Sirtdan qaraganda, bunday shaxslar obrazidan tip yaratish osondek tuyuladi
Download 31.25 Kb.
|
Sahnaviy asarlarda Obraz va obrazlilik
Obraz-personaj — xarakter-tip. Ma’lumki, adabiyotshunosligimizda qo‘llanilayotgan “ obraz” , “personaj”, “xarakter” va “tip” atamalari anglatadigan tushunchalar bir-biri bilan uzviy bog‘liq — ular adabiy asarda ishtirok etuvchi odamlar tasvirini anglatadi, lekin, ayni chog‘da, ularni aynan bir narsa deb tushunmaslik kerak. Chunki ularni bir-biridan ajratib turadigan ba’zi farqlar ham bor. “Obraz” deganda asarda qattnashuvchi barcha odamlar hayoti tasviri (asar syujetida har xil “yuk” tashuvchi shaxslar — bosh
qahramon, asosiy obraz, epizodik obraz anglashiladi). Asarda iroda yunalishi va individual ruhiy xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turuvchi, asar syujetida “katta yuk” tashuvchi shaxslargina xarakter bo‘lsa, ijtimoiy guruh yohud sinfning muxim xususiyatlarini ifodalovchi — davrning katta umumlashmasi bo‘la oladigan xarakter adabiy tip deb yuritiladi. Og‘zaki va yozma nutkda “personaj” va “obraz” atamalari bir-birning sinonimi sifatida ham qo‘llanilaveradi. Masalaga shu jihatdan qaraganda, “Zaynab va Omon” poemasidagi Zaynabning dugonalari — Adol, Asal, Sora, Surma, Ruxsora, Gulnor, Kunduz, Suqsur, Nuri — epizodik obraz (personaj)lar; Zaynab, Omon, Anor xola, Sobir, Xuri — xarakterlar; Zaynab va Anor xola — adabiy tipdir. Ayni chog‘da, poemada berilgan kishilar tasviri (Adol, Asal, Sora, Surma, Ruxsora, Sarvi, Gulnor, Kunduz, Suhsur, Nuri, Zaynab, Omon, Xuri, Sobir, Anor xola) obrazlar yoxud personajlar deb yuritilaveradi. Badiiy adabiyotda obrazga nisbatan xarakter muhim adamiyat kasb etadi. Yozuvchi xarakterlar tasviri orkali voqealikni aks etgiradi. Bu — hayotni estetik o‘zlashtirishning asosiy usulidir. Xarakter (yun. Charakter — xususiyat, belgi) — ma’lum ijtimoiy faoliyat tipi. Xarakter, L.I.Timofeev aytganidek, obrazning yadrosi. Xarakter, birinchi navbatda, konkret hayotiy sharoitda o‘z individual xatti-xarakatlari va ruhiy kechinmalari bilan namoyon bo‘ladigan insonning aniq, tasviri. Umuman aytganda, kahramonning muhim xususiyatlarini aniqlaydigan asosiy belgilar majmui xarakter deb yuritiladi (PA.Abramovich). Nazariy adabiyotlarda Download 31.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling