Sintaktik birliklar va sintaktik nazariyalar tahlili


Uzum uchun nizolashgan to`rt odam


Download 25.93 Kb.
bet4/4
Sana07.05.2023
Hajmi25.93 Kb.
#1438229
1   2   3   4
Bog'liq
1. SINTAKTIK BIRLIKLAR VA SINTAKTIK NAZARIYALAR TAHLILI

Uzum uchun nizolashgan to`rt odam
Bir odam yo`lda ketayotgan to`rt kishiga bir dirham pul berdi. Biri fors, biri arab, biri turk va yana biri yunonlik bo`lgan bu to`rt kishi bir-birining tilini tushunmas edilar. Ular o`zaro janjal qilardilar, chunki fors bu pulga (bir dirhamga) «angur» (uzum) olamiz, desa, arab: «yo`q, angur kerakmas, inab uzum olamiz», — derdi. Turk bo`lsa: «Ey do`stlar, men inab yemayman, men «uzum» yemoq istayman», — deb turib oldi. Yunonistonlik bo`lsa: «Uzum ham, inab ham, angur ham yemayman, men «istofil» (uzum) xohlayman», — deb darg`azab bo`ldi.
Bu to`rt odam nomlar ma`nosini tushunmaganlari uchun bir-birlari bilan janjal qilardilar. Ular bilimsizlik va til bilmaslik oqibatida mushtlashib ketdilar.
Agar ular orasida yuz tilni biladigan, sirdan voqif bir aziz bo`lganda edi, ularni yarashtirgan bo`lardi va ularga qarab: «Men bir dirham bilan barchalaringizning istaklaringizni qondiraman», chunki sizlar ko`pchiliksiz, dirham esa bitta, ammo shu bir dirham ko`p hunar ko`rsata oladi: u ajratadi birlashtiradi ham. U sizlar uchun urush va ajralishga sabab bo`lgan bo`lsa, mening aytganlarim tufayli sizlarga nifoq emas, ittifoq keltiradi. Bas, sizlar jim bo`linglar, sizlarning tillaringiz men bo`layin», degan bo`lardi va bozordan uzum sotib olib berib ularni tinchitardi. Ular uzumni ko`rganda, fikrlarining bir ekanligini anglab, tinchirdilar va yarashardilar.
2-mashq. 1. Berilgan gaplarni kompleks shaklda tahlil qiling? Misollardagi gap kengaytiruvchisi hisoblangan hollarni aniqlang. 2. Misollarda qo`llangan hollarning harakat tarzi shakllari bilan nutqiy sinonimik holatini aniqlab chiqing. 3. Misollardagi holning kesimga birikishida bog`lanish omillarini ko`rsating. 4. Misollarda kuzatilgan hollarning kesimga bog`lanish usullarini aniqlang (boshqaruv, moslashuv, bitishuv). 5. Kuzatilgan misollarda hollar kesimning qaysi ma`noviy xususiyatlarini muayyanlashtirayotganini aniqlang. 6. Misollardagi hollarni ma`noviy turlarga ajrating. 7. Kuzatilgan hollarning tuzilishiga ko`ra turlarini aniqlang.
1. Ayollarni hovli etagidagi xonaga, erkaklarni kiraverishdagi mehmonxonaga olib kirishdi (S.Ahmad). 2. Uni Farg`ona, Andijon, Sirdaryo viloyatlariga ko`p chaqirishardi (S.Ahmad). 3. Go`zallik nafosat olamining mag`zidir. 4. Bobom bozordan opam uchun turli narsalar sotib oldilar (Oybek). 5. Bolaligimda bu nom qulog`imga kirgan. O`sha vaqtda parkning mana shu o`ng qanotlaridagi tepalik - hozirgi teatr binosi tushgan joy – go`riston edi (A. Qahhor). 6. Zuhra azaning to`qqizinchi kuni kirib keldi (A.Qahhor). 7. Hovlida, derazaning tagida turgan ikkita xotin tik holda gaplashib turib, gapni mingboshi dodho va Zebi to`g`risiga ko`chirdilar (Cho`lpon). 8. Aytishlaricha, kapalak vafoni bilmagani uchun guldan-gulga qo`naverar ekan (A. Qahhor).
Mashqlarning natijalarini tahlil qilish, kamchiliklar bo`yicha tavsiyalar berish, baholash.
Uyga mustaqil ish topshiriqlari berish:
1. Mashqlarni davom ettirish.
2. Aniqlovchi va to`ldiruvchi ishtirok etgan 15 ta gap misol topish.
3. Holning har bir turiga 3 tadan misol topish. Izohlash.
Download 25.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling