Temperaturaning molekulyar-kinetik ma'nosi. Temperatura jismlarning ichki holatini ifodalaydi, jism esa mofekulalardan tashkil topgan bo'lsa, u holda tabiiy ravishda temperaturaning molekulalar harakati bilan bog'liqligini tasavvur qilish mumkin. Tajribaviy dalillar ham bunday tasavvurlarni tasdiqlaydi. Masalan, diffuziya tezligi temperaturaga bog'liq.
Gaz molekulalarining ilgarilanma harakati o'rtacha kinetik energiyasi va temperaturasi. Jismlar molekulalardan tashkil topganligi, ularning tartibsiz harakati sizga ma'lum. Molekulalarning harakatlanishi tufayli gazning bosimi yuzaga keladi. Agar gazning temperaturasi o'zgarmas bo'lsa, gazning bosimi birlik hajmdagi molekulalar konsentratsiyasiga proporsional bo'ladi, ya'ni:
p~n.
Bundan tashqari, gazning bosimi o'zgarmas hajmdagi gaz konsentratsiyasi va absolyut temperaturasiga proporsional:
p~nT.
Tajribada aniqlangan bu xulosalarni umumlashtirib gazning bosimi uchun quyidagi ifodalarni yozamiz:
p=knT. (1)
bu yerda k — proporsionallik koeffitsiyenti deb yuritiladi. Ideal gaz bosimi uchun molekulyar-kinetik nazariyasining asosiy tenglamasini yozaylik:
(2)
Oxirgi ikki tenglamaning o'ng tomonlarini tenglab, quyidagini hosil qilamiz:
Bundan,
(3)
Absolyut temperatura molekulalar ilgarilanma harakatining o'rtacha kinetik energiyasiga to'g'ri proporsional bo'ladi.
Formuladagi k o'zgarmas koeffitsiyent
bo'lib molekulyar-kinetik nazariyaga katta hissa qo'shgan avstriyalik fizik L. Bolsman
sharafiga Bolsman doimiysi deb ataladi. U quyidagiga teng:
k=l,38066210-23 J/K
Uning fizik ma'nosi: ideal gaz temperaturasi 1K ga o'zgarganda, gaz bitta molekulasiga to'g'ri kelgan energiyaga o'zgarishini bildiradi.
1-masala. 270 C necha K ga teng?
Do'stlaringiz bilan baham: |