Sirtqi fakulteti


Download 72.24 Kb.
bet1/5
Sana06.02.2023
Hajmi72.24 Kb.
#1170255
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Bobojonov Oxunjon SM 50 MENEJMENT KURS ISHI 3


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SIRTQI FAKULTETI
MENEJMENT VA MARKETING” KAFEDRASI


Ro’yhatga olindi “Menejment” fanidan
______
____”____2022-yil
Mavzu: Markaziy Osiyoda boshqaruv nazariyasining rivojlanishi


KURS ISHI
Himoya hay’ati a’zolar
1.______________________ Bajardi: 3-kurs guruh
2.______________________ talabasi Bobojonov O 3.______________________ Ilmiy Rahbar:X.Shodmonov


REJA:
KIRISH……………………………………………………………………….3
ASOSIY QISM.
1.Menejmentning rivojlanishi va yo’nalishlari……………………………….5
2.Boshqaruv sohasinig mohiyati maqsad vazifalari………………………..15
3.Markaziy Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va tamoyillari……....22


XULOSA……………………………………………………………….….29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………….....31

Kirish
Ma’lumki har qanday faoliyat turi boshqaruv asosiga quriladi,
chunki shu faoliyatni amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsadga erishish,
bajariladigan vazifalarni taqsimlash, ijrosini nazorat qilish, shuningdek,
samaradorlikka erishish uchun shu faoliyatda ishtirok etuvchilar manfaatlarini himoya qilish, rag‘batlantirish chora-tadbirlari boshqaruv jarayonida tashkil etiladi va muvofiqlashtiriladi. Bunda boshqaruvga iqtisodiyotda mavjud tizim ham o’z ta’sirini o‘tkazadi. Mustaqilligimizni qo’lga kiritmasimizdan oldin iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka hamda markazi rejalashtirishga asoslangan tizim hukmron edi. Faqatgina mulkchilikning davlat mulki va shirkat mulki shakliga ega bolgan, markazdan turib belgilangan rejalar asosida ishlab chiqarishni tashkil
etish, qattiq nazorat qilish, qolaversa, jam iyatda mulkdorlar sinfining
shakllanishiga to’sqinlik qiluvchi iqtisodiy tizim o‘zini oqlamaganligi tarixdan ma’lum.
0’zbekiston jahon tajribasiga asoslanib, mulkchilikning turli shakllari tengligi ta’m inlangan, ishlab chiqarishning zamonaviy milliy manfaatlarga mos tuzilm asini yaratish ko‘zda tutilgan, erkin narxnavo va bozor qonunlari asosida boshqariladigan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yolini tanladi va iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidanoq iqtisodiyotni boshqaruv tizimini isloh qilishga alohida e’tibor qaratildi. Olib borilgan iqtisodiy islohotlar institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirishga, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini boshqarish borasida ularning xususiyatiga mos keladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga iqtisodiy erkinlik berishga yordamlashadigan, tadbirkorlikning rivojlanishini rag‘batlantiradigan tashkiliy-huquqiy shakllari vujudga kelishiga qaratilgan edi va bu boshqarishda yangi bir tizim vujudga kelishiga zamin yaratdi. Bunday bozor m unosabatlari sharoitida butun jam iyatga xizmat qiluvchi zamonaviy boshqaruv ilmini o‘rganishda, iqtisodiyotning butun tarm oqlarida, boshqaruvni am alga oshira oladigan malakali rahbarlarni tayyorlashda «Boshqaruv nazariyasi» fani
muhim o‘rin tutadi. Zero, rahbar, boshqaruvni amalga oshirishda bosh
bo‘g‘in hisoblanib, uning tashkil etilishi, samaradorligi ko‘p jihatdan
rahbar egallagan bilim, malaka, tajriba, qolaversa uning m uhim xislatlari
va boshqaruv uslubiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Bu fanning maqsadi,
vazifalari ham shularni o‘rganishni nazarda tutadi. Bu fan boshqaruvning
qonuniyatlari, qonun va tamoyillari, funksiya va vazifalari, shuningdek,
boshqaruv tizimida menejer o’rni madaniyati va uslubi, boshqaruv samaradorligi va unga ta’sir qiluvchi boshqaruv qarorlari mazmuni, mohiyatini ochib berishga qaratilgan.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltirish mumkin: “So‘nggi 4 yilda iqtisodiyotimizning barcha jabhalariga bozor mexanizmlarini joriy etish borasida jiddiy qadamlar tashlandi. Endigi vazifa - chuqur tarkibiy islohotlar orqali uzoq muddatli barqaror o‘sishning poydevorini yaratishdan iborat’’1Menejmentning mohiyati ishlab chiqarish usuli, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga bog’liq holda o’zgaradi. İshlab chiqarish rivojlanishi va iqtisodiy aloqalar murakkablashuvi bilan boshqaruv ham murakkablashadi va mustaqil fan sifatda ajralib chiqadi. Mulkchilikningturli shakllari mavjud bo’lgan sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat vujudga kelib, u ishlab chiqarishni boshqarish, foydani ko’shtirishga yo’naltiriladi. Menejmentning asosini obektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi huquqiy ilmiylik tashkil etadi.
Bu qonunlarni o’rganish va ularning aniq vaziyatlarda namoyon bo’lishini hisobga olgan holda xo’jalik rahbarlari respublika xalq xo’jaligini boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydi.Menejment sohasining holati ishlab chiqarish samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. Menejment fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obʼyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat.

Download 72.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling