Darsning blok-chizmasi
Darsning borishi:
I. Tashkiliy ishlar.
Darsning mazmuni:
1. Temperatura. Absolyut temperatura.
2. Termometrlarning tuzilishi va turlari.
3. Selsiy va Kelvin shkalalari haqida axborot.
4. Temperatura molekulalarning harakatiga bog‘liqligi.
II. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash.
1. Tashkiliy ishlar.
2. Oldingi darsda o‘rganilgan savollar bo‘yicha uyga berilgan topshiriqlarni tekshirish.
“Blits” usulida so‘rash uchun namunaviy savollar:
— ideal gaz ta'rifini ayting;
— gaz bosimi konsentratsiyaga qanday bog‘liq?
— nima sababdan molekulalarning o‘rtacha tezligi tushunchasi kiritiladi?
— molyar massa deganda nimani tushunasiz?
— gaz bosimi molekulalar o‘rtacha kinetik energiyasiga qanday bog‘liq va h.k.
Temperatura tushunchasiga beriladigan ta'rif boshqa fizik kattaliklardan farqli ravishda bir oz qiyinroqdir. Chunki unga termodinamik nuqtai nazardan bir ta'rif berilsa, molekulyar-kinetik nuqtai nazardan ikkinchi ta'rif beriladi. Termodinamik ta'rifda “temperatura – jismlarning isitilganlik darajasi”ni bildirsa, molekulyar-kinetik ta'rifda “temperatura – modda molekulalarining o‘rtacha kinetik energiyasi” tarzida beriladi. Shunga ko‘ra o‘qituvchi o‘quvchilar e'tiborini ko‘proq ikkinchi ta'rifga jalb etishlari, uning kattalikning fizik mohiyatini ochib berish imkoniyati ko‘pligini tushuntirishi kerak. Ideal gaz uchun molekulyar-kinetik nazariya mohiyatini ochish uchun ko‘proq masala yechib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Masalan, azot molekulasi idish devoriga perpendikulyar yo‘nalishda 600 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Devor bilan elastik to‘qnashgandan so‘ng, xuddi shunday tezlik bilan undan qaytadi. Urilishi natijasida devor olgan impulsni toping.
B e r i l g a n :
N A = 6,02 · 1023 1/mol
M = 28 · 10 -3 kg/mol
p = ?
|
Y e c h i l i s h i :
u holda
|
Siz yozda qishga qaraganda temperatura yuqoriligini, choyning temperaturasi muzqaymoq temperaturasiga qaraganda yuqoriligini; kasal odamning tana temperaturasi sog'lom odamnikiga qaraganda yuqori bo'lishini va hokazolarni bilasiz.
Binobarin, temperatura jismning ichki holatini xarakterlaydigan fizik kattalikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |