Sirtqi fakultet “menejment va marketing” kafedrasi
Toshkent viloyati “Issiqlik manbai ishlab chiqarish boshqarmasi” DUKning iqtisodiy tasnifi, tashkiliy tuzilmasi va asosiy faoliyati
Download 110.29 Kb.
|
ижтимоий муносабатлар курс иши
2.1. Toshkent viloyati “Issiqlik manbai ishlab chiqarish boshqarmasi” DUKning iqtisodiy tasnifi, tashkiliy tuzilmasi va asosiy faoliyati.
Toshkent viloyati “Issiqlik manbai ishlab chiqarish boshqarmasi” DUK 1994 yil 7 iyunda tashkil topgan. Boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi , alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga, emblemaga, shtamplarga va blankalarga, Tovar belgilariga hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tushirilgan, o’z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega bo’lgan, Toshkent viloyatidagi mavjud barcha shahar va tuman issiqlik ta’minoti korxonalarini yakkaboshchilik asosida boshqaruv huquqiga ega bo’lgan davlat tashkiloti hisoblanadi.. Boshqarma davlat mulkidagi, o’ziga tezkorlik bilab boshqarish uchun berilgan mulk negizida tashkil etilgan davlat korxonasi shaklidagi tijorat tashkilotidir,u o’ziga biriktirilgan mulkdan qonunda belgilangan doirada, o’z faoliyati maqsadlariga, mulkdorning topshiriqlariga hamda egalik qilish huquqidagi mulkning maqsadiga muvofiq foydalanishni va uni tasarruf etishni amalga oshiradi Boshqarma o’z majburiyatlari bo’yicha faqat o’ziga tegishli bo’lgan mulki doirasida javobgar. Boshqarmaning moddiy texnika bazasini rivojlantirish maqsadida, viloyat “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasining tasarrufidagi yuridik maqomga ega hududiy korxonalar “mahsulot (Tovar, ish va xizmat) larni sotishdan olingan sof tushumi”dan 2% miqdorida mablag’ o’tkazib beradilar. Boshqarma faoliyatining maqsadi ishlab chiqarish, sotish, transportirovka qilish orqali iste’molchilarni issiqlik energiyasi va issiq suv bilan uzluksiz ta’minlash, issiqlik tizimlaridan foydalanish, kommunal-maishiy va ishlab chiqarish sektorlarida issiqlik energiyasidan oqilona foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Quyidagilar boshqarma faoliyatining asosiy yo’nalishlari hisoblanadi: -davlat texnik nazorati va texnik foydalanish qoidalaridan kelib chiqqan holda issiqlik tizimi obyektlarida mavjud uskuna va jihozlardan unumli foydalanish va ularning ishonchli ishlashi va tejamkorligini oshirish; -qozonxona inshootlarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizasiya qilish, shuningdek, boshqarmaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy uskunalar, mashialar, mexanizmlar,ta’mirlash-foydalanish va o’lchov texnikasi bilan jihozlash; energetika resurslarini boshqarish sohasida yagona siyosatni amalga oshirish, issiq suv va issiqlik energiyasidan oqilona foydalanishni muvofiqlashtirish ko’p xonadonli uylar, ijtimoiy soha obyektlari va boshqa yuridik hamda ulgurji tashkilotlarni sifatli issilik energiyasi bilan barqaror va oqilona ta’minlash, soha xizmatini holatini va turg’unligini ta’minlash choralarini ko’rish; qozonxonalarda mavjud asosiy vositalar va yordamchi uskunalarning, tasarrufdagi korxona va filiallar xo’jaligi va boshqa gidrotexnika inshootlarining ishonchli ishlashini ta’minlash; yuridik va jismoniy shaxslarga kommunal ko’rsatish; talablardan kelib chiqib, issiqlik ishlab chiqaruvchi korxoanalardan issiq suv ta’minoti va issiqlik energiyasini sotib olish va uni iste’molchilarga yetkazish; energiya sarfini tejash va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishni samarali boshqarishni tashkil etish; injenering va texnik audit xizmatini ko’rsatish va tashkil etish; korxona tasarrufida bo’lmagan issiqlik ishlab chiqaruvchi obyektlarni shartnoma asosida foydalanish qabul qilish bo’yicha targ’ibot va soha xizmatini sifatli ko’rsatishni tashkil etish; soha xizmatidan foydalanuvchilar va iste’molchilarning issiqlik energiyasidan ehtiyotlab hamda oqilona foydalanish uchun javobgarligini kuchaytirish, soha xizmatidan foydalanish madaniyati darajasini oshirish; issiqlik energiyasi sohasiga ilm – fan yuruqlarini, energiya tejovchi zamonaviy texnologiyalar va ilg’or tajribalarni, issiqlik ishlab chiqarish tizimini rivojlantirish va boshqarmaning innovasion usullarini joriy qilish; issiqlik ta’minoti tizimlarini, shu jumladan, davlat bilan xususiy sektor sherikligi asosida boshqaruvning bozor tamoyillariga mos keladigan mexanizmlarni joriy etish; boshqarmaning moliyaviy-iqtisodiy barqarorliginita’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilashga qaratilgan tashkiliy , texnik, iqtisodiy, moliyaviy chora-tadbirlarni bajarish, boshqarma tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlarga narx shakllantirish tartibini takomillashtirishda ishtirok etish. Boshqarmaga moliyaviy-xo’jalik faoliyatni yuritish uchun berilgan barcha mavjud mulkning, pul mablag’larining va boshqa quyidagi moliyaviy resurslarning mulkdoridir: boshqarma tomonidan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishdan tushgan pul mablag’lari; O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq korxona ishlab chiqarish faoliyati va undan tashqari faoliyati natijasida paydo bo’lgan yangi texnologiyalar va sir tutiladigan g’oyalar, intelektual mulk, pul va natural shakldagi mulklar va boshqa aktivlar jamini ifodalaydi. Boshqarma ustav fondining miqdori 425 066 000 (to’rt yuz yigirma besh million oltmish olti ming) asosiy vositalarning qoldiq qiymati summasi bilan belgilanadi. Boshqarmaning ustav fondini ko’paytirish va kamaytirish qonun xujjatlarida belgilangan tartibda, aktivlar miqdorini oshirish hamda korxona rahbarining takliflari orqali, muassisning roziligi va qarori bo’yicha amalga oshiriladi. Boshqarma tasarrufiga Angren, Olmaliq va Chirchiq shaharlari, Nurobod qo’rg’onidagi yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan issiqlik ta’minoti korxonalari hamda Yangiyo’l, Nurafshon, Oxangaron, Bo’stonliq, Yuqori Chirchiq, Qibray, Zangiota, Toshkent, Bo’ka, Piskent, Oxangaron va Bekobod tuman, shuningdek, Krasnogorsk qo’rg’oni “Issiqlik manbai” filiallari yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan filiallar hisoblanadi. Download 110.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling