Sipunkulidlar (Sipuncula) yer yuzida 150


Orqajabralilar kenja sinfi – Opisthobranchia ta`rif bering(Tectibranchia) , (Nudibranchia) turkumga bo`linadi?


Download 140.89 Kb.
bet28/37
Sana19.06.2023
Hajmi140.89 Kb.
#1625347
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
Bog'liq
feruzbek034

45. Orqajabralilar kenja sinfi – Opisthobranchia ta`rif bering(Tectibranchia) , (Nudibranchia) turkumga bo`linadi?


Orqajabralilar (Opisthobranchia) kenja sinfi. Orqajabralilar mantiya kompleksi organlari oldingi tomondan tanasining o‘ng tomoniga siljigan. Yagona jabrasi yuragi ortida joylashgan. Odatda chig‘anog‘i reduktsiyaga uchragan. Germafrodit. Faqat dengizlarda uchraydi. Yopiqjabralilar (Tectibranchia) va yalang‘och jabralilar (Nudibranchia) turkumlariga bo‘linadi. Yopiq jabralilarning ktenidiysi va odatda chig‘anog‘i bo‘ladi.

Yopiq jabralilarning ktenidiysi va odatda chig‘anog‘i bo‘ ladi. Bu turkumga kanotovklilar (Pteropoda) va Shimoliy dengizlarda keng tarqalgan dengiz avliyosi (Clione limacina) kiradi (94-ras.mga qarang). Dengiz avliyosining chig‘anog‘i bo‘lmaydi, tanasi pushti qizg‘ish, tishsiz kitlarning ozig‘i hisoblanadi. 

Yalang‘ochjabralilar ktenidiysi reduktsiyaga uchragan; uning o‘rniga ikkilamchi jabra hosil bo‘ladi. Chig‘anog‘i bo‘lmaydi. Shimoliy dengizlarda keng tarqalgan Den-dronotus Catriona urug‘lariga mansub yalang‘ochjabralilar tanasining orqa tomonida juda ko‘p jabralari bo‘ladi.


Janubiy hududlar, jumladan, Orta Osiyoda yalang‘och shilliqlar keng tarqalgan. Ular chig‘anog‘ining qoldig‘i mantiya bilan qoplan-gan. Ba‘zi turlarida chig‘anoq qoldig‘i ham bo‘lmaydi. Ular salqin, nam va quyosh tushmaydigan joylarda uchraydi. Issiq yoz kunlari daraxtlar kovagi yoki tuproqqa kirib oladi. Shillikdar yashil o‘simliklar bilan oziqlanib, katta ziyon keltiradi. Ayniqsa yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan yillari ular tez ko‘paya boshlaydi. Ular yoz quruq va issiq bo‘lganida ko‘plab qirilib ketadi. Yalang‘och shilliqlar orasida dala shillig‘i Agriolimax arion keng tarqalgan. Salqin joylarda uchraydigan qahrabo shillig‘i Succinea parazity so‘rg‘ichlilarning oraliq xo‘jayini hisoblanadi. 


46.O’pkali qorinoyoqlilar kenja sinfi – Pulmonata(2ta turkumdan iborat) ?
O‟pkali molluskalar (Pulmonata) kenja sinfi. O‘pkali molluskalar, ya′ni
shilliqqurtlarning ktenidiy jabralari yo‘qolgan. O‘pkasi mantiya bo‘shlig‘idan hosil bo‘ lgan. 
Tovoni oldingi qismida joylashgan shilimshiq bezi suyuqdigi tovonini ho‘llab turadi. Molluska 

ana shu yupqa shilimshiq parda ustida sirpanib harakat qiladi. Hamma o‘pkalilar germafrodit. 


Quruqlik va chuchuk suv havzalarida yashaydi. Ular o‘troq ko‘zlilar va poyacha ko‘zlilar 
turkumlariga ajratiladi. 
O‘troq ko‘zlilar (Basommatophora) asosan chuchuk suvlarda hayot kechiradi. Ular 
o‘pkasini havoga to‘dirish uchun damba-dam suv yuzasiga ko‘tarilib turadi. Ko‘zlari ikkinchi 
juft paypaslagichlari asosida joylashgan. Bu turkum vakillaridan chuchuk suv shilig‘i (Lymnaea 
stagnalis) ko‘l va hovuzlarda uchraydi. Uning kattaligi 6—7 sm, suv o‘tlari va mayda jonivorlar 
bilan oziqlanadi. Botqoqliklar, ko‘lmak suvlar va buloqlarda kichik suv shillig‘i (Lymnaea 
truncatula) keng tarqalgan. Bu shilliq sutemizuvchilarning xavfli paraziti jigar qurtining oraliq 
xo‘jayini hisoblanadi. 
Poyachako‘ zlilar (Stylommatophora) turkumi- asosan quruqlikda tarqalgan, yuksak 
tuzilgan qorinoyoqlilar kiradi. Paypaslagichlari ikki juft bo‘ lib, ko‘zlari ikkinchi juft 
paypaslagich-larning uchki qismida joylashgan. Paypaslagichlari va terisi tuyg‘u hamda hid 
bilish vazifasini bajaradi. Ko‘ pchilik poyachako‘ zlilarning yaxshi rivojlangan chig‘a-nog‘i 
bo‘ladi. Janubiy Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan tok shillig‘i (Helix pomatia) 
chig‘anog‘i balandligi 5 sm ga yetadi. Shilliq o‘ simliklar yashil qismlari bilan oziqlanib, katta 
ziyon keltiradi. 
Janubiy hududlar, jumladan, Orta Osiyoda yalang‘och shilliqlar keng tarqalgan. Ular 
chig‘anog‘ining qoldig‘i mantiya bilan qoplan-gan. Ba‘zi turlarida chig‘anoq qoldig‘i ham 
bo‘lmaydi. Ular salqin, nam va quyosh tushmaydigan joylarda uchraydi. Issiq yoz kunlari 
daraxtlar kovagi yoki tuproqqa kirib oladi. Shillikdar yashil o‘simliklar bilan oziqlanib, katta 
ziyon keltiradi. Ayniqsa yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan yillari ular tez ko‘paya boshlaydi. Ular yoz 
quruq va issiq bo‘lganida ko‘plab qirilib ketadi. Yalang‘och shilliqlar orasida dala shillig‘i 
Agriolimax arion keng tarqalgan. Salqin joylarda uchraydigan qahrabo shillig‘i Succinea 
parazity so‘rg‘ichlilarning oraliq xo‘jayini hisoblanadi. 


Download 140.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling