Sirt faol moddalar


 SOLYUBILIZATSIYA JARAYONI


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana05.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#212023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-Maruza-1

 

7.6. SOLYUBILIZATSIYA JARAYONI 

Sirt-aktiv  moddalarning  mitsellalari  bor  suvli  eritmalarining  eng  qiziq  va 

katta  ahamiyatga  ega  bо„lgan  xususiyatlaridan  biri  ularning  suvda  erimaydigan 

uglevodorodlarni (benzol yoki geptan), har xil yog„larni va qattiq moddalarni eritib 

yuborishidadir.  Bunda  bu  moddalarning  molekulalari  mitsellalarning  ichiga  kirib 

ketadi. 


Suvda erimaydigan moddalarning mitsellalar orasiga yutilib, erib ketish 

protsessini solyubilizatsiya yoki kolloidli erish deb ataladi.  

Yutilgan modda – solyubilizat, yutgan modda – solyubilizator, hosil bо„lgan 

tiniq eritma – solyubilizatsiyalangan sistema deb ataladi.  

Solyubilizatsiya  jarayoni  о„z-о„zicha  ketadi,  chunki  bu  sistemaning  Gibbs 

energiyasini kamayishi bilan boradi va termodinamik qaytar , muvozanatli protsess 

hisoblanadi.  Bir  xil  konsentratsiya  va  haroratda  solyubilizatsiya  sistema 

tо„yinguncha  davom  etadi.  Uni  muvozanat  holatiga  keltirish  uchun  sistemaga 

uglevodorod qо„shish kerak yoki tо„yingan eritmani suyultirish mumkin. 



 

7.7-rasm.

 

Solyubilizatsiya jarayonida 

modda molekulalarining mitsellalarning 

ichiga kirib borishi. 

 



12 

Solyubilizatsiyalangan sistemalar termodinamik barqaror bо‘lsa ham ularni 

chin  eritma  deb  bо‘lmaydi.  Ularni  kolloid  sistemalar  deb  ataladi,  chunki 

mitsellalarning  о„lchami  kolloid  sistemalarning  dispersligiga  tо„g„ri  keladi. 

Mitsellyar  eritmalarning  xalq  xо„jaligi,  sanoatda,  tibbiyotda  ahamiyati  juda  katta. 

Masalan, bunday eritmalarning xususiyati biologik membranalarning xususiyatiga 

о„xshab  ketadi  va  bu  membrananing  modeli  desa  ham  bо„ladi.  Biologik 

membranalar  ham  mitsellyar  eritmalarga  о„xshab  organizmdan  har  xil  zaharli 

moddalarni, xolestirinlarni yutib tashqariga chiqarib yuboradi.  

Mitsellyar sistemalar kir yuvuvchi modda sifatida keng qо„llaniladi. Yuvish 

jarayonida,  oldingi  boblarda  aytib  о„tganimizdek,  teskari  mitsellalar  qutbli 

zaryadga  ega  bо„lgan  nurlarni  о„ziga  solyubilizatsiya  qiladi,  tо„g„ri  mitsellyarlar 

esa  yog„dan  (uglevodorodlardan)  hosil  bо„lgan  nurlarni  yutadi.  Kir  yuvish 

protsessi  mana  shu  prinsipga  asoslangan.  Farmatsiyada  esa  solyubilizatsiya 

yordamida  suvda  erimaydigan  moddalardan  suvda  eriydigan  moddalar  olishda 

foydalaniladi. Shu yо„l bilan vitamin va E - lar olinadi.

 

Bu holda adsorbsiya uchun quyidagi formulaga asoslaniladi: 



1

k C

G

G

kC

 



                                           

 

(7.2) 



Sirt-aktiv  moddaning  konsentratsiyasi  nihoyatda  kichik  bо„lgan  sohalarda 

adsorbilanish Genri qonuniga muvofiq ravishda sodir bо„ladi. Moddaning suyuqlik 

sirtidagi  konsentratsiyasi  uning  hajmiy  konsentratsiyasidan  bir  necha  marta  ortiq 

bо„ladi. 

Bu  holda  Gibbs  tenglamasi 

d

G

RT

dC

C



  yoki  g=ART  shaklida  yoziladi  (bu 

yerda 

d

g

dC



 

 



G

A

S



.  Sirt-aktiv  moddalar  (masalan,  yuvish  vositalari, 

sovunlar)  suvning  sirt  tarangligini  73  erg/sm

2

dan  27-30  erg/sm



2

ga  qadar 

kamaytiradi  (bunda  sirt-aktiv  modda  konsentratsiyasi 

6

10



C



  mol/sm

3

 



atrofida 

bо„ladi). 




13 

Sovun hamda kir yuvishda ishlatiladigan moddalarning eritmalari shuningdek, 

ba‟zi bо„yoq va tannidlarning eritmalari yarim kolloidlar jumlasiga kiradi. Yarim 

kolloidlarning asosiy xususiyati shundaki, bu sistemalar kо„p suyultirilganida chin 

eritma  xossalariga  ega  bо„lib  qoladi;  lekin  moddaning  konsentratsiyasi  ortib, 

harorat  pasaysa,  eritmada  mitsellalar  hosil  bо„ladi,  ya‟ni  kolloid  eritmaga  о„tadi. 

Bu  mitsellalar  «qaytar  mitsellalardir»,  chunki  eritma  suyultirilsa  yoki  harorat 

oshirilsa, yana chin (molekulali) eritma hosil bо„laveradi. 

Yarim  kolloidlar  shunday  kо„p  komponentli  sistemalarki,  ulardagi  dispers 

faza  moddasi:  molekulali  eritma  ↔  kolloid  eritma  ↔  gel  muvozanat  holatida 

turadi. 

Demak, yarim kolloidlarni aralash eritmalar deb tushunish kerak: dispers faza 

moddasining  molekulalari  bir  tomondan  ionlar  bilan  muvozanatda  bо„lsa,  ikinchi 

tomondan  kolloid  zarrachalar  bilan  muvozanatdadir.  Shuning  uchun  yarim 

kolloidlar chin eritmalar bilan kolloid eritmalar о„rtasidagi oraliq holatni egallaydi. 

Yarim  kolloidlarda  erigan  modda  molekulalaridan  mitsellalarning  hosil 

bо„lish  sababi  shundaki,  molekula  tarkibidagi  qutbsiz  radikallar  (masalan, 

uglevodorod radikallari) о„zaro molekulali tutinish kuchlari orqali birikadi, chunki 

qutbsiz  radikallarning  bir-biriga  tortilish  kuchi  ularning  suvga  tortilish  kuchidan 

ortiqdir. Shunday qilib, yarim kolloid mitsellalarning yadrolari uglevodorodlardan 

hosil  bо„ladi.  Bu  yadrolar  о„ziga  uglevodorod  radikallari  va  suvda  oz  eruvchan 

yoki  erimaydigan  moddalarning  qutbli  gruppalarini  ham  tortib  oladi.  Shu  tariqa 

hosil bо„lgan kolloid zarrachalarning tashqi sirti qutbli va gidrofil gruppalar bilan 

qoplanadi.  Bu  gruppalar  suvda  gidratlanib,  mitsellalarning  о„z-о„zicha  hosil 

bо„lishini ta‟minlaydi. 

Yarim  kolloidlarda  ionlar,  molekulalar  va  turli  disperslik  darajasiga  ega 

mitsellalar borligi uchun ular polidispers sistemalar hisoblanadi. 

Kо„pchilik  yarim  kolloidlar  elektrolitlar  bо„lib,  ular  yakka  ionlarga  va 

assotsilangan  (murakkab)  ionlarga  ajrala  oladi.  Agar  yarim  kolloidlarning 

assotsilangan  ioni  anion  bо„lsa,  bunday  yarim  kolloid  anion-aktiv  yarim  kolloid 

deyiladi;  agar  assotsilangan  ion  kation  bо„lsa,  u  holda,  kation-aktiv  yarim 



14 

kolloidga  ega  bо„lamiz.  Masalan,  sovun  eritmasi  anion-aktiv  yarim  kolloid, 

alkaloidlarning  eritmalari  esa  kation-aktiv  yarim  kolloidlardir.  Yarim  kolloidlar 

nihoyatda yaxshi emulgatorlar hisoblanadi. 

Chin eritma bilan kolloid eritma oralig„ida bо„lgan sistemalar uzoq vaqtlarga 

qadar yarim kolloidlar degan nom bilan atalib keldi. «Yarimkolloid» termini bilan 

bir  qatorda  yana  «semikolloid»  termini  ham  uchrab  turar  edi.  Lekin  endilikda  bu 

terminlar о„rniga «liofil sistema», «mitsellyar eritma», «mitsella hosil qiluvchi sirt-

aktiv moddalar» degan terminlar qо„llanilmoqda. Bu sistemalar haqiqatan ham о„z 

xossalari  jihatidan  haqiqiy  eritma  bilan  kolloid  eritma  orasidagi  vaziyatni 

egallaydi.  Bunday  sistemalarda  modda  sharoitga  qarab  ba‟zan  haqiqiy  eritma 

holatida, ba‟zan esa kolloid eritma holatida bо„ladi. Buning sababi shundaki, ayni 

erituvchi ichida ion, molekula holatidagi eruvchi modda zarrachalari bilan kolloid 

holatdagi modda zarrachalari orasida muvozanat qaror topadi. Uning holati harorat 

о„zgarishi  bilan  о„zgaradi.  Bunday  sistemalar  jumlasiga  turli  sovun  eritmalari, 

oshlovchi  moddalar  (tanninlar),  alkaloidlar  va  boshqa  moddalarning  eritmalari 

kiradi.  Bu  moddalar  tarkibida  qutbsiz  radikal  ham  (masalan,  uglevodorod 

zanjirlari), qutbli funksional gruppa ham bо„ladi. 

Bunday  sistemalar  foydali  qazilmalarni  boyitishda  muhim  ahamiyatga  ega. 

Pulpaga  ana  shunday  sistemalar  qо„shilganida  flotatsion  reagentning  ruda  sirtiga 

ardsorblanishi yaxshilanadi. 

«Sovunlar»  deganda  ilgari  faqat  tо„yingan  organik  kislotalarning  ishqoriy 

metallar  bilan  hosil  qilgan  tuzlari  tushunilar  va  ular  kir  yuvish  vositasi  sifatida 

qaralar  edi.  Lekin  tez  fursatda  faqat  sovunlargina  emas,  balki  sulfokislotalarning 

tuzlari  C

n

H



2n+1

SO

3



Me  ham  kir  yuvish  vositalari  ekanligi  aniqlandi.  P.A.Rebinder 

taklifiga ko„ra  yetarli  darajada  uzunlikka ega bо„lgan  uglevodorod  zanjirli  hamda 

gidrofil kutbli funksional gruppaga ega bо„lgan sirt-aktiv moddalarni ham sovunlar 

va  umuman  yuvish  vositalari  jumlasiga  kiritish  mumkin.  Sovun  eritmalari 

(umuman,  yuvish  vositalari)  dispers  sistemalar  uchun  stabilizatorlik  vazifasini 

bajaradi. 




15 

P.A.Rebinder fikricha, sovunning kir yuvish ta‟siri bir qator kolloid-kimyoviy 

jarayonlar natijasidir, chunonchi, kirning namlanib ivishi, peptizatsiyaga uchrashi, 

emulsiya  holatiga  о„tishi  va  stabillanishi  kabi  bosqichlardan  iborat.  Yuviluvchi 

modda  sirti  -  kir  yuvish  vositasi  orasidagi  о„zaro  ta‟sir  intensivligining  oshishiga 

chayqatish, aralashtirish, isitish kabi tadbirlar yordam beradi. Bu ta‟sirlar natijasida 

kо„pik  hajmi  ortib,  uning  о„zi  mustahkamlanadi  va  kirning  yuvilgan  sirtga  qayta 

yopishishi qiyinlashadi. 

Sovun  eritmalari  deyarli  oson  qaytariluvchi  eritmalar  jumlasiga  kiradi.  Agar 

bu  eritma  suyultirilsa  mitsellalar  yemirilib,  sovun  molekulalari  holiga  qaytadi. 

Sovun  molekulalari  difil  (ikki  qutbdan  iborat)  sirt-aktiv  moddalar  bо„lganligi 

uchun  ular  dispers  faza  sirtiga  adsorbilana  oladi;  buning  natijasida  yoppa 

mitsellyar  qavatlar  hosil  bо„lishi  mumkin.  Demak,  sovun  eritmasi  kolloid  va 

dispers sistemalar ishtirok etgan muhitda о„z barqarorligini oshiradi: koalessensiya 

va koagulyatsiyalarning amalga oshishi qiyinlashadi. 

Sovun  eritmalari  ta‟sirida  uglevodorodlarning  suvda  eruvchanligi  ancha 

ortadi, chunki bu vaqtda sovun molekulalari bilan uglevodorod molekulalari о„zaro 

tortishuv  kuchlar  ta‟sirida  bir-biri  bilan  birikib,  yirik  assotsiatlar  hosil  qiladi. 

Sovun  molekulasidagi  qutbli  ionogen gruppalar  suv  tomon  yо„nalib,  uglevodorod 

gruppalar  bir-biri  bilan  birlashadi,  natijada  mitsellalar  hosil  bо„ladi;  ionogen 

gruppalar ana shu mitsellalar tomonidan adsorblanib, uglevodorod zvenolar orasiga 

о„rnashadi  va  sistemani  barqaror  holatga  keltiradi.  Bu  yerda  solyubilizatsiya 



jarayoni sodir bо„ladi.  

Foydali  qazilma  rudalarini  boyitishda,  sun‟iy  charm,  kleyonka,  rezina  va 

boshqa  materiallar  tayyorlash  uchun  zaruriy  reagentlar  tanlashda  solyubilizatsiya 

hodisasiga katta e‟tibor berishga tо„g„ri keladi. 




Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling