Sirtqi fakulteti
Menejmentning rivojlanishi va yo’nalishlari
Download 72.24 Kb.
|
Bobojonov Oxunjon SM 50 MENEJMENT KURS ISHI 3
1.Menejmentning rivojlanishi va yo’nalishlari.
Boshqaruvning paydo bo’lishi, kelib chiqishi tarixini Yevropalik tadqiqotchilar ham, MDH tadqiqotchilari ham bir necha ming yilliklar bilan bog’lashadi. Boshqaruvning boshlanishi inson mehnati faoliyatini boshlanishi bilan tengdir degan olimlar ham katta guruhlarni tashkil qiladi. Shuning uchun ham, menejmentning rivojlanishi – evolyutsion jarayon hisoblanadi. Dastlabki aqlli insonlar paydo bo’lganidan boshlab boshqaruv yuzaga kelganligini jahonning mashhur olimlari mukammal tadqiqotlari natijasida isbotlashgan. Ibtidoiy odamlar jamiyatidagi oila yoki oilalar boshlig’i, dastlabki qabilalar va urug’larning “dohiylari”, keyinchalik “oqsoqollar kengashi” faoliyatlari boshqaruvning dastlabki kurtaklari hisoblanadi. Jamiyatda davlatlarning paydo bo’lishi bilan boshqarish muammolari birinchi o’ringa chiqdi. Birinchi yozuvning paydo bo’lishi bilan menejerlarning boshqaruv muammolari, ish hujjatlari, adabiyotlar haqidagi yozuvlari bizgacha yetib kelgan (papirus yozuvlari, toshtaxta yozuvlari). Qadimgi Gretsiyalik faylasuf Aflotun (miloddan oldingi 428-347 yillar) ko’plab asarlarida menejmentning masalalarini muhokama qilgan. Uning “Davlat”, “Siyosatdon”, “Qonunlar” kabi asarlari davlatni bashqarishga bag’ishlangan bo’lib, hozirda ham qiziqib o’qiladi. Jamiyat hayotining o’zgarishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan va muhim rol o’ynagan menejmentdagi (boshqaruvdagi) vaqtni menejment tadqiqotchilarining birinchi guruhi 5 davrlarga, ikkinchi guruhi 5 bosqichlarga, uchinchi guruhi 6 ta boshqaruv inqiloblariga (revolyutsiyalariga) ajratishadi. Boshqaruvda birinchi inqilob. Boshlanishi eramizdan 5 ming yil oldin qadimgi Shumerda ixtiro qilingan yozuvning yuzaga kelishi deb hisoblanadi. Bu davrda savdo jarayonlaridagi xat almashunuvlar va savdodagi hisob-kitoblar insoniyat hayotidagi dastlabki qohin14-biznesmenlar qatlamini yuzaga keltirdi. Bu sharoitlar albatta menejmentning yangi jarayonlari va qirralari yuzaga chiqishining zaruriy holatlardan edi. Boshqaruvdagi ikkinchi inqilob aholining turli-tuman ijtimoiy guruhlari o’rtasidagi munosabatlarni davlat tomonidan boshqarish haqida qonunlar majmuasini ishlab chiqqan va e’lon qilgan Vavilon podshohi Xammurapi (eramizdan oldingi 1792-1750 yy.) ning davlatni boshqarish faoliyatlari bilan bog’liq. Bu qonunlar asosida “oq suyaklar”ning boshqaruv usullari tashkil qilindi, ishning bajarilishi bo’yicha mas’uliyat, javobgarlik va nazorat kuchaytirildi. Shuning uchun ham tadqiqotchilar ba’zida bu davrni – ma’muriy – oq suyaklar boshqaruvi davri deb ham nomlashadi. Boshqaruvdagi uchinchi inqilob ishlab chiqarish va qurilishning muvaffaqiyatlari boshqaruvga bog’liq ekanligi bilan bizga ma’lum. Bu boshqaruv ishlab chiqarish sohalari va qurilishni nazorat qilish davlatning boshqaruv usullari bilan qo’shilgan va olib borilganligi bilan menejment tarixida alohida ajralib turadi. Bu davr Novuxodonosora II (eramizdan oldingi 605-562 yy.) ning davlat boshqaruvidan kelib chiqdi. Boshqaruvdagi to’rtinchi inqilob. Yevropa sivilizatsiyasida sanoatlashgan taraqqiyotning boshlanishi va kapitalizmning paydo (tug’ilishi) bo’lishi – menejmentdagi to’rtinchi davrning (XVII-XVIII) bosh omillari hisoblanadi. Uning natijasida-menejment xususiylikdan (kapitaldan) va professional boshqaruvning tug’ilishidan ajralib chiqdi. Bu sharoitlarning kelib chiqishi natijasida menejmentning tadqiqot faoliyatlari keskin ravishda kengayib ko’p tarmoqlarga aylandi. Boshqaruvdagi beshinchi inqilob. Menejmentning tarixiy taraqqiyoti va shakllanishidagi beshinchi davr (XIX asrning oxirlari XX asrning boshlanishi) “byurokratik menejment” nomi bilan yuritilishi ham ma’lum (byurokrat-to’ra) va nazariy asoslari – “tejamli byurokratlar” kontseptsiyasiga xizmat qiladi. Uning asosiy natijalari: – yirik ieriarxik tarkiblarni shakllantirish; -boshqaruv mehnatlarini ajratish; – me’yorlar va standartlarni kiritish; -boshqaruvchilarga majburiyat va mas’uliyatlarni belgilash. Natijada boshqaruvga yondoshishda quyidagilar shakllandi: – boshqaruv shakllari va usullari, nazariyalari,tamoyillari ko’rinishidagi bilimlarni tartiblashtirish tizimi – boshqaruv-fan-tizim; -boshqaruv-san’at – aniq vaziyatlarda fan natijalarini, ma’lumotlarini qo’llashning samarali usullari; – boshqaruv–funktsiya – kutiladigan natijalarni olish va ularni faollashtirish maqsadlari yuzasidan iqtisodiy ob’ektlar va odamlarga (xodimlarga) maqsadli axborotlar bilan ta’sir qilish; – boshqaruv-jarayon – resurlarni “kirish”ida, mahsulotning “chiqish”ida qayta o’zgartirish uchun qo’yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlovchi boshqaruv faoliyatining yig’imlari; – boshqaruv-apparat – hamkorlikdagi maqsadlarga erishish uchun ijtimoiy tizimlardagi barcha resurslarni muvofiqlashtirish va foydalanishni ta’minlovchi odamlar va yig’ma tarkibni shakllantirish. Boshqaruvdagi oltinchi inqilob. Boshqaruvga yangi qarashlar tizimi ilmiy adabiyotlarda oltinchi davr – «tinch boshqaruv inqilobi» nomi bilan ma’lum. Bunday nomlanishning tavsiflari bor. Bu davrdagi menejmentning rivojlanishi o’zigacha bo’lgan boshqaruv tizimini, uning usullari va tizimlarini sindirmasdan yoki qo’llanilib kelinayotgan boshqaruvdan birdaniga voz kechmasdan ularni to’ldirib, takomillashib bordi. Endi menejmentda ko’proq egiluvchan va tezkor qarorlarni qabul qilishni talab qiluvchi tizimlar rivojlana boshladi. Bu tizimlar tadbirkorlik yo’nalishlari bilan bog’liq bo’lib, deyarli kelgusida rivojlanish xususiyatlariga ega. Tashkilotlar tez-tez strategik rejalashtirish va boshqarish usullariga murojaat qila boshladi. Chunki, tashqi muhitda, texnologiyalarda, bozorlardagi raqobatlarda, zamonaviy iqtisodiy hayotdagi realliklarning kutilmaganda va keskin o’zgarishi boshqaruvda yangi usullarni talab qiluvchi yangi boshqaruv tizimlariga ehtiyojni keltirib chiqarmoqda edi. Boshqaruvning markazlashtiruvdan chegaralanuvchi tarkiblari o’zgara boshladi. Tashkiliy mexanizmlar yangi muammolarni yuzaga keltirish va bu muammolarni yechish uchun yangi qarorlar qabul qilishning zaruratini anglab yetdi. Resurslarni taqsimlashdagi qarorlarga, ularning xarajatlari bo’yicha qabul qilingan qarorlarga nisbatan jiddiy e’tibor berila boshlandi. Boshqaruv yangi vaqt talablariga muvofiq yana takomillashish yo’lini davom ettirdi. Demak-ki, menejment iqtisodiyotda ro’y beradigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning butun tizimlarida tinimsiz o’zgaruvchanligi bilan xususiyatlanadi. Boshqaruvdagi juda katta inqilobiy o’zgarishlarga qaramasdan, boshqaruvni rivojlantirish – bu asosan evolyutsion jarayon hisoblanadi. Shuning uchun ham, boshqaruvning tashkil bo’lish yo’llari va boshqaruvning nazariyasi, amaliyotining rivojlanishi bosqichlari bilan shug’ullanuvchi ko’plab tadqiqotchilar bu evolyutsion jarayonda bir necha muhim tarixiy davrlarni ajratishgan. I. Birinchi – qadimiy yoki tarixiy davr. Boshqaruvning hosil bo’lishi va rivojlanishidagi eng uzoq davr. Bu davr eramizdan oldingi 9-7 ming yilliklardan boshlanib, taxminan, eramizning XVIII asrining to ikkinchi yarmigacha davom etdi. Bu davrdagi boshqaruv insoniyatning ibtidoiy jamoa tuzimidag faoliyatlaridan iborat deb hisoblashishadi. Bu jamoalar, to’dalar va qabilalarni barcha a’zolar yig’ini boshqargan. Keyinchalik qabilalar tuzimidagi jamoani dohiylar, urug’ boshliqlari – tajribali qariyalar boshqarishgan va h.k. Eramizdan taxminan 9-7 ming yilliklar oldin yaqin Sharqda «ov» va «hosil yig’ish» kabi xo’jaliklar paydo bo’la boshladi. Aynan ana shu vaqtdan boshlab insoniyat jamoasida yuzaga kelgan dastlabki xo’jaliklarning yashab qolishi uchun boshqarish zarurati kelib chiqdi va ibtidoiy jamoaning ishlab chiqaruvchi iqtisodga o’tishi boshqaruvda ma’lum bilimlarning hosil bo’lganligini bildiradi. Aynan ana shu vaqtdan boshlab menejment o’z rivojlanish evolyutsiyasini boshladi. II. Ikkinchi – industrlashgan davr. Bu – sanoatlashgan kapitalizm davridir (1776-1890yy.). Bu davrda yuzaga kelib chiqqan va takomillashgan bozor iqtisodiyoti hayotga tashkilotlarni boshqarish uchun bilimli, iqtidorli boshqaruvchilar kerak ekanligi ehtiyojini ko’ndalang qilib qo’ydi. O’zgaruvchan tashqi muhit va raqobat bilan to’qnashgan boshqaruvchilar chegaralangan resurslar va odamlarning hamkorlikdagi mehnatlarini qanday qilib yaxshi darajalarda muvofiqlashtirish savollari bo’yicha o’z bilimlarini oshirishga o’tdi. III. Uchinchi – tizimlashgan davr. Boshqaruvning rivojlanishidagi bu davrini tadqiqotchilar menejmentning tizimlashgan davri deb atashadi (1856-1990 yy.). Boshqaruv haqida yuzaga kelgan fan bu davrda doimiy ravishda takomillasha boshladi. Menejmentning yangi yo’nalishlari, maktablari, kontseptsiyalari, oqimlari shakllandi, menejmentning ilmiy apparatlari o’zgardi va takomillashib bordi. Vaqt o’tishi bilan rahbarlar o’z maqsadlarini o’zgartirib, o’z atroflarida faoliyat ko’rsatuvchi tashkilotlarning boshqaruv usullarini, ehtiyojlarini, raqobatchilarini, faoliyatlarini o’rgana boshladi. Ba’zi boshqaruvchilar boshqarish muammolarini o’rganishga, hatto o’tilgan vaqtlarda qaysi boshqaruv usullari samaraliroq bo’lganliklarigacha tahlil qilishga o’tda. Boshqalari boshqaruvda qandaydir tizimlashgan yondoshish usullarini izlay boshladi. IV. To’rtinchi – zamonaviy boshqaruv davri. Menejment rivojlanishining zamonaviy davri XIX asrning oxiri XX asrning boshlanishiga to’g’ri keladi. Menejmentga barcha ishlab chiqarish boshqaruvlariga ilmiy predmet nuqtai-nazaridan qarash davri boshlandi. Biznes-jarayonlar, shu jumladan, barcha texnologik jarayonlar va odamlarning mehnat jarayonlarida harakat qilishlari diqqat bilan, puxtalik bilan tahlil qilish odat tusiga kirib bordi. Bu kabi tahlillarning maqsadi-mehnat jarayonlarini ratsionallashtirish (ixchamlashtirish) yo’li bilan ishlab chiqarishni oshirish edi. XX asr boshlarida sanoatning shiddat bilan o’sishi ishlab chiqarishni tashkil qilish bo’yicha bajariladigan ishlarni faollashtirdi. Bu yo’nalishda Moskva imperatorlik texnik-hunar bilim yurti (hozirgi N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti) – «hunarni o’rgatishdagi rus metodi» dunyodagi birinchi ilmiy-amaliy tadqiqotlardan hisoblanadi. Bu o’quv-o’rgatuv jarayoni u yoki bu texnik jarayonlarni bajarish va konstruktsiyalashni eng ratsional ish muddatlarida amalga oshirishni tahlil qilish va tavsiyalar ishlab chiqarishdan iborat edi. «Hunarni o’rgatishdagi rus metodi» Venada (1873 y.), Filadel`fiyada (1876 y.) va Parijda (1878 y.)gi xalqaro ko’rgazmalarda eng yuqori mukofotlarni olib, jahon miqyosida tan olindi. «Rus tizimi» bo’yicha Vashingtonda, Chikagoda, Toledo, Baltimor va Filadel`fiyada qo’l mehnati maktablaritashkil qilindi. Tizim Germaniya, Avstriya, Frantsiya, Shvetsiyada keng tarqaldi. Tizimning keyingi rivojlanishi natijasida bir butun – Mehnatni ilmiy tashkil qilish (MIT) ruscha (NOT) yo’nalishi yaratildi. Ishlab chiqarish menejmentidagi bu muhim yo’nalishga Amerikalik F.U.Teylor (1856-1915), Rossiyalik A.K.Gostev (1882-1941) lar va boshqa tadqiqotchilar munosib hissa qo’shishdi. Menejmentda Amerikalik sanoatchi va muhandis Genri Ford (1863-1947) jahonshumul inqiloblar yaratdi. U eng yuqori 34 malakalarga va ixtisoslashgan ishchilarga asoslangan ishlab chiqarish tizimini, texnologik jarayonlarni maksimal maydalashtirish, texnologik asbob-uskunalarni ratsional va qulay joylashtirish va ishchilarning ishlarni bajarishida qattiq intizomiy ketma-ketlikka muvofiq faoliyat ko’rsatish tizimlarini yaratdi. Genri Ford boshqaruv amaliyotida birinchi bo’lib, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qilish shaklini oldin umuman qo’llanilmagan – uzluksiz, ketma-ketlik-konveyr (usulini) qatorlarini (potochnaya liniya) kashf qildi. 1913–yilda birinchi marotaba qo’llanilgan konveyr usuli katta hajmdagi mahsulotlar ishlab chiqarish sharoitlarida o’ta samarali ekanligini isbot qildi. Bu usullar va tizimlar avtomobillar ishlab chiqarish sikllari va ularni ishlab chiqarish xarajatlarini keskin kamaytirdi. Bu davrga kelib menejmentning ma’muriy maktablari ilmiy maktablar bilan tutasha boshladi. Menejmentga frantsiyalik olim va amaliyotchi Anri Fayol (1841-1925 yy.) menejment tamoyillariga asosan muhim hissa qo’shdi. U 1888 yilda Frantsiyaning bankrot yoqasida turgan yirik kompaniyalaridan birini boshqardi va qisqa muddatlarda kompaniyani inqirozdan olib chiqib, samarali daromad keltiruvchi korxonaga aylantirdi. Bu yutuqga u menejment uchun o’zi yaratgan tamoyillarga asoslanib erishdi. Anri Fayol` 1916 yilda menejmentning kun tartibiga boshqaruv intizomi masalasini qo’ydi va bu fanni o’quv yurtlarida o’qitish zarurligini isbotlab berdi. Shuning uchun ham, Anri Fayol menejment tarixida ilmiy boshqaruv maktabining mumtoz (klassik) asoschisi bo’lib qoldi.XX asrdagi davlat rahbarlarining (menejmentning lug’atiga binoan) faoliyatida ham menejmentning rivojiga katta hissa qo’shganlarini albatta keltirib o’tish zarur. Ularning orasida iqtisodiy inqiroz, urushlardan keyingi vayronagarchiliklar va iqtisodiy tanazzuldan muvaffaqiyat bilan chiqishda mukammal davlat boshqaruvlarini tashkil qilganlar ham anchagina. Buyuk Britaniyani juda ko’p yillar boshqargan Uinston Cherchil (1874-1965 yy.)ning muvaffaqiyatli davlat boshqaruvini qisqacha, lekin juda katta hajmli izoh qilishgan -«U Rossiyani omoch bilan qabul qildi va zamonaviy asbob-uskunali atom quroli bilan ta’minladi» AQSH Prezidenti Franklin Delano Ruzvel`t (1882-1945yy.) to’rt marotaba prezidentlikga saylandi. U o’z mamlakati tarixida XX asrning 20-30 yillarida yuz bergan eng kuchli iqtisodiy inqiroz – «buyuk turg’unlik» davridan AQShni muvaffaqiyat bilan chiqarib oldi. Buning uchun F.Ruzvel`t «bozor iqtisodiyoti sharoitlaridagi amerika tarixida»- «zafarli davlat boshqaruvi» nomi bilan taqdirlangan edi. XX asrning 30-50 yillaridagi menejmentning rivojlanishida inson munosabatlari maktabi muhim rol o’ynadi. Bu yo’nalishning eng taniqli vakillaridan biri Avstraliyalik El`ton Meyo (1880-1949) edi. Unga eng katta mashhurlikni Chikagodagi Western Electric Compani da o’tkazgan besh yillik ilmiy tadqiqotlarining natijalari keltirdi. Bu tadqiqotlar ishlab chiqarishda «inson omili»ni anglash va tushunishga, «norasmiy guruhlar»dagi ishchilarning kibernetika-boshqaruv asosiga intilayotganligi natijalarini bergandi. Menejmentdagi bu dastlabki ilmiy xulosalar kelgusida boshqaruvga kibernetikaning kirib kelishiga asos soldi. Boshqaruv sohasidagi tadqiqotlarning rivojlanishiga 1948 yilda Amerikalik matematik Nobert Vinerning (1894-1964 yy.) «Kibernetika, yoki boshqaruv va hayvonlarda aloqa va mashina» kitobi katta ta’sir ko’rsatdi. Ikki yildan keyin uning «Kibernetika va jamiyat» nomli ikkinchi kitobi nashrdan chiqdi. Kalit so’zi – kibernetikaga asoslangan jarayonlarni tadqiq qilish, tizimli tahlil, matematik modellashtirish, optimal boshqaruv va boshqa yo’nalishlar bo’yicha kuchli ilmiy tadqiqotlar boshlandi. Bu tadqiqotlar boshqaruvdagi hozirgi zamonaviy fanlarda ham o’zining o’rniga ega. Rossiyada akademik,admiral-muhandis Aksel` Ivanovich Berg(1893-1979 yy.)ning 1950 yillardan umrining oxirigacha boshqaruv bo’yicha «Kibernetika» muammolariga bag’ishlangan va olgan natijalari dunyoda tan olindi. XX asrning 50 yillari oxirida inson munosabatlari maktabi «axloqiy» fanlar maktabiga o’tdi. Bu yo’nalishning yorqin iste’dodlari – amerikalik ijtimoiy ruhshunoslar Rensis Laykert (1903-1981yy.), Duglas Mak Gregor (1906-1964 yy.) va Abraxim Maslou (1908-1970 yy.) lar edi. Ularning xulosalari bo’yicha, firmani samarali boshqarishda har bir ishchiga rag’batlantirish yo’llari bilan ta’sir qilishni oshirish lozim. Bu maktab vakillarining ishlari natijasida menejmentning mustaqil yo’nalishi yoki bo’limi – personalni boshqarish kelib chiqdi. Bu maktabning asoschilari nomi bilan bog’liq bo’lgan «Maslouning ehtiyojlar piramidasi» o’sha davr uchun juda mashhur edi. Bu piramidaning tavsiyalari bo’yicha insonning quyidagi ehtiyojlari qondirilishi kerak: – fiziologik ehtiyojlari; – xavfsizlik ehtiyojlari; – ijtimoiy ehtiyojlari; – hurmattalab ehtiyojlari; – o’zini namoyish etish, ehtiyojlari; Bu maktab namoyandalarining xulosalari bo’yicha insonlar faqatgina pul uchun mehnat qilmaydilar, ularni ishlatish uchun moddiy rahbatlantirish asos ham, davo ham emas, shuning uchun faqatgina bunday tadbirlar hamisha ham ishlarning samaradorligini oshiravermaydi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda menejmentga asosan uch nuqtai-nazardan qaralmoqda: 1.Professional faoliyat yo’nalishi sifatida-uni bajaruvchi odamlar, ijtimoiy va vazifaviy holatlari ko’rsatiladi; 2. Ilmiy-tadqiqot yo’nalishi sifatida. Menejment fan sifatida uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: – boshqaruvning maqsadi va vazifalarini belgilash; – maqsad va vazifalarga erishish bo’yicha aniq tadbirlar va usullarni ishlab chiqish; – jarayonlarning turlari bo’yicha vazifalarni ajratish, ishlarni taqsimlash, tashkilot ichidagi turli bo’limlarning o’zaro hamkorligini muvofiqlashtirish, rasmiy ierarxik tarkibni takomillashtirish, qarorlar va kommunikatsiyalarni qabul qilishni optimallashtirish, shuningdek, faoliyatdagi motivatsiyalar, tashkillashtirish madaniyati, boshqaruv stilining samaradorliklarini izlash. 3. O’quv fani sifatida. Menejment ilmiy fan sifatida o’z maqsadini belgilashda har qanday tashkilotlarga yaroqli bo’lgan boshqaruvning umumiy tamoyillarini shakllantiradi. Menejmentning rivojlanish tarixi va nazariyasi asoslari. Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib, Yu. Sezar, A. Makedonskiy, Turkistonda esa o’rta asr davrida Amir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo’lib, asosan harbiy tavsifga ega edi. O’sha davr menejerlari harbiy intizomni o’rnatish maqsadida odamlarni jazo bilan qo’rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so’zsiz itoat etish kabi usullarni qo’llaganlar. Bunday boshqaruvga mehnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji boricha ko’proq qo’shimcha qiymat undirishning g’oyatda samarali usuli, deb qaralgan. Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo etilganligiga ham Sohibqironning o’z qo’l ostidagilarni "qo’rquv bilan umid o’rtasida ushlash" bo’yicha boshqargani sabab bo’lgan. Kapitalizm tuzumining boshlang’ich davrida tadbirkor-mulk egasi ishlab chiqarishni o’zining shaxsiy tajribasiga tayanib boshqargan. XVIII asrning oxirlarida Angliyada bo’lgan sanoat inqilobi boshqaruvga bo’lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga alohida e'tibor berila boshlandi. Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o’sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus bilimlarini talab etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruv sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to’g’risidagi ilm, fan vujudga keldi. Download 72.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling