Sirtqi fakulteti

Markaziy Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va tamoyillari

Download 72.24 Kb.
bet4/5
Sana06.02.2023
Hajmi72.24 Kb.
#1170255
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bobojonov Oxunjon SM 50 MENEJMENT KURS ISHI 3

3 .Markaziy Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va tamoyillari
Markaziy Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy printsiplari qadim zamonlarda ham u yoki bu ko’rinishda mavjud bo’lgan. Ammo ular Amir Temur hukmronligi davriga kelib ma’lum shaklni kasb etgan, bunga Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari yorqin misol bo’la oladi.
“Temur tuzuklari” jahonga mashhur asardir. Uning qo’lyozma nusxalari dunyoning deyarli barcha mamlakatlari (Hindiston, Eron, angliya, Daniya, Frantsiya, Rossiya, Frantsiya, Germaniya, Armaniston, O’zbekiston va b.) kutubxonalarida mavjud. Asar ikki qismdan iborat.
Birinchi qism Amir Temurning o’z davlatini barpo etish uni har jihatdan mustahkamlash, mukammal qurollangan qudratli qo’shin tuzish borasida tadbiq etgan “tuzuklari” va rejalaridan iborat bo’lib, unda hatto qo’shinning jangovor saflanish tartibi ham maxsus jadvallar orqali ko’rsatib berilgan.
Asarning o’n uch qism (kengash)dan iborat ikkinchi bobida esa Sohibqironning kuchli feodal davlatni barpo etish, qo’shin tuzish va dushman lashkarini sindirish yuzasidan tuzgan kengashlari va amalga oshirgan ishlar o’z ifodasini topgan.
“Tuzuklar” muallifning fikricha, har bir sohibi toj davlat va jamiyatni ma’lum ijtimoiy-siyosiy guruhga tayangan holda boshqarishi lozim.
Davlatni idora qilishda vazirlar, amirlari va viloyatlarda o’tirgan noiblarning roli benihoya katta bo’lgan. SHuning uchun ham Amir Temur ularni tanlash va vazifalarga tayinlash ishiga alohida ahamiyat bergan. Ular Sohibqironning fikricha sadoqatli, axloqiy pok, adolatpesha, tinchliksevar va tashabbuskor odamlar bo’lishi kerak. “Tuzuklar” muallifining fikriga ko’ra, masalan, vazirlar to’rt sifatga ega bo’lishlari shart:
1.Asillik, toza nasllik va ulug’vorlik.
2.Aqlu farosatlik.
3.Sipoh bilan raiyat ahvolidan boxabarlik va ularga g’amxo’rlik ko’rsatish, ular bilan yaxshi muomalada bo’lish.
4.Sabru bardoshlilik, muloyimlik.
“Tuzuklar”da keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra Amir Temur o’z davlatini, bir uchi CHinu Mochin va ikkinchi uchi SHom hududida bo’lgan ulkan malakatni bor-yo’g’i yetti nafar vazir yordamida boshqargan.
El-yurtning obodonligi, salatanatning ustuvorligi ko’p jihatdan mana shu vazirlarga bog’liq bo’lgan. Boshqaruv tizimining shu tariqa oqilona tashkil etilishi uning negizida inson manfaatlari yotganligi, davlat siyosatining boshqaruvga ijobiy ta’siri dunyoda buyuk davlat paydo bo’lishi bilan yakunlanadi
Menejment ilmi o’zining ko’p asrlik tarixiga ega. Bu jarayonlar mobaynida unda bir qancha konsepsiyalar ilgari surildi. Ularning ko’pchiligi o’sha davridayoq o’zini oqlolmadi, ba’zilari esa bugungi kungacha yashab kelmoqda. Bugungi kun korxonalarini menejmentsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lishni istagan har qanday korxona o’z menejment faoliyatiga alohida e’tibor bermoqda. Jahon sahnida yapon menejmenti, amerikan menejmenti kabi yuksak maktablar vujudga keldi. Mamlakatimizda ham bu sohada ham alohida e’tibor berilmoqda. O’zbekistonning har tomonlama rivojlanishi va uning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga uyg’unlashuvi zamonaviy bilimlarni puxta egallangan mutaxasislarni tayyorlashni taqazo etadi. Bugungi kunda malakali menejerlar-sifat jihatidan yangi iqtisodiyotning namoyondalari hamma narsalarni hal etmoqda. Yangilikka intilish esa-menejerlik mazmun-mohiyatini ifoda etadi. Shu bois menejmentni boshqarish fani sifatida chuqur va har tomonlama o’rganish, shuningdek, bu sohada xorijda yig’ilgan tajribani tanqidiy tahlil etish va undan ijobiy foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda menejment sohasini mamlakatimizda rivojlantirishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huziridagi Davlat va jamiyat qurulishi akademiyasining o’rni nihoyatda kattadir.
Mustaqil O’zbekistonning jahon bozoriga kirishi “Kadrlar hammasini hal qiladi!” degan eski shiorni yangicha tarzda dolzarb qilib qo’ydi . Darhaqiqat , mutaxassislarimizning O’zbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro maydonga muvaffaqiyatli himoya etishi nazariy va amaliy tayyorgarlikka boliq.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda diletant , yetuk mutaxassis bo’lmagan rahbar o’z davlatiga zarar yetkazishi mumkin . Zero, O’zbekiston resurslarini xarid qilishda ham, o’z eksport imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishda ham chet mamlakatlar bilan hamkorlikni tobora kengaytirmoqda. Yuqori malakali mutaxassis xorijiy sheriklar bilan muvaffaqqiyatli hamkorlik olib borish, o’z mamlakati manfaatlarini xaqaro maydonda himoya qilish uchun ”menejment” faniga ehtiyoj sezadi.
Ushbu kurs ishida menejment ilmining rivojlanish tarixi, uning taraqqiyot bosqichlari, bugungi kun mamlakatimizda va xorijda uning qay darajada tashkil etilganligi tahliliy misollar vositasida yoritishga harakat qildi.
1985-yildan boshlab menejment rivojlanishida yangi davr boshlandi. Tub islohotlar boshqaruvni jamiyatni demokratlashtirish, oshkoralik va pastdan yuqoriga xalq hokimiyatini o‘rnatish asosida takomillashtirishning asosiy yo‘llarini ifodalab berdi. Jamiyatda demokratik jarayonlar chuqurlashuvi va rivojlanishi bozor munosabatlariga o‘tishga asos bo‘ldi. Jamiyatdagi tub o‘zgarishlar siyosat, iqtisodiyot, menejment uslublari va texnologiyasiga jiddiy o‘zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo‘ydi.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini boshqarishni isloh qilish Hozirgi davrgacha mavjud bo‘lgan tajriba, jamiyat hayotining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohalarini boshqarishning bozor nazariyasiga, qabul qilingan qonun va huquqiy hujjatlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Menejment sohasida jahon tajribasi, rivojlangan mamlakatlar va o‘zimizda to‘plangan tajribadan foydalaniladi. Bozor infrastrukturasini rivojlantirish ko‘p yillarga mo‘ljallangan strategik vazifadir. Mamlakatimiz «falaj qilib davolash» usulidan voz kechdi. Bu yerda bozor munosabatlariga o‘tish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Davlat mulki xususiy mulk bilan bir vaqtning o‘zida kooperatsiya, tadbirkorlik, chet ellik firmalar, banklar bilan hamkorlikka asoslangan holda turli xo‘jalik yuritish usullarini qo‘llash yo‘li bilan amal qilishi kerak.
Menejment oldiga qo‘yilgan ko‘pchilik vazifalar muvaffaqiyatli hal etilmoqda. Hozirda iqtisodiy tashkilotlar vazifalari o‘zgartirildi, boshqaruvning bozor munosabatlariga o‘tishi amalga oshirilmoqda, boshqaruvning ixtisoslashuv chuqurlashuvi va kooperatsiya bo‘yicha aloqalar barqaror bo‘lishini ta’minlovchi yangi tashkiliy tizimlari vujudga kelmoqda.
Islohotlar iqtisodiyotni boshqarishning barcha bo‘ginlarini - asosiy bo‘gin (korxona)dan to boshqaruvning oliy bo‘ginlarigacha qamrab olgan. Korxonalar to‘g‘risidagi qonun korxonalar erkinligi miqyosini kengaytirdi, ularning ish natijalari bo‘yicha iste’molchilar oldidagi majburiyatlarini oshirdi.
Hozirgi menejment fanida ta’kidlangan boshqarishning iqtisodiy, insoniy, oqilona va samarali shaklini yaratish bo‘yicha harakatlar Amir Temurning “Temur tuzuklari”da o‘z aksini topib hozirgacha ham o‘zining qimmatini yo‘qotmagan. Aksincha, bugungi mustaqil O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi gurkirab rivojlanayotgan paytda ham boshqarishni tashkil qilishda muhim dastur amal sifatida qo‘llanilmoqda.
Ishlab chiqarishni va xodimlarni boshqarish so‘nggi o‘n yilliklarda kasbiy faoliyatining bir shakliga, boshqaruvchi xodimlar esa, ishchi kuchining muhim bo‘g‘iniga aylandi. Bu ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan, kadrlar salohiyatidan to‘liqroq foydalanish yo‘li bilan boshqarish samaradorligini oshirish, keskin raqobat kurashi kuchaygan davrda muhim ahamiyatga egaligi bilan tushuntiriladi. Malakali ishchi kuchi bilan ta’minlanganlik, motivatsiya darajasi, xodimlardan foydalanish samaradorligi kabilar raqobatbardoshlikning asosiy omillariga aylandi.
Boshqarish va xodimlar mehnati samaradorligini oshirish kadrlarga, xususan, boshqaruvchi xodimlarga yangicha yondashishni taqozo etadi. Xodimlar bilan ishlashga yangicha yondashishning kompleks Xarakteri rejalashtirish elementlaridan kengroq foydalanish, individual ish yuritish shakllaridan foydalanish bilan ifodalanadi. Korporatsiyaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishining muhim sharti – xodimlar bilan ishlashga ajratiladigan mablag‘larini oshirish hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda kadrlar bilan ishlash yangi shaklining nazariy asosi bo‘lgan “inson resurslari” konsepsiyasi ishlab chiqilgan. U xodimlarni tanlash, uzluksiz o‘qitib borish va ishchining sifatlari, imkoniyatlarini, qobiliyatlarini aniqlash va doimo rivojlantirib borishga sarflanadigan kapital qo‘yilmalarni iqtisodiy maqsadga muvofiqligini e’tirof etishga asoslanadi. Bu konsepsepsiyaning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • zamonaviy sharoitda inson omili rolini baholashda iqtisodiy mezonlardan foydalanish;

  • firma doirasida boshqarish;

  • xodimlar bilan ishlash tizimini qayta qurish;

Davlat va iqtisodiyotni boshqarish nazariyasining ayrim jihatlari sharqning iqtisodiy g‘oya rivojlanishiga hissa qo‘shgan yirik alloma va davlat arboblari - Farobiy, Ibn Sino (IX-X asr), Xos Xojib (XI-XII asr), Amir Temur. Ibn Xoldun (XIII-XIY asr), Bobur, Alisher Navoiy o‘z asarlarida yoritgandirlar

XULOSA
Moddiy dunyo ko‘p tizimlardan iborat. Tizim - bu ko‘rsatkichlar tuplami bo‘lib tuzilmaviy elementlardan iborat bo‘lib va boshqarish tizimini muhitini shakllantiruvchi omil.
Texnikaviy texnologik va tashkiliy tizimlar yigindisi, boshqarishni tashkiliy-texnik tomonini shakllantiradi.
Ijtimoiy - iqtisodiy tizim 2 ta tagtizimlardan iborat: boshqaruvchi va boshqariluvchi.
Xulosa qilganda menejment boshqarish tizimi deganda korxonada band bo‘lgan kishilar salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zaruriy shart-sharoit yaratish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan iqtisodiy-tashkiliy va ijtimoiy tadbirlar tizimi tushuniladi. Ishlab chiqarishni boshqarish tizimida mehnat resurslarini boshqarish juda ham murakkabdir. Chunki ishlab chiqarish va boshqarish masalalarining markazida odamlar-ishchilar, mutaxassislar va rahbarlar turadi. Korxona maqsadiga erishish va rejalarning bajarilishi faqat shular ishtirokida bo‘ladi. Inson omilini hisobga olmaslik, insonga bee'tiborlik iqtisodda kamsamaralikka va ishlab chiqarish samaradorligini pasayishiga olib keladi. Mehnat resurslarini boshqarishning asosiy maqsadi ishchilar va xodimlarning qobiliyatlarini, yanada jadal va unumli mehnat qilishga qo‘zg‘atishdir. Inson omiliga e'tibor, odamlarga nisbatan jiddiy, mas'uliyat bilan yondoshish mehnat resurslarini boshqarishning bosh g‘oyasidir. Erkin bozor sharoitida boshqaruv vazifalarining murakkablashuvi korxona rahbarlariga xodimlarni to‘g‘ri tanlash, ularni joy-joyiga qo‘yish va tarbiyalash ishlariga juda katta mas'uliyat bilan yondoshishni talab qiladi. Shunday qilib, xodimlarni boshqarishdan asosiy maqsad ularning faoliyatini korxona foydasini oshirishga yo‘naltirishdir. Bugungi kunda Oʻzbekistonda davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilishning 6 ta asosiy yoʻnalishi belgilab berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” ni qonunni imzoladi.
Farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasi normalarini amaliy roʻyobga chiqarish boʻyicha 40 dan ortiq aniq tadbirlarni nazarda tutuvchi “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha komissiya hamda davlat boshqaruvi tizimini tanqidiy oʻrganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha ishchi guruhlar tashqil etildi.
Shu bilan bir qatorda, Komissiyaga davlat boshqaruvi tizimini tanqidiy oʻrganish va uni tubdan isloh qilish boʻyicha takliflar tayyorlash jadvalini tasdiqlash vazifalari yuklatildi, unga asosan 100 dan ortiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini qayta koʻrib chiqish rejalashtirildi.

Download 72.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling