Sirdaryo viloyati Guliston shahar 1-umumta`lim maktabi 9B –sinf
BUMERANG USULI: MUSTAQIL TOPSHIRIQ
Download 276.56 Kb.
|
AMALIYOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0,161 7 O’nli kasr
- To’g’ri kasr
- Noto’g’ri kasr
- Aralash kasr
- SINF RAHBARINING TARBIYAVIY ISHLARI REJASI «TASDIQLAYMAN» MAKTAB DIREKTORI: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
- 4- BOSQICH TALABASI SATTAROV ZIYODULLA PEDAGOGIK AMALIYOT DAVRIDA YURITGAN O`QUV KALENDAR TEMATIKA REJASI
- GULISTON-2022
BUMERANG USULI: MUSTAQIL TOPSHIRIQ.
O`quvchilar testlardan dars davomida foydaladilar: 1. Quyidagi kasrlar ichidan to’g’ri kasrlarni ajratib yozing. 1) 2) 3) 4) A) 1,2,3 B) 2,4 C) 1,3,4 D) 2, 3, 4 2. Kasrlarni natural son ko’rinishida to’g’ri yozilgan qatorni aniqlang: ; ; A) 50; 5; 8 B) 5; 10; 8 C) 5; 12; 8 D) 10; 5; 8 3. b ning qanday qiymatlarida kasr noto’g’ri bo’ladi. A) b3 B) b10 C) bb=0 4. Hisoblang; 6,387 +10 A) 63,87 B)16,387 C) 6387 D) 6,3870 5. 0,9 va 2,41 sonlari orasidagi natural sonlarni yozing. A) 0; 1; 2 B) 1 C) 1; 2 D) 1;2;3 6. Ayirishni bajaring: 1256,2-100 A) 125,62 B) 1156,2 C) 1,2562 D) 0,12562 7. Yig’indini toping. A) B) C) D) 8. Ifodaning qiymatini toping: A) B) C) D) 9. Ayirmani hisoblang A) B) C) 1 D) 10. Ayirmani hisoblang A) B) C) D) 11. 86,694(3,999+30,695) ifodaning qiymatini hisoblang. A) 49 B) 118,39 C) 39 D) 52 12. a+36=63 tenglamani yeching. A) 97 B) 27 C) 39 D) 99 13. 39+n A) 1 B) 11 C) 10 D) 9 14. Kamayuvchi 36 taga ortib, ayriluvchi 16 taga ortsa ayrima qanday o’zgaradi. A) 52 taga ortadi B) 20 taga kamayadi C) 20 taga ortadi D) 52 taga kamayadi 15. Quyidagiladan qaysi biri n+4360 tengsizlikni qanoatlantiradi? A) 7 B) 17 C) 16 D) 18 16. Qo`shishni bajaring; 0,12+25= J:_____________________ 17. Sonlarni taqqoslang: 7,6431 va 7,6429 J:_____________________ 18. Tenglamani yeching; 30,8-y=4 J:_____________________ 19. Ayirmani toping; = J:_____________________ 20. Yig’indini toping; 82,1+5,42= J:_____________________
16. 25,12; 17. 7,6431 7,6429; 18. 26,8; 19. ; 20. 87,52; Uyga vazifa : darslikdagi 835-836 misollar, testlar yechish O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA TA`LIM VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROT TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA YO`NALISHI 4- BOSQICH TALABASI SATTAROV ZIYODULLANING PEDAGOGIK AMALIYOT DAVRIDA YURITGAN SINF RAHBARINING TARBIYAVIY ISHLARI REJASI «TASDIQLAYMAN» MAKTAB DIREKTORI: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA TA`LIM VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROT TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA YO`NALISHI 4- BOSQICH TALABASI SATTAROV ZIYODULLA PEDAGOGIK AMALIYOT DAVRIDA YURITGAN O`QUV KALENDAR TEMATIKA REJASI «TASDIQLAYMAN» MAKTAB DIREKTORI: «TASDIQLAYMAN» Shirin shahar 1-umumta`lim maktabi direktori ___________________________ 5-sentabr 2022-yil Guliston Davlat Universiteti Axborot texnologiyalar fakulteti Amaliy matematika va informatika ta`lim yo`nalishi 4-kurs 9-19 guruh talabasi Sattarov Ziyodullaning Guliston shaxar 16-umumta`lim maktabida 2022-yil 5-sentabrdan 29-aprelga qadar o`tkazilgan pedagogik amaliyot davri uchun Shaxsiy ish rejasi GULISTON-2022 Guliston Davlat Universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti Amaliy matematika va informatika yo'nalishi 9-19-guruh talabasi Sattarov Ziyodullaning Guliston shaxar 16-umumta`lim maktabidagi o'tkazilgan pedagogik amaliyot bo'yicha HISOBOTI Men 2022-yil 5-sentabrdan 29-aprelgacha Guliston shahar 16-umumta`lim maktabida pedagogik amaliyotda bo'ldim. Amaliyotni birinchi kuni Axborot texnologiyalari fakultetinig "Amaliy matematika va Axborot texnologiyalari" kafedrasida tashkil etiladigan pedagogik amaliyotga bag'ishlangan konferentsiyada qatnashdim. Bu konferentsiyadan asosan, pedagogik amaliyotni maqsadi, vazifalari va amaliyotni tashkil etishni asosiy tamdyillari haqida professor-o'qituvchilarimiz yordamida kerakli ma'lumotlarga ega bo'ldik. Ertasi kuni pedagogik amaliyotga borilayotgan Guliston shaxar 16-umumta`lim maktabida ichki tartib qoidalari, joylashgan xududi,boriladigan transport vositasi, xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishib chiqdim. Universitetdan pedagogik amaliyot rahbari A.Bo`taboyev bizga dars o'tish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar, sinf rahbarini faoliyati va amalga oshirgan ishlari to'g'risida metodik yordam berdi. Kundalik daftar, barcha amaliyotga oid hujjatlami tartib bilan yuritib, to'ldirishni boshladim. Matematika fanidan muddatli mavzu rejani matematika fani o'qituvchisidan oldik. Maktabni boshqarish va unga rahbarlik qilish tartibini o'rganib, direktor, ilmiy bo'lim mudiri, ma'naviy-marifiy ishlari bo'yicha muovin bilan tanishib, suhbatlashdim va ichki tartib qoidalarga amaliyot davrida bo'ysunishimizni takidladi. Amaliyotni birinchi haftasida o'qituvchilar kengashi va metodik kengashning ish tartibi bilan tanishib, o'zimga biriktirilgan 9D-sinf jamoasi o'quvchilar bilan tanishdim. Bu sinfga algebra, ingliz tili, kimyo, tarix, adabiyot, huquqshunoslik, rus tili, matematika, informatika kabi fanlar o'tilar ekan. Sinf rahbarida mavjud tarbiyaviy ish rejasi bilan ham tanishib chiqdim. Guruh o'quvchilar jamoasining pedagogik - psixologik xususiyatlarini muntazam o'rganib bordim. Amaliyot davomida algebra, ingliz lili, kimyo, tarix, adabiyot, huquqshunoslik, rus tili, matimatika, biologiya, informatika kabi va boshqa darslarini kuzatib, tahlil daftarimga qayd qilib bordim. Bunda deyarli hech qanday qiyinchilikka uchramadim. Har kuni dars jarayonini tahlil qilib bordim. O'qituvchi egallashi kerak bo'lgan jihatlami o'zlashtirishga harakat qilib bordim. Bulardan tashqari 9-sinfga o'tkazilishi mo'ljallangan darsdan tashqari ishlarning mazmuni bilan ham tanishib chiqdim. Matematika va informatika fanidan o'tiladigan sinov darslariga tayyorgarlik ko'rib, zaruriy darsning reja matnini tayyorlab va loyihalashtirib chiqdim. Informatika fani bo'yicha qo'shimcha mashg'ulotlar, maktab fan to'garaklari, badiiy havaskorlik va kasb-xunarga yo'naltirish, jismoniy tarbiya va sport ishlarining yo'lga qo'yilish jarayonini o'rganib chiqdim va tasavvurga ega bo`ldim. Men o'tishni rejalashtirgan o'quv mashg'ulotlarim uchun ko'rgazmali qurollar va tarqatma materiallar, taqdimot slaydlarini tayyorlab, o'quvchilarga mavzuni yanada tushunarliroq va qiziqarliroq bo'lishi uchun qo'limdan kelganicha harakat qildim. Matematika va informatika fanlaridan talab darajasida loyihalashtirilgan 2 ta ochiq dars yani "Scratch muhitida ishlash" va "O'nli kasrlar" mavzularini tayyorladim va o'tkazib berdim. Namunali tarzda tayyorlangan ko'rgazma vositalarda dars jarayonida o'quvchilarga mavzu tushuntirishda foydalandim. Guruhdagi iqtidorli o'quvchilar bilan muloqotga kirishib, fanga, o'qishga va kasbga bo'lgan qiziqishlarini o'rgandim. O'z oldimga qo'ygan natijalarga erishdim. Kuzatishlarimda shu narsa ayon bo'ldiki, 23 tadan ko'p sonli o'quvchisi bor sinfda tartibsizlik va shovqin ko'tarilishi ehtimoli yuqori ekan. Unversitet sharoitida bilim olish va kasb egallashlari haqida 5-9-sinf o'quvchilari bilan suhbatlashdim. O'quvchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar asosida yetarlicha ma'lumotlar berib o'tdim. Bundan o'quvchilami o'qishga bo'lgan qiziqishlari yanada ortdi. O'zlashtirishi sust va tarbiyasi og'ir o'quvchilar bilan muloqotga kirishib, ularni individual-psixilogik xususiyatlarini o'rganishda, tarbiyasiga ta'sir ko'rsatuvchi ijobiy va salbiy omillar aniqlash, o'quvchiga pedagogik - psixologik tashxis qo'yish va tavsif yozishda biroz qiyinchiliklar bo'ldi. Maktabning ota-onalar kengashi ishi mazmuni bilan tanishdim. Maktabning bu nalishdagi an'analarini ham o'rgandim. Ota-onalar bilan olib boriladigan hamkorlik shlarining mazmuni, shakllari va usullari bilan tanishib chiqdim. O'zimga biriktirilgan 9D-sinfning ota-onalar kengashi ishi bilan ham tanishib chiqdim. Bundan tashqari guruh uchun rejalashtirilgan ma'naviy- marifiy, tarbiyaviy ishlami amalga oshirishda sinf rahbariga yordamlashdim. Mustaqil tarbiyaviy soat mavzusini tanlab, loyihalashtirish, o'tkazish ishlari bilan ham shug'ullandim va rasmiylashtirdim. Sinf jamoasiga va bitta o'quvchiga pedagogik - psixologik tavsifnoma tayyorlashda pedagogika va psixologiya bo'yicha metodist bilan maslahatlashgan holda 9D -sinf jamoasiga va sinfdagi namunali o'quvchiga pedagogik-psixologik tavsifnoma yozdim. Buning uchun amaliyot davomida sinfdagi o'quvchilaming darslarga qanday munosabatda ekanliklarini, bir-birlari bilan qanday munosabatda bo'lishlarini, ijtimoiy foydali mehnat jarayonidagi ishtirokini, mavjud tartib-qoidalarga amal qilishlarini, ijtimoiy muhit, ota-onalar va jamoatchilikning ta'siri kabilami kuzatib bordim. Amaliyot jarayonida dars tahlil qilishni, shaxsiy ish reja, hujjatlami yuritishni o'rgandim. Darsdan tashqari tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy, ijtimoiy foydali ishlarning o'tkazish jarayonini o'rgandim. Men maktabda bir qancha tajribali o'qituvchilar darslarini tahlil qildim. Amaliyotga kelgan kunimdan amaliyot oxirigacha kundalik daftar yuritdim. Men ushbu amaliyot jarayonida o'qituvchi sifatida dars o'tish texnologiyasini, o'zini tutishni, o'quvchilar bilan muomila jarayonini o'rgandim. Men pedagogik amaliyot vaqtida o'qituvchilik kasbining qanchalik sharafli kasb ekanligiga yana bir bor amin bo'ldim. Kelajakda yaxshi mutaxassis bo'lishga bor shijoatim bilan harakat qilaman. Menga yaqindan yordam bergan maktab ma'muriyatiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Download 276.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling