Sipunkulidlar (Sipuncula) yer yuzida 150


Qorinoyoqlilarning ahamiyati?


Download 140.89 Kb.
bet29/37
Sana19.06.2023
Hajmi140.89 Kb.
#1625347
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
Bog'liq
feruzbek034

47.Qorinoyoqlilarning ahamiyati?


Qorinoyoqli mollyuskalar tabiiy ekotizimlarning asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanib, turlar sonining ko‘pligi, keng tarqalganligi va populyasiyada zichligini yuqori bo‘lishi organik moddalar aylanmasida muhim ahamiyatga ega. Qorinoyoqli mollyuskalarning ahamiyati xilma-xil bo‘lib, birinchidan, ular suv va quruqlik ekotizimlarining biologik mahsuldorligini oshiradi, ikkinchidan ekotizimlardagi o‘zgaruvchanlikni tez seza olish xususiyati suv havzalari va quruqlikda ifloslanish darajasini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti magistri Ruxshona Mirziyoyeva “Qorachi tog‘ va G‘ubdin tog‘lari qorinoyoqli mollyuskalari (taksonomiyasi, tarqalishi va xo‘jalikdagi ahamiyati” mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi.
- Mollyuskalar atrof-muhit va tabiatda muhim o‘ringa ega, - deydi Ruxshona Mirziyoyeva, - Shuni alohida taʼkidlash lozimki buloq, koʻl va daryo qirgʻoqlaridan olingan toshlar, suvga botib qolgan daraxtlar va ularning toʻnkalari, tomiri bilan sugʻurib olingan oʻsimliklarda koʻplab mollyuskalarni topish mumkin. Adir mintaqasi dengiz sathidan 1500 metrgacha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga olib, cho‘l mintaqasiga nisbatan relefi murakkab tuzilishga ega bo‘lib, suv qorinoyoqli mollyuskalarining yashashi uchun optimal sharoitga ega bo‘lgan biotoplar xilma - xilligi bilan xarakterlanadi. Qorinoyoqli mollyuskalar ma’lum bir turdagi baliqlar, sudralib yuruvchilar va qushlar uchun ozuqa vazifasini o‘taydi. Qolaversa, chorva mollariga gelmint kasaliklarini tarqatishda oraliq xo‘jayin vazifasini o‘tasa, yana boshqalari esa qishloq xo‘jalik ekinlariga katta zarar yetkazadi. Tadqiqotimizning asosiy maqsadi Qorachi va G‘ubdin tog‘lari hududlari hamda sistematik guruhlar bo‘yicha variatsiyasini o‘rganish va ushbu belgilarning sistematik ahamyatini ochib berishdan iborat.
48.Ikkipallalilar yoki plastinkajabralilarsinfi- Bivalvia(ta`rif bering)?


Ikki pallalilar, plastinkajabralilar (Bivalvia, Lamel-libranchiat) — mollyuskalar tipining sinfi. Tanasining uz. bir necha mm dan 1,5 m gacha, vazni 30 kg , baʼzan 200 kg gacha (tridakna), bilaterial simmet-riyali, yon tomondan yassilangan gavda va oyoqdan iborat. Boshi boʻlmaydi. Koʻpchiligining oyogʻi bitta, ponasimon; tuban tuzilgan turlarida yassi; harakatsiz yopishib yashaydigan turlarining oyogʻi reduksiyaga uchragan (mi-diyalar, dreyssenalar) yoki yoʻqolib ketgan (ustritsalar). Koʻpchilik I.p. oyogʻidagi bissus bezlari ishlab chiqaradigan bissus iplari yordamida sub-stratga mahkam yopishib olib yashaydi. Tanasi mantiya bilan qoplangan. Chigʻanogʻi tanasini yon tomondan yopib turuvchi ikkita palladan iborat. Chigʻanogʻining ichki tomoni koʻpincha sadaf bilan qoplangan. Pallalar chetida chigʻanoqni yopuvchi qulf (tish) hosil qiladigan oʻsimtasi boʻladi. Chigʻanoq pallalarining oldingi va keyingi ichki yuzasida yopuvchi muskullar bor. Ayrim I.p. (marvariddorlar, midiyalar) mantiya-siga tushgan yot zarralar (qum)ni sadaf bilan oʻrab olib, marvarid hosil qiladi. Jigari 3 boʻlakdan iborat. Jabralari koʻpchiligida plastinkaga oʻxshash (sinfning ikkinchi nomi ana shundan kelib chiqqan). Nerv sistemasi 3 juft gangliydan iborat. Sezgi organlari kuchsiz rivojlangan. Qon aylanish sistemasi ochiq; ayirish sistemasi uzun tasmasimon buyrakdan iborat. Koʻpchilik I.p. ayrim jinsli; ayrim turlarida jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan. Oʻrugʻlanishi tashqi, lichinkasi erkin suzib yuradigan veligir yoki gloxidiy. Ayrim turlari tuxumlari va lichinkalarini jabralarida olib yuradi. 20000 ga yaqin turi bor, asosan, dengizlarda tarqalgan. Chuchuk suvlarda sadafdorlar, marvariddorlar va baqachanoqlar tarqalgan. Suv tubida yashaydi. Suvni filtrlovchi detritofaglar, plantofaglar, baʼzi turlari yirtqich. Baliqlar va b. dengiz hayvonlariga oziq boʻladi. Ayrim turlari tosh yoki yogʻochni teshish xususiyatiga ega. Bir qancha turlari kemalar korpusi va gidrotexnik qurilmalarga katta ziyon keltiradi. Goʻshti uchun ovlanadi (midiyalar, ustritsalar). Ayrim turlari (marvariddorlar) marvarid olish va goʻsht uchun boqiladi. Baʼzi I.p. suv qushlari parazitlarining oraliq xoʻjayini hisoblanadi. Baqachanoqning lichinkasi chuchuk suv baliklari terisida parazitlik qiladi. Oʻzbekiston suv hav-zalarida I.p. mollyuskalarning 52 turi tarqalgan, jumladan, 5 turi endemik boʻlib, Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.



Download 140.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling