Sirt faol moddalar
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
7-Maruza-1
1 – sathda;
2 va 3 – chin va kolloid eritma kо‘rinishida; 4 – uglevodorodli yadro; 5 – qutblangan ionli guruhlar.
Kolloid SAM suyultirilgan eritmalarida suyuqlik sirtida adsorbsiyalanib, uning sirt tarangligini kamaytirish bilan birga ma‟lum bir konsentratsiyadan boshlab (MHKK – mitsella hosil qilish kritik konsentratsiyasi) molekulalar agregati – mitsellalar hosil qila boshlaydi. Kolloid SAM ning eritmalarida mitsella hosil bо„lishi uchun zarur bо„lgan eng kichik konsentratsiyasi uning mitsella hosil qilish kritik konsentratsiyasi (MXKK) deb ataladi. Suyultirilgan SAM molekulalarini mitsella hosil qilish mexanizmini quyidagicha tasvirlash mumkin: 8 Mitsella hosil bо‘lishi о‘z-о‘zidan sodir bо‘ladigan va qaytar jarayon hisoblanadi. Konsentratsiya va haroratning о„zgarishi sistema muvozanatini siljitadi: Chin eritma ↔ mitsellyar (kolloid) eritma ↔ gel S↓ S↑ T↑ T↓ Suvli eritmalarda SAM molekulasidagi gidrofob ta‟sirlashuv – difil molekulalarni gidrofob qismlari suvdan qochishi, mitsella hosil bо„lishiga sabab bо„ladi. Xosil bо„layotgan mitsellalar shakli eritma konsentratsiyasiga bog„liq. 7.4-rasm. Kolloid SAM mitsellasining hosil bо‘lishi: a) past konsentratsiya; b) о‘rta konsentratsiya; v,e,d) yuqori konsentratsiya. Sirt faol moddaning mitsellyarli dispersiyasida kolloid dispersli sistemalarga hos bо„lgan nur yoyilishi, yuqori qovushqoqlik va shunga о„xshash xossalarini namoyon qiladi. Mitsella hosil qilish qobiliyati barcha SAMlarda ham kuzatilmaydi. Bunday hususiyat faqat girofob (uglevodorod radikali) va gidrofil (qutubli guruh) qismlari nisbatiga bog„liq bо„lib, uning qiymati gidrofil-lipofil balans orqali ifodalanadi. Mitsella hosil qiluvchi SAMga gidrofob zanjir uzunligi S 12-20 bо„lgan
organik kislotalarning natriyli, kaliyli yoki ammoniy tuzlari, alkilsulfatlar, alkilbezosulfanatlar kabi boshqa sun‟iy ionogen va noionogen moddalar kiradi. Chin eruvchanlik, ya‟ni suvdagi eritmada yoki ion holatda bо„lganda moddaning muvozanot konsentratsiyasi bunday SAMlar uchun yuqori bо„lmay, va ionogen 9 SAM uchun 0,01-0,001mol/l ni tashkil etadi. Noionogen SAM moddalar uchun bundan о„n yoki yuz barobar kichik bо„lishi mumkin. SAMning eritmalarida mitsellyar sistema hosil bо„lishiga moyillik uning molekulalaridagi qutubli guruhlarni gidrofob qismidagi uglevodorod zanjirlarini suv bilan tutashishni ekranlash qobiliyatiga bog„liq bо„ladi. Bunday qobiliyati qutubli guruhning о„lchamiga, tabiatiga (ionogen yoki noionogen), erituvchi molekulalari bilan ta‟sirlanishiga (gidratlanishiga) bog„liq bо„ladi. SAM molekulalaring assosatsiyalanishi kamayishi bilan hosil bо„ladigan mitsellalarning о„lchami ham kichiklashadi, shu bilan birga eritma va mitsellaning chegara sirtidagi modda molekulalarining soni ham ortadi. Natijada qutubli guruhlarning molekuladagi uglevodorod zanjirlarini ekranlashi kamayadi. Suvsiz eritmalarda – molekulalarning qutbli qismlarini ta‟sirlashishi natijasida teskari mitsella hosil bо„ladi, natijada sirt-aktiv modda molekulalarining gidrofob qismlari erituvchiga qaragan bо„ladi. Mitsella xosil bо„lishining kritik konsentratsiyasi juda katta ahamiyatga ega, uning qiymatiga qarab eritmaning xossalari о„zgarib boraveradi. MXKKga har xil faktorlar ta‟sir qiladi. Masalan, sirt-aktiv moddaning molekulyar massasi oshishi bilan MXQKK qiymati kamayib boradi va sirt aktivlikka teskari proporsional bо„ladi. MXKK 1
G m Sirt-aktiv moddalarning eritmalariga noorganik tuzlarni qо„shish yо„li bilan MXKK ni о„zgartirish mumkin. Ionogen sirt-aktiv moddalarning eritmalariga noorganik tuzlarning qо„shilishi MXQKKni keskin pasaytiradi. Pasayishi qо„shilgan noorganik tuzlarning gidratlanish qobiliyatiga qarab quyidagi qatorni hosil qiladi: Li
Na
NH 4
Noionogen sirt-aktiv moddalar uchun qо„shilayotgan noorganik tuzlarning ta’siri kamroq bо„ladi. 10 Kо„pgina organik moddalar ham MXQKKga ta‟sir qiladi. Yuqori molekulaga ega bо„lgan spirtlar MXQKKni kamaytiradi. Mitsella hosil bo„lishining kritik konsentratsiyasi juda katta ahamiyatga ega, uning qiymatiga qarab eritmaning xossalari o„zgarib boraveradi.
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling