Sirt faol moddalar


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana05.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#212023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-Maruza-1

– sathda; 

2  va  3  –  chin  va  kolloid  eritma 

kо‘rinishida; 

4 – uglevodorodli yadro; 

5 – qutblangan ionli guruhlar. 

 

Kolloid  SAM  suyultirilgan  eritmalarida  suyuqlik  sirtida  adsorbsiyalanib, 



uning  sirt  tarangligini  kamaytirish  bilan  birga  ma‟lum  bir  konsentratsiyadan 

boshlab  (MHKK  –  mitsella  hosil  qilish  kritik  konsentratsiyasi)  molekulalar 

agregati – mitsellalar hosil qila boshlaydi.  

Kolloid  SAM  ning  eritmalarida  mitsella  hosil  bо„lishi  uchun  zarur  bо„lgan 

eng  kichik  konsentratsiyasi  uning  mitsella  hosil  qilish  kritik  konsentratsiyasi 

(MXKK) deb ataladi.  

Suyultirilgan  SAM  molekulalarini  mitsella  hosil  qilish  mexanizmini 

quyidagicha tasvirlash mumkin: 






Mitsella  hosil  bо‘lishi  о‘z-о‘zidan  sodir  bо‘ladigan  va  qaytar  jarayon 

hisoblanadi.  Konsentratsiya  va  haroratning  о„zgarishi  sistema  muvozanatini 

siljitadi: 

Chin eritma ↔ mitsellyar (kolloid) eritma ↔ gel  

                    S↓                                         S↑  

               T↑                                         T↓ 

Suvli  eritmalarda  SAM  molekulasidagi  gidrofob  ta‟sirlashuv  –  difil 



molekulalarni  gidrofob  qismlari  suvdan  qochishi,  mitsella  hosil  bо„lishiga  sabab 

bо„ladi. Xosil bо„layotgan mitsellalar shakli eritma konsentratsiyasiga bog„liq.  



 

7.4-rasm.

 

Kolloid SAM mitsellasining hosil bо‘lishi: 

a) past konsentratsiya; b) о‘rta konsentratsiya; v,e,d) yuqori konsentratsiya. 

Sirt faol moddaning mitsellyarli dispersiyasida kolloid dispersli sistemalarga 

hos  bо„lgan  nur  yoyilishi,  yuqori  qovushqoqlik  va  shunga  о„xshash  xossalarini 

namoyon  qiladi.  Mitsella  hosil  qilish  qobiliyati  barcha  SAMlarda  ham 

kuzatilmaydi.  Bunday  hususiyat  faqat  girofob  (uglevodorod  radikali)  va  gidrofil 

(qutubli  guruh)  qismlari  nisbatiga  bog„liq  bо„lib,  uning  qiymati  gidrofil-lipofil 

balans orqali ifodalanadi.  

Mitsella  hosil  qiluvchi  SAMga  gidrofob  zanjir  uzunligi  S

12-20 

bо„lgan 


organik  kislotalarning  natriyli,  kaliyli  yoki  ammoniy  tuzlari,  alkilsulfatlar, 

alkilbezosulfanatlar  kabi  boshqa  sun‟iy  ionogen  va  noionogen  moddalar  kiradi. 

Chin  eruvchanlik,  ya‟ni  suvdagi  eritmada  yoki  ion  holatda  bо„lganda  moddaning 

muvozanot  konsentratsiyasi  bunday  SAMlar  uchun  yuqori  bо„lmay,  va  ionogen 




SAM  uchun  0,01-0,001mol/l  ni  tashkil  etadi.  Noionogen  SAM  moddalar  uchun 

bundan о„n yoki yuz barobar kichik bо„lishi mumkin.  

SAMning  eritmalarida  mitsellyar  sistema  hosil  bо„lishiga  moyillik  uning 

molekulalaridagi  qutubli  guruhlarni  gidrofob  qismidagi  uglevodorod  zanjirlarini 

suv  bilan  tutashishni  ekranlash  qobiliyatiga  bog„liq  bо„ladi.  Bunday  qobiliyati 

qutubli  guruhning  о„lchamiga,  tabiatiga  (ionogen  yoki  noionogen),  erituvchi 

molekulalari  bilan  ta‟sirlanishiga  (gidratlanishiga)  bog„liq  bо„ladi.  SAM 

molekulalaring assosatsiyalanishi kamayishi bilan hosil bо„ladigan mitsellalarning 

о„lchami  ham  kichiklashadi,  shu  bilan  birga  eritma  va  mitsellaning  chegara 

sirtidagi  modda  molekulalarining  soni  ham  ortadi.  Natijada  qutubli  guruhlarning 

molekuladagi uglevodorod zanjirlarini ekranlashi kamayadi. 

Suvsiz  eritmalarda  –  molekulalarning  qutbli  qismlarini  ta‟sirlashishi 

natijasida teskari mitsella hosil bо„ladi, natijada sirt-aktiv modda molekulalarining 

gidrofob qismlari erituvchiga qaragan bо„ladi. 

Mitsella  xosil  bо„lishining  kritik  konsentratsiyasi 

juda  katta  ahamiyatga  ega,  uning  qiymatiga  qarab 

eritmaning xossalari о„zgarib boraveradi.  

MXKKga  har  xil  faktorlar  ta‟sir  qiladi.  Masalan, 

sirt-aktiv  moddaning  molekulyar  massasi  oshishi  bilan 

MXQKK  qiymati  kamayib  boradi  va  sirt  aktivlikka  teskari  proporsional  bо„ladi. 

MXKK 1


G

m



 

Sirt-aktiv moddalarning eritmalariga noorganik tuzlarni qо„shish yо„li bilan 

MXKK  ni  о„zgartirish  mumkin.  Ionogen  sirt-aktiv  moddalarning  eritmalariga 

noorganik  tuzlarning  qо„shilishi  MXQKKni  keskin  pasaytiradi.  Pasayishi 

qо„shilgan  noorganik  tuzlarning  gidratlanish  qobiliyatiga  qarab  quyidagi  qatorni 

hosil qiladi: 

Li



 



 Na


 



 NH

4



 

 



 



Noionogen  sirt-aktiv  moddalar  uchun  qо„shilayotgan  noorganik  tuzlarning 

ta’siri kamroq bо„ladi. 


10 

Kо„pgina  organik  moddalar  ham  MXQKKga  ta‟sir  qiladi.  Yuqori 

molekulaga ega bо„lgan spirtlar MXQKKni kamaytiradi.  

Mitsella hosil bo„lishining kritik konsentratsiyasi juda katta ahamiyatga ega, 

uning qiymatiga qarab eritmaning xossalari o„zgarib boraveradi. 


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling