Sirt faol moddalar
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
7-Maruza-1
1 MA’RUZA-7. SIRT FAOL MODDALAR Akademik P.A.Rebinder suyultirilgan eritmalar uchun Gibbs taklif qilgan tenglama:
dagi
d dC ni «sirt-aktivlik» deb ataganini yuqorida aytib о„tdik. Bu tenglamadagi G- solishtirma adsorbsiya (moddaning sirtdagi konsentratsiyasi uning hajmiy konsentratsiyasidan qancha ortiq ekanligini kо„rsatadi); u «ortiqcha miqdor» deb ham, «gibbs adsorbsiyasi» deb ham ataladi: C – moddaning hajmiy konsentratsiyasi. d dC ni aniqlash uchun avval abssissalar о„qiga C ni, ordinatalar о„qiga σ ni qо„yib, σ =
f( C)
chiziqqa izotermaning boshlanish nuqtasidan urinma о„tkazib, uni C о„qiga qadar yetkaziladi; shundan keyin urinma bilan C-о„qi orasidagi burchak tangensi olinadi; d g tg dC (7.1) bu yerda g – sirt-aktivlik. Manfiy d dC ga ega bо„lgan moddalarning eritmalari uchun G musbat qiymatga ega. Agar
>0 bо„lsa, modda sirt noaktiv hisoblanadi.
Keng ma‟noda qaraganda barcha organik moddalarni ham sirt-aktiv moddalar jumlasiga kiritishga tо„g„ri keladi, chunki har qanday organik moddani olmaylik, 2 uning sirt tarangligi suvning sirt tarangligidan kichik, ular suvga nisbatan sirt- aktivlik kо„rsatadi. Lekin qattiq jismlarning sirt tarangligi suvning sirt tarangligidan ancha katta; demak, suv qattiq moddaga nisbatan sirt-aktivlik namoyon qilishi kerak. Bundan kо„ramizki, suv fazalar chegarasining xarakteriga qarab, ba‟zan sirt-noaktiv, ba‟zan sirt-aktiv modda bо„lishi mumkin. Lekin «sirt-aktiv modda» degan tushuncha bu kabi keng ma‟noda ishlatilmaydi. U maxsus, ancha tor ma‟noda ishlatiladi. Umum tomonidan qabul qilingan ta‟rifga kо„ra, sirt-aktiv modda molekulalari difil ravishda tuzilgan hamda ancha katta sirt aktivlikka ega bо„lgan organik birikmadan iboratdir. Bunday modda molekulasining bir qismi suvga nisbatan kattaroq moyillik namoyon qildi; bu qismini gidrofil gruppa tashkil etadi; ikkinchi qismi uglevodorod radikali bо„lib, u gidrofob gruppadan iborat. Spirt, fenol, karbon kislota va ularni ishqoriy metallar bilan hosil qilgan tuzlari, aminlar, sulfokislotalar va ularni ishqoriy metallar bilan hosil qilgan tuzlari va boshqa xil organik birikmalar ana shunday difil molekulalardan tuzilgan. Ularning tarkibidagi -OH, - NH 2 , -COOH (karboksil gruppa), -SO 3 H (sulfogruppa) va hokazolar qutbli gruppalarni tashkil qiladi. Sirt- aktiv moddalar asimmetrik tuzilishga ega; shuning uchun ham ular suv-havo (suv- bug„), suv-uglevodorod (suv-yog„), suv-qattiq jism kabi sirtlarga adsorbilanadi. Sirt-aktiv moddalarni molekulalarini O––– shaklida (yoki O~~~. shaklda) belgilash mumkin; bu shaklning doira qismi qutbli gruppalarni, tо„g„ri chiziq qismi esa uglevodorod radikallarini bildiradi. Suv molekulalari orasidagi kogeziya kuchlari bu moddalarning suvdagi eritmalaridan ularning uglevodorod gruppalarini ikki faza orasidagi chegara sirtga yо„naltiradi.
-rasm. Sirt aktiv modda molekulasining adsobsion qavati: 1- suyuq plyonkada; 2- gaz muhit (3) chegarasida. Molekulaning gidrofil qismi suvda, gidrofob qismi qutbsiz fazada bо„lganida izobar potensial minimal (∆G ˂ 0) qiymatga ega bо„ladi.
3 Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling