3. Yakuniy bosqich (15 daqiqa)
|
3.1. Mavzu yuzasidan umumiy xulosalar qiladilar.
3.2. O`quv mashg`ulotlarining natijalarini sharhlaydi, faol talabalar bahosini e`lon qiladi.
3.3. Mustaqil ishlash uchun vazifalar beradi: amaliy mashg`ulotga tayyorlanib kelish. Nazorat savollariga javob berish. Ilovada ko`rsatilgan topshiriq va mashqlarni bajarish. (3- ilova)
|
Tinglaydilar.
|
4-ilova
Tezkor savollar va topshiriqlar:
Ega haqida ma`lumot bering?
Eganing qaysi so`z turkumlari bilan ifodalanishiga misollar keltiring?
Kesimga ta`rif bering?
Kesim turlari haqida ma`lumot bering?
To`ldiruvchiga ta`rif bering.
To`ldiruvchining turlari sanang.
Vositali to`ldiruvchining ifoda materiali nimalardan iborat?
Aniqlovchi deb nimaga aytiladi?
Aniqlovchining turlari haqida gapiring.
Izohlovchi aniqlovchining qanday turi?
Aniqlovchi va to`ldiruvchi qanday gap bo`lagiga tobe bo`lib keladi?
Hol boshqa bo`laklardan qanday ajratiladi?
Holning qanday turlari bor?
Ravish holi haqida gapiring.
O`rin va payt holi qanday farqlanadi?
To`siqsizlik holi nima?
Miqdor holi haqida gapiring.
Hol qaysi so`z turkumlari bilan ifodalanadi?
|
Mashqlar ishlash:
1- mashq. 1. Berilgan gaplarni kompleks shaklda tahlil qiling? 2. Berilgan gaplardagi so`z kengaytiruvchi hisoblangan to`ldiruvchilarni aniqlab, ularni ism bilan ifodalangan va fe`l bilan ifodalangan guruhlarga ajratib tasniflang. 2. To`ldiruvchini, avvalo, kesimga, so`ng ega, to`ldiruvchi va aniqlovchiga bog`lanishini misollarda ko`rsatib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |