Sirdaryo viloyati Sardoba tumani xtbga qarashli 11- sonli umumiy o’rta talim maktabining “Fizika” fani o’qituvchisi Boboqulov Mansurjon Madaminjonovichning
Download 78.7 Kb.
|
Temperaturadan 9-sinfga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning blok-chizmasi
- Darsning borishi: I. Tashkiliy ishlar. Darsning mazmuni
- Uyga topshiriqlar.
Dars materiallari va jihozlari:
— ichki yonuv dvigatelining modeli; — tez siqilganda gazning isishini ko‘rsatadigan porshenni zich siqib turadigan shaffof silindr. Tarqatma material: — ilgari o‘rganilgan va darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar. Darsning asosiy tushunchalari: — issiqlik miqdori, issiqlik sig‘imi; — termodinamikaning birinchi qonuni; — sistemada ichki energiyaning o‘zgarishi. Darsning blok-chizmasi
Darsning borishi: I. Tashkiliy ishlar. Darsning mazmuni: 1. Termodinamika. 2. Termodinamikaning birinchi qonuni. 3. Sistema ichki energiyasining o‘zgarishi. II. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash. Mexanik ish bajarish jarayoni va issiqlik uzatishning umumiy jihati bor. Har ikkalasida ham ichki energiya o‘zgaradi. Issiqlik uzatishda ichki energiyaning o‘zgarishiga issiqlik miqdori deyiladi. Shunga ko‘ra o‘quvchilarga issiqlik miqdori ham energiya birliklarida o‘lchanishi uqtiriladi. Bundan kelib chiqib, issiqlik miqdori ichki energiya kabi temperatura o‘zgarishiga to‘g‘ri proporsionalligi aytiladi. Shundan so‘ng o‘quvchilarga savol tashlanadi. Bir chelak suvni qaynatishga ko‘p issiqlik kerakmi yoki bir chovgum suvnimi? Barcha o‘quvchilar albatta katta massali jismlarni aynan bir xil temperatura farqigacha isitish uchun ko‘proq issiqlik miqdori kerakligini aytadilar. Ularni umumlashtirib Q = m · T yozib qo‘yiladi. Endi qiyinroq joyi 1 litr suv va 1 litr yog‘ni aynan bir xil T ga qizdirish uchun turlicha issiqlik miqdori kerak bo‘lishini chiqarish kerak. Buning uchun quyidagicha tajriba o‘tkaziladi. Bir xil massali ikki xil metalldan tayyorlangan ikkita silindr shaklidagi jismlarni qaynab turgan suvda biroz ushlab turiladi. Shundan so‘ng har ikkalasini bir vaqtda olib, ikkita bir xil suvli stakanga tushiriladi. Stakandagi termometrlar ma'lum bir muddat o‘tgach turli temperaturani ko‘rsatadi. Shundan so‘ng, o‘quvchilarga hodisani tushuntirish bo‘yicha “muammoli” savol qo‘yiladi. O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib, javob topadilar. So‘ngra tajribani “fikran” davom ettiradilar. Suvga bir xil massali yog‘ochdan, plastmassadan va h.k. materialdan yasalgan jismlar tushirilsa, termometrlar ko‘rsatishi qanday bo‘ladi: Javoblar bo‘yicha yakunida “Solishtirma issiqlik sig‘imi” tushunchasi kiritiladi:
Turli moddalar uchun uning qiymatlari jadvaldan o‘rganiladi. Shundan so‘ng, termodinamikaning birinchi qonunini o‘rganish qiyin bo‘lmaydi:
Sistemaga berilgan issiqlik miqdori sistema ichki energiyasining ortishiga va tashqi kuchlarga qarshi ish bajarishga sarflanadi. Darsni mustahkamlash uchun masala yechib ko‘rsatiladi. Uyga topshiriqlar. 1. Darslikdagi mavzu oxiridagi savollarga javob topish. 2. Issiqlik miqdori va solishtirma issiqlik sig‘imiga doir masala yechish. Download 78.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling