Sinxron mashina va ularning turlari
Asosiy tenglamalari va vektor diagrammalar
Download 0.55 Mb.
|
SINXRON MASHINA VA ULARNING TURLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Noayon qutbli SG yakor chulg‘amida hosil bo‘ladigan EYUK lar tar-kibiga quyidagilar kiradi
Asosiy tenglamalari va vektor diagrammalar.
SG yuksiz ishlaganda uning tashqi klemmalaridagi kuchlanish stator chulg‘a- mida hosil bo‘lgan EYUK ga teng bo‘ladi. Agarda SG ga yuklama ulangan bo‘lsa, yakor reaksiya tarqoq magnit oqimi taʼsiridan va statordagi kuchlanish pasa-yishi natijasida klemmalardagi kuchlanish EYUK dan kichik bo‘ladi. Quyida noayon va ayon qutbli SG larda hosil bo‘ladigan EYUK larni ko‘rib o‘tamiz. Noayon qutbli SG yakor chulg‘amida hosil bo‘ladigan EYUK lar tar-kibiga quyidagilar kiradi: asosiy magnit oqim F0 hosil qilgan EYUK YE0. yakor chulg‘amining MYUK Fa yakorning magnit oqimi Fa ni vujudga keltiradi. Bu oqim, o‘z navbatida, yakor chulg‘amida o‘zinduksiya EYUK Ea ni hosil qiladi: Ea jI1 xa , (19.6) bu yerda xa – yakor chulg‘amining induktiv qarshiligi; tarqoq magnit oqimi F1 hosil qilgan EYUK E1: E1 jI1 x1, (19.7) bunda x1 – yakor chulg‘amining tarqoq induktiv qarshiligi; Fa va F1 magnit oqimlari yakor toki tomonidan hosil qilingani tufayli xa va x1 induktiv qarshiliklarni qo‘shish mumkin: xa x1 xs (bu yerda: xs – noayon qutbli SM ning sinxron induktiv qarshiligi yoki to‘la induktiv qarshilik deyiladi). U holda Es jI1xa ( jI1x1) jI1xs . (19.8) Stator chulg‘ami aktiv qarshiligida kuchlanish pasayishi: U r1 I1 r1 . (19.9) Noayon qutbli SG ning kuchlanishi yuqoridagi EYUK larning vektor yig‘indisidan iborat bo‘ladi: U1 E0 Es U r1 yoki U1 E0 jI1xs I1r1. (19.10) SM larning turli xil ish rejimlarini tahlil qilishda vektor diag- rammalaridan keng foydalaniladi. Vektor diagrammani ikkita yo‘l bilan qurish mumkin. SG ning magnit to‘yinishi hisobga olinmagan hol uchun vektor diagram- mani qurishda quyidagi kattaliklar, yaʼni: yuksiz ishlashdagi EYUK YE0 ning qiymati; yuklama toki I1 ning qiymati va bu vektor bilan EYUK E0 lar orasidagi siljish burchagi – ; stator fazaviy chulg‘amining sinxron reaktiv xs va aktiv r1 qarshilik-lari maʼlum bo‘lganda kuchlanish U1 ni aniqlash. SG ning magnit to‘yinishi hisobga olingan hol uchun vektor diagram-mani qurishda esa yuqoridagilarga qo‘shimcha holda stator chulg‘amining o‘ramlar soni w1 va mashinaning yuksiz ishlash tavsifsi ham maʼlum bo‘lishi kerak. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling