Sirt faol moddalar
QATTIQ JISM MUSTAHKAMLIGIGA SIT FAOL MODDALARNING
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
7-Maruza-1
QATTIQ JISM MUSTAHKAMLIGIGA SIT FAOL MODDALARNING
TA’SIRI. P.A.REBINDER EFFEKTI Kо„mir va foydali qazilma rudalarni boyitishda va briketlashda shaxtaning monodispers (ya‟ni о„lchamlari bir-biriga yaqin) bо„lishi nihoyatda katta ahamiyatga ega. Buning uchun shaxta (ruda yoki kо„mir) maydalangandan keyin xilma-xil qilib ajratish kerak bо„ladi. Qattiq jismni maydalash uchun uning mustahkamligini pasaytirishga tо„g„ri keladi, chunki moddaning mustahkamligi qancha kichik bо„lsa, uni maydalash shuncha oson bо„ladi. Yirik jism maydalanganida juda kо„p mayda-mayda zarrachalar hosil bо„lishi sababli umumiy sirt kattalashadi; binobarin, maydalanish hodisasi yangi sirtning paydo bо„lishi bilan. sodir bо„ladigan hodisadir; demak, bu yerda ham sirt hodisalar katta rol о„ynaydi. Akademik P.A.Rebinder ta‟biriga muvofiq «Qattiq moddaning maydalanishi atrof-muhit bilan chegaralangan yangi sirtlarning asta-sekin rivojlanishidan iboratdir», «qattiq jismning mustahkamligi о„sha jismda sodir bо„ladigan sirt hodisalarga bog„liq hodisadir». P.A.Rebinder kо„rsatdiki, qattiq jismning mustahkamligi о‘sha jism sirtida sodir bо‘ladigan adsorbsiya hodisalari tufayli pasayishi kerak. Bu qoida keyinchalik Rebinder effekti deb ataladigan bо„ldi. Bu hodisaning mohiyati shundaki, qattiq jismga sirt-aktiv modda adsorbilanganida qattiq jism deformatsiyaga va maydalanishga kо„rsatadigan qarshilik ta‟siri, sirt tarangligi kamayadi; shu sababli bu moddani maydalash uchun kerak bо„lgan energiya qiymati ham kamayadi.
Qattiq jism mustahkamligining adsorbsion kamayishi. Rebinder effekti.
Qattiq moddaning maydalanishi mikrodarzlar paydo bо„lishidan boshlanadi; bu darzlarga tashqi muhitdan sirt-aktiv modda
yutilishi sababli
maydalanish nihoyatda osonlashadi. Undan tashqari, adsorblangan modda darzlar 20 sirti bо„ylab nisbatan tez harakatlanib diffuziyalanadi. Natijada qattiq moddaning mustahkamligi juda tez pasayib ketadi. Bu hodisa qattiq modda mustahkamligining adsorbsiya tufayli pasayishi deb ataladi. Masalan, tog„ jinslarni parmalashda sirt-aktiv modda qо„shish tufayli parmalash tezligini 60% oshirish mumkin. Qattiq jism mustahkamligini pasaytiruvchi moddalar jumlasiga suvni ham kiritsa bо„ladi. Suv ohaktoshning qattiqligini 27%, kvarsning qattiqligini 22% pasaytira oladi. B.V.Deryagin va I.I.Abrikosova taklif etgan nazariyaga muvofiq, ikki qattiq jism sirtlari orasidagi yupqa yoriq joyga suyuqlik kirib olsa, ana shu suyuqlik qavati «kengaytiruvchi bosim» kо„rsatib, sirtlarni bir-biridan ajratishga harakat qiladi. Ular о„z nazariyalarini qattiq sirt orasiga joylashgan yupqa havo qavati misolida tajribada isbotladilar. Hosil qilingan natijaga kо„ra, bu bosim kattaligi sirtlar orasidagi qavat kattaligiga bog„liq ekanligi ma‟lum bо„ldi. Slyuda mineralidagi plastinkalararo bо„shliqlarga suv berilsa, slyuda gidrofil modda bо„lganligi uchun suvni о„ziga tortib oladi; sirtlararo qavatda kengaytiruvchi bosim yuzaga chiqqanligi sababli slyuda bо„lagi tezda parchalana boshlaydi. Tog„ jinslarini parmalashda suvga turli qо„shimchalar aralashtirish yaxshi natijalar beradi. Masalan, kvarsli alyumosilikatlarni parmalashda suvga Na + , Cl - , A1 3+ kabi ionlari bor moddalar qо„shish, karbonat tog„ jinslarni (ohaktosh; mergel) parmalashda esa Na + , Cl - , SO
4 2- , Ca 2+ kabi ionlar bor moddalar qо„shish yaxshi natijalar beradi. Bu maqsadlar uchun ushbu kitob mualliflaridan biri (K.S.Axmedov) rahbarligida yaratilgan polielektrolitlarni ishlatish ham katta foyda keltirmoqda. Sirt-aktiv moddalar kо„mir va boshqa foydali qazilmalarni briketlashda ham katta ahamiyatga ega.
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling