tekkizganini ko’tarmasdi. Vositasiz 
to’ldiruvchi tushum kelishik qo’shimchasiz ham qo’llanadi: O’quvchilar 
hozir kitob o’qishyapti. Vositasiz to’ldiruvchi ba’zan chiqish 
kelishigidagi so’z bilan ham ifodalanadi, bunda u harakatni qisman 
o’ziga qabul qilgan predmetni ifodalaydi: Qani oshdan oling! Vositali 
to’ldiruvchi kimga?nimaga? kimda? nimada? kimdan? nimadan? kim 
bilan? nima bilan? kim haqida? kabi so’roqlarga javob bo’ladi va 
quyidagicha ifodalanadi: 1)Ot yoki olmosh bilan: Ravshan sen bilan 
boradi. 2)Otlashgan so’z bilan: Yaxshiga yondash, yomondan qoch. 
3)Ibora bilan: Og’zi bo’shga ishonib bo’lmaydi. Kop’makchilar 
yordamida shakllangan vositali to’ldiruvchilar bilan xuddi shu 
ko’rinishda shakllangan vaziyat hollari savollariga qarab farqlanadi: 
"Paxta"• mashina bilan terildi. (nima bilan? — to’ldiruvchi) Paxta zavq 


bilan terildi (qanday? - hol). Jo’nalish, o’rin-payt va chiqish 
kelishigidagi so’z doimo to’ldiruvchi bo’lib kelavermaydi, ular hol 
vazifasini ham bajaradi, bunda ham ular savolga qarab farqlanadi: U 
yolg’ondan hayron bo’ldi (qanday - hol). U akasidan eshitdi (kimdan? 
— to’ldiruvchi). U maktabga bordi (qayerga? - hol). Aniqlovchi haqida 
umumiy ma’lumot Gapning biror bo‘lagini aniqlab kelgan ikkinchi 
darajali bo‘lak aniqlovchi deyiladi. Aniqlovchi qanday? qaysi? 
nechanchi? qancha? nechta? kimning? nimaning? so‘roqlaridan biriga 
javob bo‘ladi. Aniqlovchi aniqlagan (bog‘langan) bo‘lak aniqlanmish 
hisoblanadi. Aniqlovchi narsa-buyumning rang-tusi, mazasi, hajmi, kim 
yoki nimaga qarashliligini bildiradi. Aniqlovchi ega, ot kesim, 
to‘ldiruvchi va holga bog‘lanadi: Bahaybat samolyot (ega) yerga ohista 
qo‘ndi. Salimjon — a’lochi o‘quvchi (ot kesim). Ilg‘or ishchilarga 
(to‘ldiruvchi) mukofotlar topshirildi. Mehnat faxriylari bilan yangi 
bog‘da (hol) uchrashdik. Aniqlovchilarning bir xili narsa-buyumning 
belgisi (rangi, miqdori, mazasi, hajmi)ni bildirsa, boshqa xili narsa-
buyumning kimga yoki nimaga qarashliligini bildiradi. Shunga ko‘ra, 
aniqlovchilar ikkiga bo‘linadi: 1) sifatlovchi aniqlovchi; 2) qaratqichli 
aniqlovchi. Misol: Yangi (sifatlovchi aniqlovchi) binolar qishloqning 
(qaratqichli aniqlovchi) husniga husn qo‘shmoqda. (Sh.R.) Sifatlovchi-


aniqlovchi. Sifatlovchi-aniqlovchi predmetning belgisini, miqdorini
tartibini bildiradi va qanday? qanaqa? qaysi? qancha? nechanchi? necha? 
qayerdagi? kabi so’roqlarga javob bo’ladi. Sifatlovchi-aniqlovchi 
tomonidan aniqlangan bo’lak sifatlanmish deb yuritiladi. Sifatlovchi va 
sifatlanmish bitishuv yo’li bilan bog’lanadi: Notanish kishi unga qaradi. 
Sifatlovchi-aniqlovchi quyidagicha ifodalanadi: 1.Sifat, son, olmosh, 
sifatdosh, ravish, taqlid so’z bilan: Biz serjun va sergo’sht qo’ylarni 
ko’paytiryapmiz. 2.Ot bilan: Asfal’t yo’ldan mashinalar g’iz-g’iz o’tib 
turibdi. Bunday aniqlovchilar ba’zan majoziy (ko’chma) ma’noni 
ifodalashi mumkin: Kumush choyshab yopib dalalar"¦ 3.Ibora bilan: 
Unda og’zining tanobi qochadigan odat bor. 4.So’z birikmasi bilan 
(sifatlovchi va sifatlanmish,qaratuvchi va qaralmish, to’ldiruvchi va 
to’ldirilimish, hol va hollanmish birikmalari sifatlovchi-aniqlovchi 
bo’lib keladi): U birinchi kungi ishni yakunladi. Ukamning uyidagi 
mollarni ham olib ketishibdi. Menga tegishli bo’lakni qoldiring. Ertaga 
bo’ladigan majlis qoldirildi. Ba’zan sifatlovchi aniqlovchilar so’z 
birikmalari bilan ifodalanib, yoyiq holda kelishi mumkin: Misdek 
qizarib turgan yuzini ikki kafti orasiga olib, peshonasiga yuzini bosdi. 
Qaratqich — aniqlovchi. Qaratqich — aniqlovchi biror narsa tegishli, 
qarashli 
bo’lgan 
shaxs 
yoki 
predmetni 
bildiradi 
va 


kimning?nimaning?qayerning? so’roqlariga javob bo’ladi. Qaratqich-
aniqlovchi tomonidan aniqlangan bo’lak qaralmish deb yuritiladi. 
Qaratqich va qaralmish moslashuv orqali birikib, shaxs va sonda albatta 
moslashgan bo’ladi: Odamning qo’li gul. Qaratqich — aniqlovchi, 
odatda quyidagicha ifodalanadi: 1.Qaratqich kelishigidagi ot, olmosh 
bilan: Gulnor yigitning so’zlarini diqqat bilan tingladi. 2.Qaratqich 
kelishigidagi otlashgan so’zlar bilan: O’nning yarmi — besh. 3.Ibora 
bilan: Og’zi bo’shning ichida gap yotmas. Qaratqich — aniqlovchi —
ning qo’shimchasisiz ham qo’llanadi: Bolalar xonasi ozoda edi. 
Izohlovchi. Izohlovchi aniqlovchining alohida bir ko’rinishi bo’lib, 
bunda izohlovchi ot boshqa bir otni izohlaydi. Izohlovchi izohlagan ot 
izohlanmish bo’ladi: General Sobir Rahimov. Izohlovchi va izohlanmish 
umumiy va aniq ma’noni bildiruvchi ot izohlovchi, umumiy ma’noni 
bildiruvchi ot izohlanmish bo’ladi. Yozuvda ular orasiga chiziqcha 
qo’yiladi: mexanik — haydovchi. Izohlovchilar unvon, kasb, laqab, 
qarindoshlik, jins, o’xshatish, taxallus kabilarni ifodalash uchun xizmat 
qiladi. O’xsahtishni bildirgan izohlovchi bilan izohlanmish orasiga 
chiziqcha qo’yiladi: ona — Vatan. Gazeta, jurnal, korxona, muassasa va 
hokazolarning nomini bildirgan atoqli otlar ham izohlovchining bir turi 
hisoblanadi: "Yoshlik"• jurnali, "Turkiston"• gazetasi. Bunday 


izohlovchilar shaxs nomi bilan ifodalansa, qo’shtirnoqqa olinmay nomli, 
nomidagi so’zlari bilan birga qo’llanadi: Oybek nomli mahalla. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling