Sipunkulidlar (Sipuncula) yer yuzida 150
Download 97.74 Kb.
|
feruzbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekalogiyasi.
- Filogeniyasi.
Jinsiy sistemasi. Ancha soda tuzilgan. Ayrim jinsli. Ko’p sonli tuxumdonlari va urug’donlari ichakning ikki yonida va yon chuntaklar oralig’ida joylashgan. Jinsiy yo’llari ko’pincha jinsiy hujayralar yetishi davrida hosil bo’ladi.
Rivojlanishi. Tuxumlari suvda urug’lanadi. Urug’langan tuxumlar to’liq spiral maydalanadi. Nemertinalarning turli sistematik guruhlarida tuxumda chiqadigan lichinkalar ham har hil tuzilishga ega bo’ladi. Ko’pchilik nemertinalar tuxumidan shakli kaskaga o’xshash pilidiy lichinkasi rivojlanib chiqadi. Lichinkasi tanasi kipriklar bilan qoplangan. Tanasining yuqori qismi qubbaga o’xshaydi; ikki yon tomondan ikkita keng o’simtasi quloqchinga o’xshab osilib turadi. Qubbaning tepasida esa bir tutam uzun kipriklardan hosil bo’lgan kokili dikkayib turadi. Kokil ektodermaning qalinlashuvidan hosil bo’ladigan maxsus plastinkaning ustida turadi. Lichinkaning og’iz teshigi tananing ostki tomoni o’rtasida joylashgan; ichagi rivojlangan; o’rta ichagi qopga o’xshash kengaygan. Nemertinalar lichinkasi epiteliy hujayralari soni doimy bo’ladi. Pilidiy lichinkasi ontogenezda gastruladan rivojlangani sababli ikkita embrion yaprog’iga ega bo’ladi. Lichinka rivojlanishi davomida uning epiteliysi hujayralarida bir qismi ektoderma va endoderma oralig’iga ko’chib, o’rta qavat( mezoderma ) varaqlari boshlang’ichini hosil qiladi. Bu qavatdan keyinchalik biriktiruvchi to’qima va ayrim organlar hosi bo’ladi. Bu qavatdan keyinchalik biriktiruvchi to’qima va ayrim organlar hosil bo’ladi. Bunday tarqoq, ya,ni diffuz mezorema boshlang’ichi mezenxima deyiladi. Nemertinalarning xaqiqiy qoplag’ichi quyidagicha hosil bo’ladi. Dastlab ektodermada 7 ta botiqlik paydo bo’ladi. So’ngra bu botiqliklar pilidiy ichiga usib kirib, uning ichagi va mazenximasini o’rab oladi. Ular o’zaro qushilib, ikki qavatli ectodermal xaltani hosil qiladi. Xalta lichinkaning o’rta qismini o’rab olgan. Shaklllangan chuvalchang pilidiy qobig’ini yorib, suvga chiqadi va suvida o’rmalab hayot kechirishga o’tadi. Ekalogiyasi. Chuchuk suvda yashovchi bitta turda tashqari barcha nemertinalar dengizlarda hayot kechiradi. Asosan, mu,tadil iqlimda va arktika suvliklarida, dengizning soxil yaqinidagi qum tashloq tubida yashaydi. Ayrim turlari suv qa’rida suzib yuradi. Bunday turlarning tanasi kalta, tanasining keyingi qismi kengayib suzgichga aylangan. Ayrim nemertinalar krablar va molyuskalar tanasida parazitlik qiladi. Shimoliy dengizlarda Malacobdella nemertinasi iki pallali mollyuskalar mantiya bo’shlig’ida parazitlik qiladi. Uning tanasi keying qismida kuchli so’rg’ichi bo’ladi. Filogeniyasi. Eng muhim tuzilish belgilari ko’ra nemetinalar kiprikli chuvalchanglarga yaqin turadi. Kiprikli chuvalchanglar singari ular tana bo’shlig’I rivojlanmagan parenximatoz hayvonlarga kiradi. Nerv sistemasi asosiy elementlari, ko’zining tuzilishi, protonefrediy ayirish sistemesi, bir qancha turlarda tuxum xujayrasining spiral maydalanishi bilan kiprikli chuvalchanglarga o’xshaydi. Nemertinalar pilidiy lichinkasining tuzilishi ham, ko’p shoxli kiprikli chuvalchanglarning myullerov lichinkasiga o’xshaydi. Ana shu dalillarga asoslangan holda nemertinalarni kiprikli chuvalchanglardan kelib chiqqan deyish mumkin. Qon aylanish sistemasi va orqa ichakning rivojlanishi nemertinalar evolyutsiyasinining progressive yo’nalishda borganligini ko’rsatadi. Lekin xartumning paydo bo’lishi ularni tor doirada ixtisoslashganligini ko’rsatadi. Nemertinalar 2 ta kenja sinfga bo’linadi. Download 97.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling