Sipunkulidlar (Sipuncula) yer yuzida 150


Qalqondorlarga ta`rif bering qanday organizmlar?


Download 140.89 Kb.
bet16/37
Sana19.06.2023
Hajmi140.89 Kb.
#1625347
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
Bog'liq
feruzbek034

24.Qalqondorlarga ta`rif bering qanday organizmlar?


Qalqondorlar — koksidlar kenja turkumiga mansub tengqanotli soʻruvchi hasharotlar oilasi. Yer yuzida keng tarqalgan. 1300 ga yaqin turi maʼlum. Tanasining uz. 2 mm cha, mumli qalqon bilan qoplangan (nomi shundan). Q. keskin jinsiy dimorfizmga ega. Urgʻochilarining qanot va oyoqlari, odatda, moʻylovi, koʻzi ham boʻlmaydi. Erkagi urgʻochisidan kichik, oldingi juft qanoti bor. Ogʻiz apparati soddalashgan, moʻylovi va oyogʻi yaxshi rivojlangan. Urgʻochisi 20—170 tuxum qoʻyadi. Lichinka va katta yoshdagilari oʻsimlik shirasi bilan oziqlanadi. Q.ning olma vergulsimon qalqondori (Nergskjargpa i1ti.), kaliforniya qalqondori (01aas1ga§ryugi8 Regtsyuo8i8 Sapgz1ok), binafsharang kalqondor (RagMopa o1ea so1ua) turlari meva va sitrus daraxtlariga, choy butalariga hamda hosiliga katta zarar yetkazadi va karantin obʼyekti hisoblanadi. Koʻpchilik turlari ekinzor dalalar atrofidagi ihota mintaqalariga ekilgan daraxtlar va boshqalarni zararlaydi. Kurash choralari: qurigan va shikastlangan shox hamda novdalarni yoʻq qilish; bahorda daraxtlar kurtak chiqarguncha va quzda, baʼzi hollarda yozda insektitsidlar (karbofos, konifidor, donadin va boshqalar) bilan ishlov berish.


26.Nemertinlar qanday organizmlar (o`zidan ko`p miqdorda shilimshiq moddalarni ishlab chiqish)?


Nemertinalar (Nemertini) - deyarli barcha turlari dengizlarda yashay-digan umurtqasiz hayvonlar tipi. Gav-dasi bilaterial simmetriyali, chuvalchangsimon, kiprikli epiteliy bilan qoplangan. Tana boʻshligʻi boʻlmaydi; ichki organlari oraligʻi parenximadan iborat. Tanasi yassi. Qon aylanish sistemasi yaxshi rivojlangan, tutash. Nafas sistemasi yoʻq. Nerv sistemasi bosh miya va 3 ta boʻylama nerv poyasidan iborat. Boshining oldingi uchida hartumchasi bor. Hartumcha ogʻiz yonidagi maxsus chuqurchaga tortib olinishi mumkin. Ovqat hazm qilish sistemasi ogʻiz teshigidan boshlanib, anal teshigi bilan tugaydi. Ayrim jinsli, tuxum qoʻyib koʻpayadi. Tuxumdan pilidiy lichinkasi chiqadi. Jinssiz fragmentatsiya yoʻli bilan ham koʻpayishi mumkin. Deyarli barcha N. yirtqich; boʻgʻimoyoklilar, mollyuskalar va baliqlar bilan oziqlanadi. Ayrim vakillari parazit yoki kommensal. Bu tipga bitta — ne-mertinalar sinfi kiradi. 800 ga yaqin turi maʼlum. 30 turi chuchuk suvlarda va 10 turi quruk/shkda tarqalgan. Uz. 0,5 mm dan 30 metrgacha va undan ham koʻproq (60 m gacha). Kengligi 9 mm gacha



Download 140.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling