Sinxron generator va sinxron kompensatorlarning


Download 417.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi417.45 Kb.
#223278
  1   2   3   4   5
Bog'liq
6 ma’ruza SINXRON GENERATOR VA SINXRON KOMPENSATORLARNING QO‘ZG‘ATISH



6-ma’ruza 

 

 SINXRON  GENERATOR VA SINXRON KOMPENSATORLARNING  

QO‘ZG‘ATISH SISTEMASINING   TAVSIFI VA TENGLAMALARI. 

 

Qo‘zg‘atish sistemasi va rostlagichlari deyilganda qo‘zg‘atish tokini hosil qilish, boshqarish 



va  rostlashga  mo‘ljallangan  mashina  va  apparatlar  tushiniladi.  Qo‘zg‘atish  sistemaning  elektr 

energetik sistemada kechayotgan o‘tkinchi jarayonga ta’siri juda katta. SHuning uchun o‘tkinchi 

jarayonlarni qarashdan oldin qo‘zg‘atish sistemasining xossasi bilan tanishish zarur xisoblanadi. 

Qo‘zg‘atish sistemaning sxemasi umumiy holda quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi (rasm-1): 

 

 

 Rasm 1. Qo‘zg‘atish sistemasining umumiy ko‘rinishi 



 

Qo‘zg‘atish  sistemasining  elektr  sistemada  kechayotgan  o‘tkinchi  jarayon  xarakteriga 

toa’siri  juda  sezilarlidir.  SHuning  uchun  qo‘zg‘atish  sistemasini  bajarilgan  detallarga  e’tibor 

qilmasdan  o‘tkinchi  jarayonlarni  taxlil  qilishda  unga  quyilgan  talablar  va  uning  xususiyatlarini 

o‘rganish ancha axamiyatli xisoblanadi. 

Qo‘zg‘atish  sistemasining  tannarxi  va  quvvati  sinxron  generatorning  quvvati  va  tannarxi 

bilan  quyidagicha  munosobatda:  R

ks

=(0,2+0,8)%R



g



ks

=(5-12)%


g

  bo‘ladi.  Ayrim  vaqtlarda 



katta  quvvatli  sinxron  generatorlarning  qo‘zg‘atish  sistemasi  individual  konstruksiyalanadi. 

Qo‘zg‘atish sistemasining asosiy xarakteristikalariga qo‘zg‘atish tokini o‘zgartirish vaqti (rasm 2), 

qo‘zg‘atish  tokini  oshirish  karrasi  (forsirovka  )va  qo‘zg‘atish  kuchlanishini  o‘stirish  vaqti 

xisoblanadi. 

 

Rasm 2. Qo‘zg‘atish tokining vaqt bo‘yicha o‘zgarish grafigi. 



Qo‘zg‘atgichlarining turi bo‘yicha qo‘zg‘atish sistemasi: 

      1. Mustaqil qo‘zg‘atish sistemasi. 

      2. O‘z – o‘zini qo‘zg‘atish sistemasi. 

Birinchi  turdagi  qo‘zg‘atish  sistemalarida,  qo‘zg‘atish  chulg‘amining  ta’minoti  alohida 

avtonom  ishlayotgan  manbadan  beriladi.  Manbaning  elektr  yurituvchi  kuchi  generatorning      

ishlash  holatiga  bog‘liq  emas.  Manba  rolini  alohida  ishlayotgan  dizel  –  generator  yoki  boshqa 

elektr tarmog‘idan keltirilgan past kuchlanishli elektr uzatish liniyasi bajaradi. 

O‘z  –  o‘zini  qo‘zg‘atish  sistemasida  manbaining  elektr  yurituvchi  kuchi  asosiy 

generatorning  ishlash  rejimiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Bu  qo‘zg‘atish  sistemasida  manba  rolini  asosiy 

generator bilan bir o‘qda joylashgan o‘zgarmas tok generatori (UTG), induktorli generator (IG) va 

teskarilangan sinxron generator (TSG) bajaradi. 

Qo‘zg‘atish  sistemasi  qo‘zg‘atish  tokini  shunday  tezkor  o‘zgartirishi  lozimki  faqat 

turg‘unlashgan  rejimda  emas  balki  o‘tkinchi  jarayonda  ham  genenrator  shinasida  va  sistema 



tugunlarida  mumkin  qadar  kuchlanishning  o‘zgarmasligini  ta’minlashi  zarur.  Lekin  tezkor 

o‘tkinchi jarayonlarda ham har qanday qo‘zg‘atish sistemasining ta’siri bir oz kechikadi, chunki 

generatorning  va  qo‘zg‘atgichning  qo‘zg‘atish  chulg‘amlari  o‘zinduksiya  (elektromagnit 

inersiyaga) ega, shuning uchun bu chulg‘amlardagi toklar eksponenta qonuniyati bilan o‘zgaradi 

(rasm 2) 

                                      

)

1

(



0

T

t

f

f

e


Download 417.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling