Sintaktik xususiyatlar
Uchinchi bob yuzasidan qisqa xulosalar
Download 55.43 Kb.
|
lotin alifbosida
Uchinchi bob yuzasidan qisqa xulosalarDMlar tarkibining grammatik tahlilidan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin bo‘ladi: Islom dinining kirib kelishi turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tili onomastik tizimining yangi atoqli otlar hisobiga boyishi va mustahkam o‘rin olishiga sabab bo‘ldi. DMlarda qo‘llanilib kelingan leksik-grammatik birliklar chastotasining davrlar silsilasida ko‘tarilib-pasayib turishi keyingi yuz yilliklarda yurtimizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, o‘zgarishlar va tilimizning tarixiy taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘ldi. O‘zbek tili tarixida keyingi ming yilliklarda yuzaga kelgan va amalda bo‘lgan leksik-grammatik vositalar DMlar shakllanishida ham asos vazifasini o‘tadi. DMlar tahlili sintaktik kategoriyalarning amal qilishida kitobiylik ottenkasining kuchli ekanligini, matn mazmuniga e’tiborni qaratishga bo‘lgan zaruriyat ta’kidlash ottenkasini yuzaga keltiruvchi sintaktik vositalarga ko‘proq murojaat qilishni taqozo etganligini, matnga diniy ruh bag‘ishlaydigan standart jumlalardan foydalanishga moyillik kuchli bo‘lganligini ko‘rsatdi. Matnlarda arabiy va forsiy so‘z va jumlalar bo‘lishiga qaramasdan, ularning qo‘llanishida o‘zbek tili sintaktik me’yorlariga amal qilingan bo‘ladi. Ifodaning sintaktik jihatdan mukammalligi fikriy tugallik va mantiqiy izchillik bilan chambarchas bog‘liq. Qaysidir bir sintaktik bo‘lakka urg‘u berilishi esa tasviriylik zaruratidan kelib chiqadi. Ammo tinglovchiga ta’sir o‘tkazish maqsad qilib qo‘yilsa-da, ular estetik xarakterda bo‘lmaydi. DMlarda ko‘chirma gaplarning qo‘llanishi Qur’oni karim oyatlari va hadislarni matnlarda aynan keltirish bilan bog‘liq. Ular matn muallifi tomonidan, odatda, o‘zlashtirma gaplar tarzida berilmaydi. Nutqning monologik xarakteri, gap strukturasida shaxssiz, shaxsi umumlashgan, undov gaplarning mavjudligi, so‘roq va buyruq gaplarga nisbatan darak gaplarning ustunlik qilishi, ham sodda, ham qo‘shma gaplarning faolligi DMlar sintaksisining o‘ziga xos xususiyatlaridir. Atov gaplar, so‘z-gaplar, uyushiq bo‘lakli gaplar, inkor va tasdiq gaplarning xos emasligi, inversiyaga deyarli murojaat etilmasligi ham ushbu mantlarning alohida jihatlaridir. Tahlillar ulardan foydalanish o‘zbek tilining umumiy qonuniyatlari doirasida bo‘lganligini tasdiqlash bilan birgalikda xususiy holatlar ham mavjudligini va uning hozirgi tilda ham davom etib kelayotganini ko‘rsatdi. Download 55.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling