Sirtqi fakultet “menejment va marketing” kafedrasi
Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasining iqtisodiy ko’rsatkichlari
Download 110.29 Kb.
|
ижтимоий муносабатлар курс иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasining debitor va kreditor qarzdorligi to’g’risida ma’lumot 1
- Korsatkich nomi 2023 yil 1 yanvar holatiga qarzdorlik
- Jami kreditor qarzdorlik
- 3. Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasining hodimlar tarkibi va faoliyati
- Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasining shtat birliklari 2
- ISHLАB CHIQАRISH TEXNIK BOʼLIMI
- MUXАNDIS TEXNIK TАRKIBI MUTАXАSSISLАRI
2. Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasining iqtisodiy ko’rsatkichlari
Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarma to'lov qobiliyatini yo'qotgan iqtisodiy nochor korxonalar turkumiga kiritilgan bo'lib ma’lumotlariga ko’ra 2023 yil 1 yanvar holatiga 107 208 208 ming so’m kreditor qarzdorlik, 13 305 518 ming so’m debitor qarzdorlik mavjud. 1-jadval Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasining debitor va kreditor qarzdorligi to’g’risida ma’lumot1
Boshqarmaning asosiy hisob raqamidagi K-2 (kartoteka) 2022 yilning boshiga 22 541 646 ming so’mni tashkil qilmoqda. Ushbu boshqarmaning zarar ko’rib ishlashning asosiy sabablari: qozonxonalar (qozonlar, qozonlarni yordamchi uskunalari va issiqlik quvurlar) sobiq Ittifoq davrida kelgusida iste'molchilar sonini o'sishini inobatga olib qurilganligi yonilg'i energetika resurslarini tejashga imkon bermasligi; mavjud qozonlarning 70 foizi bugungi kun talabiga javob bermasligi (foydali ish koefitsenti 50-55 foizni tashkil etishi), normativ xizmat muddatini 2-3 marotaba o'tab bo'lganligi, ta'mir talabligi; issiqlik quvurlarining quvvati iste'mol miqdoridan 2-3 barobar kattaligi (sarf-xarajatlarni tejashga imkon bermaydi) 70 foizi ta'mir talabligi va normativ xizmat muddatidan 2-3 barobar ko'p ekspluatatsiya etilayotganligi; ko'p qavatli uylarning uy ichki isitish tizimi yaroqsiz xolatdaligi (ko'p yillar mobaynida ta'mirlanmasligi oqibatida); iste'molchilarni markazlashgan issiqlik tizimidan foydalanishdan bosh tortishi; aholi iste'molchilariga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi uchun amalga oshiriladigan to'lovlar yil davomida teng bo'laklarga bo'lingan holda amalga oshirilishi (Vazirlar maxkamasining 2014 yildagi 194 sonli qaroriga asosan); Mazkur xolat energiya ta'mintchilari bilan o'z vaqtida xisob-kitob ishlarini amalga oshirishda (energiya ta'minotchilari yetkazib berilgan maxsulotlari uchun to'lovlarni oy yakuni bilan talab qilishlari) o'z salbiy ta'sirini ko'rsatishi bilan bir qatorda, inflyatsiya hisobiga daromadlar kamayishiga sabab bo'lmoqda; “Issiqlik manbai” korxonalarining moliyaviy xolati o'ta og'ir bo'lganligi sababli issiqlik tizimini texnik soz holatga keltirish uchun sharoit qolmagan; Issiqlik va issiq suv tariflarini xisoblash va tasdiqlashda, Vazirlar Maxkamasining 2010 yil 239- sonli qaroriga asosan haqiqiy sarf-xarajatlar doirasida emas balki prognoz ma'lumotlar asosida amalga oshirilishi; “Issiqlik manbai” korxonalarida kerakli mashina mexanizmlar yetishmasligi sababli, issiqlik tizimini ekspluatatsiya qilish va o'z vaqtida avariya tiklash ishlarini amalga oshirish ishlari bajarilishida bir qator muammolar mavjudligi; Vazirlar Mahkamasining 2008 yildagi 239 sonli qaroriga asosan tariflar prognoz ko’rsatkichlar asosida shakllantirilishi; 3. Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasining hodimlar tarkibi va faoliyati Boshqarma mavsumiy ish faoliyati yuritgani uchun ba’zi ishchilarni mavsumiy ishga qabul qiladi. Boshqarmaning qishgi mavsumida jami 405 ta shtat birligi mavjud. Yozgi mavsumda faqatgina issiqlik energiyasi ishlab chiqaradigan qozonxonalar faoliyati to’xtatilganligi bois u yerdagi shtat birliklar qisqarib faqat qorovul shtati qoladi, shu sababli, shtat birliklar soni jami 208 tani tashkil etadi. 2-jadval Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasining shtat birliklari2
Download 110.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling