Sipunkulidlar (Sipuncula) yer yuzida 150
Download 140.89 Kb.
|
feruzbek034
Bitta yurakoldi bo‘ lmalilar (Monotocardia). Mantiya kompleksi organlari bittadan, tana chap tomonida joylashgan. Chuchuk suvda yoki quruqlikda yashashga moslashgan vakillarida ktenidiy bo‘lmaydi yoki u ikkilamchi jabralar bilan almashinadi. Pedal gangliylari rivojlangan. Dengizning litoral qismida odatda Littorina ko‘ p uchraydi. Atlantika va Tinch okeani Shimoliy qismida uchraydigan Buccinium iste‘mol qilinadi. Ko‘l va hovuzlarda Viviparus va Bithynia uchraydi. Uzoq Sharq dengizlarida yirtqich rapana keng tarqalgan. Bu molluska Qora dengizga ham kelib qolganOldjabralilar oyog‘ida chig‘anog‘i teshigini yopib turuvchi qopqoqchasi bo‘lishi bilan o‘pkali molluskalardan farq qiladi. Dengizlarda uchraydigan eshkakoyoqlilar (Heteropoda) plankton hayot kechiradi. Molluskalar oyog‘i o‘rta qismi yon tomonlardan siqilgan tik suzgichni hosil qiladi keyingi qismi dumga o‘xshash cho‘ ziq bo‘ladi. Ular yirtqich hayot kechiradi. Ayrim turlari ninaterillilarda parazitlik qiladi.Orqajabralilar (Opisthobranchia) kenja sinfi. Orqajabralilar mantiya kompleksi organlari oldingi tomondan tanasining o‘ng tomoniga siljigan. Yagona jabrasi yuragi ortida joylashgan. Odatda chig‘anog‘i reduktsiyaga uchragan. Germafrodit. Faqat dengizlarda uchraydi. Yopiqjabralilar (Tectibranchia) va yalang‘och jabralilar (Nudibranchia) turkumlariga bo‘linadi. Yopiq jabralilarning ktenidiysi va odatda chig‘anog‘i bo‘ladi.Yopiq jabralilarning ktenidiysi va odatda chig‘anog‘i bo‘ ladi. Bu turkumga kanotovklilar (Pteropoda) va Shimoliy dengizlarda keng tarqalgan dengiz avliyosi (Clione limacina) kiradi (94-ras.mga qarang). Dengiz avliyosining chig‘anog‘i bo‘lmaydi, tanasi pushti qizg‘ish, tishsiz kitlarning ozig‘i hisoblanadi.Yalang‘ochjabralilar ktenidiysi reduktsiyaga uchragan; uning o‘rniga ikkilamchi jabra hosil bo‘ladi. Chig‘anog‘i bo‘lmaydi. Shimoliy dengizlarda keng tarqalgan Den-dronotus Catriona urug‘lariga mansub yalang‘ochjabralilar tanasining orqa tomonida juda ko‘p jabralari bo‘ladi.Janubiy hududlar, jumladan, Orta Osiyoda yalang‘och shilliqlar keng tarqalgan. Ular chig‘anog‘ining qoldig‘i mantiya bilan qoplan-gan. Ba‘zi turlarida chig‘anoq qoldig‘i ham bo‘lmaydi. Ular salqin, nam va quyosh tushmaydigan joylarda uchraydi. Issiq yoz kunlari daraxtlar kovagi yoki tuproqqa kirib oladi. Shillikdar yashil o‘simliklar bilan oziqlanib, katta ziyon keltiradi. Ayniqsa yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan yillari ular tez ko‘paya boshlaydi. Ular yoz quruq va issiq bo‘lganida ko‘plab qirilib ketadi. Yalang‘och shilliqlar orasida dala shillig‘i Agriolimax arion keng tarqalgan. Salqin joylarda uchraydigan qahrabo shillig‘i Succinea parazity so‘rg‘ichlilarning oraliq xo‘jayini hisoblanadi.Download 140.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling