Sinxron mashina va ularning turlari
Noayon qutbli sinxron generator magnit sistemasining to‘yinishi
Download 0.55 Mb.
|
SINXRON MASHINA VA ULARNING TURLARI
Noayon qutbli sinxron generator magnit sistemasining to‘yinishi hisobga olinmagan hol uchun yakor reaksiyasi. Bunday SM da stator va rotor orasidagi havo oralig‘ida stator aylanasi bo‘yicha bir xil bo‘ladi. Shunday bo‘lgani uchun mashinaning magnit zanjiri to‘yinmagan bo‘lsa, natijaviy magnit oqim Fnat ni aniqlash ancha osonlashadi, yaʼni u F0 va Fa magnit oqimlarining geometrik yig‘indisiga teng bo‘ladi:
Fnat = F0 + Fa. (19.1) Yakor reaksiyasining SM ish xossalariga taʼsirini EYUK YE0 va yakor toki Ia orasidagi siljish burchagining har xil qiymatlarida ko‘rib chiqamiz. Burchakning qiymati yuklama qarshiliklari xarakteriga (aktiv, induk-tiv, sig‘imiy yoki aralash bo‘lishiga) bog‘liq bo‘ladi. Agar yuklama faqat aktiv qarshilikdan iborat bo‘lsa ( 0), AX fa-zadagi tok o‘zining maksimum qiymatiga, rotorning N va S qutblarining o‘qi ko‘rilayotgan chulg‘amning o‘rta paziga to‘g‘ri kelganda erishadi (19.1,a-rasm). Bunda Fa oqim AX fazaning o‘qi bilan mos tushadi yoki F0 oqimga nisbatan 90 el. gradusga orqada bo‘ladi. Elektr gradus ikki qutbli mashinalarda geo-metrik gradusga teng, r 2 bo‘lganda esa 1 geom. grad = r el. grad. bo‘ladi. SM lar nazariyasida N va S qutblar o‘rtasidan o‘tadigan o‘q bo‘ylama o‘q deyiladi va d-d bilan belgilanadi, qo‘shni qutblar orasidan o‘tadigan o‘q esa ko‘ndalang o‘q deyiladi va q-q bilan belgilandi. Shunday qilib, SG ning yuklamasi faqat aktiv xarakterli ( 0) bo‘lsa, yakorning magnit oqimi mashinaning ko‘ndalang o‘qi bo‘yicha taʼsir qiladi. Bunda har bir qutb o‘qining bir tomoni magnitlansa, ikkinchi tomoni esa magnitsizlanadi. Natijaviy magnit oqim vektorining moduli Fnat F02 Fa2 bilan aniqlanadi. Agar yuklama faqat induktiv xarakterli ( 90) bo‘lsa (19.1,b-rasm), AX fazadagi tok o‘zining maksimum qiymatiga EYUK YE0 ning qiymatiga nis-batan chorak davr (90) keyinroq erishadi. Yakor magnit oqimi Fa mashinaning bo‘ylama o‘qi bo‘yicha F0 oqimga teskari yo‘nalib, bunda Fnat F0 (Fa ) bo‘ladi va uning qiymati kamayadi. Bu esa yakor EYUK Ea ning kamayishiga olib keladi. Shunday qilib, yuklama faqat induktiv xarakterda bo‘lsa, yakor reaksiyasi mashinaning bo‘ylama o‘qi bo‘yicha magnitsizlovchi taʼsir ko‘rsatar ekan. Agar yuklama faqat sig‘im xarakteriga ( – 900) ega bo‘lsa (19.1,c-rasm), yakorning magnit oqimi Fa qo‘zg‘atish chulg‘ami oqimi F0 ning yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lib mashinaning bo‘ylama o‘qi bo‘yicha magnitlovchi taʼsir qiladi. Bu esa, natijaviy magnit oqim FnatF0 Fa ni va EYUK Ea ni oshiradi. Amalda SG ning yuklamasi aralash xarakterli bo‘ladi. Bunda EYUK E0 va yakor toki Ia orasidagi siljish burchagining qiymati –90 < < 90 ora-lig‘ida bo‘ladi. Bunda aktiv-induktiv yuklama (orqada qoluvchi tok)da yakor reaksiyasi mashinaga magnitsizlovchi, aktiv-sig‘imiy yuklama (oldinda keluvchi tok)da esa yakor reaksiyasi mashinaga magnitlovchi taʼsir ko‘rsatadi. Aralash xarakterdagi yuqlamada tokning aktiv tashkil etuvchisi esa mashinaning ko‘n- dalang o‘qi bo‘yicha magnitsizlaydi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling