Sinxron mashina va ularning turlari


Download 0.55 Mb.
bet1/6
Sana06.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1333925
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SINXRON MASHINA VA ULARNING TURLARI



SINXRON MASHINA VA ULARNING TURLARI


REJA:



  1. Sinxron generator turlari.

  2. Ishlash prinsipi.

  3. Yakor reaksiyasi.

  4. Asosiy tenglamalari va vektor diagrammalar.


Sinxron generator turlari.
Sinxron generatorlar - issiqlik elektr stansiyalari (IES), atom (AES), suv (gidro) elektr stansiyalari (GES)dagi turbinaning aylanma xarakati mexanik energiyasini elektr energiyaga aylantirib beruvchi asosiy vosita hisoblanadilar. Hosil qilinayotgan elektr energiya toki chastotasi f=50Gs. bo‘lishini taʼminlash uchun, valining aylanish tezligi katta (3000, 1500 ayl/min) bo‘lgan IES va AESda o‘rnatilgan bug‘ turbinalariga juft qutblari soni bir yoki ikkiga teng bo‘lgan turbogeneratorlar o‘rnatiladi. Bunday tanlov bug‘ turbinalarining yuqori aylanish tezliklarida samarali ishlashi sababli bo‘lib, turbogeneratorlar qutblari mustahkamligini taʼminlash talablaridan kelib chiqadi.
T urbogeneratorlarning aylanuvchi vallari o‘qi gorizontal bo‘ladi.
Valining aylanish tezligi nisbatan kichik (120 - 375 ayl/min) bo‘lganligi uchun gidravlik turbinalarda (GES) juft qutblari soni katta (25 – 8 ayl/min) bo‘lgan gidrogeneratorlar o‘rnatiladi. Ularning vallari vertikal holatda bo‘ladi (rasmlarga qarang)
Aylanish tezliklari katta bo‘lgan turbogeneratorlar magnit o‘zaklari (qutblari) yaxlit po‘latdan qirqib olingan bo‘lishi sababli, markazdan qochma kuchlar hosil qilishi mumkin bo‘lgan mexanik taʼsirlarga (sinishlarga) bardoshligi katta bo‘ladi. Rotorning shunday magnit o‘zaklari kesimi ayon qutb yuzasini aks etmaganligi sababli, bunday rotorlarni «noayon qutbli rotor”, bunday rotori bo‘lgan sinxron mashinani esa «noayon qutbi bo‘lgan машина» yoki «noayon qutbli sinxron машина» deb ataladi. Gidrogeneratorlarning rotor magnit o‘zaklari elektrotexnik po‘lat plastinalaridan ayon qutb shaklida shtamplanib, so‘ngra shixtovkalanib «ayon qutbi ротор» hosil qilinadi va «ayon qutbi bo‘lgan машина» yoki «ayon qutbli sinxron машина» deb ataladi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling