Синяя пульсация


Download 1.03 Mb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1542064
1   2   3   4   5
Bog'liq
MUSKUL TO’QIMASING BIOKIMYOVIY ANALIZI

Muskulatura-butun gavdaning yoki uning biror qismining, organning muskullar majmuasi. Ko’zning silliq muguzli pardasi va ter bezlarining atrofidagi silliq muskullar ektodermadan rivojlanadi. Ko’ndalang yo’lli muskullar mezenximaning segmentlangan miotomlaridan tarqalsa, bosh miya muskullari mezenximaning o’zgarishidan kelib chiqadi.

Muskul to’qimasining tuzilishi va organizmdagi ahamiyati

Yurak muskullari ham asosan mezodermadan tarqaladi. Bundan tashqari, ektodermadan vujudga keladigan muskullarga so’lak va sut bezi muskullari ham kiradi.

Umuman olganda, barcha muskul turlarini ularning funksiyalari va tuzilishidagi o’ziga xos birlik, ya'ni sitoplazmasidagi oqsil iplari-miofilamentlar (muskul protofibrillalari) yiilib miofibrillalar deb ataladigan tutamlar hosil qiladigan birlik birlashtirib turadi. ammo umumrtqali hayvonlar bilan umurtqasiz hayvonlarning muskullari garchi vazifalari bir xil bo’lsa ham, tuzilishi bir-biridan bir oz farq qiladi. 

Muskul to’qimasining tuzilishi va organizmdagi ahamiyati

Shunga ko’ra muskullarni belgilariga qarab quyidagicha klassisfikasiyalash mumkin:

  • tuzilishi bo’yicha: a) ko’ndalang yo’lli muskullar, b) silliq muskullar; v)ikkioyoqlama qiya muskullar;
  • 2) organizmda joylashish holati bo’yicha: a)ichki a'zolar muskullari; b)yurak muskullari; v)somatik muskullar;

    3)funksiyalari bo’yicha: a)tonik muskullar; b)tetanik muskullar; v)qulfdosh (bekitish) funksiyasiga ega bo’lgan muskul to’qimalari;

    4) kelib chiqishi bo’yicha: a)ektodermal muskullar; b)entodermal muskullar; v)mezodermal muskullar.

Muskul to’qimasining tuzilishi va organizmdagi ahamiyati

Organizm embrional rivojlanishining boshlanich davrida mezodermaning segmentlashgan qismidagi miotomlardan rivojlana boshlaydi. Kallaning ayrim muskullari, silliq muskullarga o’xshab, bevosita mezodermadan vujudga keladi. Miotomlar embrionning bo’yi bo’ylab uzunasiga joylashgan, bir-biriga yaqin yotuvchi uzunchoq hujayralardan iborat. Bularga mioblast hujayralar deyiladi. Sitoplazma qismi naycha shaklidagi mayda fibrilla ipchalari bilan to’lib turadi. mioblast hujayralar mitoz yo’li bilan tez bo’linib, mezenxima atrofiga tarqaladi va kelajakda ulardan muskul to’qimalari vujudga keladi. Boshlanich davrda mioblastlar bir-biri bilan zanjirsimon shaklda tutashib qo’shilishadi va sinplast shaklni oladi.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling