Sirt faol moddalar


QATTIQ JISM MUSTAHKAMLIGIGA SIT FAOL MODDALARNING


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana05.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#212023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-Maruza-1

QATTIQ JISM MUSTAHKAMLIGIGA SIT FAOL MODDALARNING 

TA’SIRI. P.A.REBINDER EFFEKTI 

Kо„mir  va  foydali  qazilma  rudalarni  boyitishda  va  briketlashda  shaxtaning 

monodispers  (ya‟ni  о„lchamlari  bir-biriga  yaqin)  bо„lishi  nihoyatda  katta 

ahamiyatga  ega.  Buning  uchun  shaxta  (ruda  yoki  kо„mir)  maydalangandan  keyin 

xilma-xil  qilib  ajratish  kerak  bо„ladi.  Qattiq  jismni  maydalash  uchun  uning 

mustahkamligini  pasaytirishga  tо„g„ri  keladi,  chunki  moddaning  mustahkamligi 

qancha  kichik  bо„lsa,  uni  maydalash  shuncha  oson  bо„ladi.  Yirik  jism 

maydalanganida juda kо„p mayda-mayda zarrachalar hosil bо„lishi sababli umumiy 

sirt  kattalashadi;  binobarin,  maydalanish  hodisasi  yangi  sirtning  paydo  bо„lishi 

bilan.  sodir  bо„ladigan  hodisadir;  demak,  bu  yerda  ham  sirt  hodisalar  katta  rol 

о„ynaydi.  Akademik  P.A.Rebinder  ta‟biriga  muvofiq  «Qattiq  moddaning 

maydalanishi  atrof-muhit  bilan  chegaralangan  yangi  sirtlarning  asta-sekin 

rivojlanishidan  iboratdir»,  «qattiq  jismning  mustahkamligi  о„sha  jismda  sodir 

bо„ladigan  sirt  hodisalarga  bog„liq  hodisadir».  P.A.Rebinder  kо„rsatdiki,  qattiq 



jismning mustahkamligi о‘sha jism sirtida sodir bо‘ladigan adsorbsiya hodisalari 

tufayli  pasayishi  kerak.  Bu  qoida  keyinchalik  Rebinder  effekti  deb  ataladigan 

bо„ldi.  Bu  hodisaning  mohiyati  shundaki,  qattiq  jismga  sirt-aktiv  modda 

adsorbilanganida  qattiq  jism  deformatsiyaga  va  maydalanishga  kо„rsatadigan 

qarshilik ta‟siri, sirt tarangligi kamayadi; shu sababli bu moddani maydalash uchun 

kerak bо„lgan energiya qiymati ham kamayadi. 

 

7.11-rasm.



 

Qattiq jism mustahkamligining 

adsorbsion kamayishi. Rebinder effekti. 

 

Qattiq  moddaning  maydalanishi  mikrodarzlar 



paydo  bо„lishidan  boshlanadi;  bu  darzlarga  tashqi 

muhitdan 

sirt-aktiv 

modda 


yutilishi 

sababli 


maydalanish  nihoyatda  osonlashadi.  Undan  tashqari,  adsorblangan  modda  darzlar 


20 

sirti  bо„ylab  nisbatan  tez  harakatlanib  diffuziyalanadi.  Natijada  qattiq  moddaning 

mustahkamligi juda tez pasayib ketadi. 

Bu hodisa qattiq  modda  mustahkamligining  adsorbsiya  tufayli  pasayishi deb 

ataladi.  Masalan,  tog„  jinslarni  parmalashda  sirt-aktiv  modda  qо„shish  tufayli 

parmalash  tezligini  60%  oshirish  mumkin.  Qattiq  jism  mustahkamligini 

pasaytiruvchi  moddalar  jumlasiga  suvni  ham  kiritsa  bо„ladi.  Suv  ohaktoshning 

qattiqligini 27%, kvarsning qattiqligini 22% pasaytira oladi. 

B.V.Deryagin  va  I.I.Abrikosova  taklif  etgan  nazariyaga  muvofiq,  ikki  qattiq 

jism  sirtlari  orasidagi  yupqa  yoriq  joyga  suyuqlik  kirib  olsa,  ana  shu  suyuqlik 

qavati  «kengaytiruvchi  bosim»  kо„rsatib,  sirtlarni  bir-biridan  ajratishga  harakat 

qiladi.  Ular  о„z  nazariyalarini  qattiq  sirt  orasiga  joylashgan  yupqa  havo  qavati 

misolida  tajribada  isbotladilar.  Hosil  qilingan  natijaga  kо„ra,  bu  bosim  kattaligi 

sirtlar  orasidagi  qavat  kattaligiga  bog„liq  ekanligi  ma‟lum  bо„ldi.  Slyuda 

mineralidagi  plastinkalararo  bо„shliqlarga  suv  berilsa,  slyuda  gidrofil  modda 

bо„lganligi uchun suvni о„ziga tortib oladi; sirtlararo qavatda kengaytiruvchi bosim 

yuzaga chiqqanligi sababli slyuda bо„lagi tezda parchalana boshlaydi. 

Tog„  jinslarini  parmalashda  suvga  turli  qо„shimchalar  aralashtirish  yaxshi 

natijalar  beradi.  Masalan,  kvarsli  alyumosilikatlarni  parmalashda  suvga  Na

+

,  Cl



-

A1



3+

 kabi ionlari bor moddalar qо„shish, karbonat tog„ jinslarni (ohaktosh; mergel) 

parmalashda  esa  Na

+

,  Cl



-

,  SO


4

2-

,  Ca



2+

  kabi  ionlar  bor  moddalar  qо„shish  yaxshi 

natijalar  beradi.  Bu  maqsadlar  uchun  ushbu  kitob  mualliflaridan  biri 

(K.S.Axmedov) rahbarligida yaratilgan polielektrolitlarni ishlatish ham katta foyda 

keltirmoqda. 

Sirt-aktiv  moddalar  kо„mir  va  boshqa  foydali  qazilmalarni  briketlashda  ham 

katta ahamiyatga ega. 


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling