Sirtqi fakultet “menejment va marketing” kafedrasi


Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasining istiqboldagi rivojlanish yo’nalishlari


Download 110.29 Kb.
bet7/10
Sana18.06.2023
Hajmi110.29 Kb.
#1568605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ижтимоий муносабатлар курс иши

4. Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasining istiqboldagi rivojlanish yo’nalishlari
Bugungi kunda boshqarma issiqlik tizimini inqirozdan chiqarish va rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan reja va takliflari quyidagicha:

    • Mavjud qozonxonalar va issiqlik quvurlari quvvatlarini (715,3 Gkal/soat) rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish yo'li bilan iste'molchilar xaqiqiy iste'mol miqdoriga (336,6 Gkal/soat) tenglashtirish. Yonilg'i energetik resurslarni tejash bilan birga daromadlar o'sishiga olib keladi.

    • Mavjud (foydali ish koefitsenti past) qozonlar va qozonlarni yordamchi uskunalarini zamonaviy bugungi kun talabiga javob beradigan energiya tejamkor qozonlarga almashtirish. Yoqilg'i energetika resurslari tejaladi.

    • Markazlashgan issiqlik tizimiga ulangan (issiqlik olmayotgan) uy ichki isitish tizimlarini ta'mirlash. Iste'molchilarni to'liq issiqlik energiyasi bilan ta'minlash va daromadlarini o'sishini ta'minlaydi.

    • Aholi iste'molchilarga yetkazib berilayotgan issiqlik energiyasi uchun to'lovlarni xisoblash ishlarini 12 oy davomida emas balki 5 oy mobaynida amalga oshirish. Yoqilg'i energetika resurslari ta'minotchilari bilan o'z vaqtida xisob-kitob ishlarini amalga oshirish va daromadlar qiymatini saqlab qolishga erishiladi.

    • Issiqlik va issiq suv uchun tariflarni hisoblash va tasdiqlash ishlari haqiqiy sarf xarajatlar asosida amalga oshirish. Daromadlarni to'liq shakllantirishga erishiladi.

    • Aholi iste'molchilari tomonidan issiqlik energiyasini o'rnatilgan normadan ortiq iste'moli uchun ishlab chiqarish bilan bog'liq xarajatlarni davlat byudjetidan qoplab berilishini tiklash. “Issiqlik manbai” korxonalarining daromadlari to'liq shakllantiradi.

    • Issiqlik tizimini texnik soz xolatga keltirish borasida mukammal ta'mirlash ishlarini amalga oshirish uchun ajratilayotgan mablag'lar miqdorini talab doirasida ajratilishi (masalan: 2018 yil uchun bor yo'g'i 1 134,4 mln so'm ajratilgan bo'lib, shundan TashOPUga 731,4 mln so'm, Angrenga 196,2 mln so'm va Chirchiqga 206,8 mln so'm). Tizimni texnik xolatini tiklash va to'liq xizmatlar ko'rsatishga shart-sharoit yaratiladi.

    • “Issiqlik manbai” korxonalarini keraklik mashina mexanizmlar bilan ta'minlash. Ekspluatatsiya jarayonini qulaylashtirishi bilan o'z vaqtida avariya tiklash ishlarini amalga oshirish kabi muammolar bartaraf etiladi.

    • Kreditorlar tomonidan qarzdorlik xisobiga “Issiqlik manbai” mol mulki musodara etilishini taqiqlash. Moliyaviy inqirozga uchragan “Issiqlik manbai” korxonalarini ish faoliyati betoxtov faoliyat yuritishini ta'minlaydi.

    • Kreditor qarzdorlik uchun “Issiqlik manbai” korxonalarini tabiiy gaz, elektr enerpgiyasi va ichimlik suvi tizimidan uzilishini taqiqlash. Iste'molchilar beto'xtov issiqlik energiyasi bilan ta'minlanadi.

    • “Issiqlik manbai” korxonalari faoliyatini bir oz bo'lsada yaxshilash uchun, korxonalarning banklardagi xisob raqamlariga bandliklar (ya'ni 2-sonli kartoteka K-2) qo'yilishi o'rniga, tushayotgan mablag'larni tengma teng (proportsionalьno) bo'lish yo'li bilan ish xaqi, soliq, energiya resurslari, materiallar xaridi uchun yo'naltirish (issiqlik tizimi faoliyatini yaxshilaydi). Bunda asosan issiqlik tizimini texnik xolda saqlash, hamda kreditorlar tomonidan issiqlik tizimini o'chirmasligiga erishiladi.

    • “Issiqlik manbai” korxonalarini malakali muttaxasislar bilan ta'minlash.

3-jadval

Download 110.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling