Sirtqi va maxsus sirtqi talabalari uchun O`slubiv qo`llanma Samarqand – 2019 kirish


Download 172.15 Kb.
bet7/52
Sana13.12.2022
Hajmi172.15 Kb.
#1000261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52
Bog'liq
86dc711128285bf9a6475ae714d94dea Tabiatshunoslikni uqitish metodikasining nazariy asoslari

Biosfera erdagi butun tirik moddani va himiyaviy elementlar aylanib yuradigan davralarni uz ichiga olgan juda ulkan sistemadir, lekin u ochik sistema, chunki unga tashqaridan quyosh energiyasi oqimi tinmay qushilib turadi.
Biosfera tushunchasi. Biosfera – (yunoncha bios – ќayot, sphaira - shar) tirik mavjudotlar tarkalgan er kobig‘idir. Uning tarkibi, tuzulishi va energetikasi tirik organizmlar faoliyati majmuasi bilan belgilanadi. Biosfera o‘zida tirik va notirik komponentlarni birlashtiradi ќamda bir butunlikni tashkil etadi. U litosferaning yukori kismini, butun gidrosferani, troposfera va stratosferaning ko‘yi kismini o‘zida kamrab olgan. Biosfera to‘g‘risidagi ta’limotni akademik V.I.Vernadskiy yanada rivojelantirgan. Ekologiya uchun biosfera ta’limotining aќamiyati juda kattadir. CHunki biosfera tirik va notirik tabiatning oliy darajadagi o‘zaro ta’siri va ekotizimlar majmuidan iboratdir.
Umuman, biosfera tushunchasi ikki hil ma’noda ta’riflangan. Birida biosfera Erdagi barcha tirik organizmlarning majmuasi tarzida tushunilgan. V.I.Vernadskiy esa tirik va notirik tizimlarning o‘zaro ta’sirini o‘rganib, biosfera tushunchasini yangi ma’noda anglaydi. U biosferani tirik va notirik tabiatning birligi soќasi tarzida tushunadi.
Olimning biosfera tushunchasini bunday talkin kilishi Erda ќayotning paydo bo‘lishi muammosiga bo‘lgan karashlarini ifodalaydi. U bir necha variantlardan iborat:
1) ќayot Er paydo bo‘lgunga kadar yuzaga kelgan va uni butunlay kamrab olgan;
2) ќayot Er paydo bo‘lgandan keyin yuzaga kelgan;
3) ќayot Erning shakllanishi jarayonida yuzaga kelgan.
V.I.Vernadskiy uchinchi variantni ma’kullagan va bizning sayyoramizda kachonlardir ќayot izlari yoki tiriklik namunasi bo‘lmagani ќakida ishonchli ilmiy dalil yo‘kligini e’tirof etgan. Boshkacha aytganda, uning nazarida biosfera Erda ќamisha bo‘lgan. SHunday kilib, olim biosfera deganda Erning nozik kobig‘ini tushungan. Undagi barcha jarayonlar tirik organizmlarning bevosita ta’sirida kechadi. Biosfera uzok tarihiy davrlardan boshlab doimo rivojlanishdadir. U ona sayyoramizdagi ќayot kobig‘ini, tirik organizmlarning o‘zaro chambarchas aloka va munosabatlaridan iborat murakkab ekologik tizimlar majmuini tashkil etadi.
Atmosferada ќayotning eng yukori chegarasi 16-20 km balandlikdagi yupka ozon katlami bilan belgilanadi. Okeanlarning ќam deyarli barcha kismida ќayot mavjuddir. Erning kattik kismida ќayot 3 km va ќatto undan ќam chukurrokka kirib borgan (neft konlaridagi bakteriyalar).
Er sirtida kimyoviy elementlarning tarkalishini o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki, tirik moddalarda mujassamlashmagan birorta element yo‘k. Akademik V.I.Vernadskiy biogeokimyoviy tamoyillar kuyidagicha:
1. Biosferada kimyoviy elementlarning biogen migratsiyasi mavjud bo‘lib, u o‘zini maksimal darajada namoyon etishga intiladi. Afsuski, bugungi kunda bu tamoyil inson faoliyati doirasi kengayishi tufayli buzilgan.
2. Turlarning evolyusiyasi atomlarning biogen migratsiyasini tobora kuchaytiradi.
3. Tirik modda o‘zini o‘rab turgan atrof-muќit bilan uzluksiz ravishda kimyoviy almashinuvda bo‘ladi.
Bu tamoyillar buzilgan ќolda biosfera faoliyati ta’minlab turgan kosmik ta’sirlar uni emiruvchi omilga aylanishi mumkin. Ho‘sh, bundan kanday hulosalar chikadi?
Tabiatdagi ќar kanday organizmlar notirik tabiat bilan doimiy uzviy bog‘lik sharoitlardagina mavjud bo‘la oladi; ќayot o‘zining butun namoyon bo‘lishi jarayonida sayyoramizda katta o‘zgarishlar keltirib chikargan. Evolyusiya jarayonida takomillashib borgan tirik organizmlar butun sayyora bo‘ylab kengrok tarkalgan ќamda energiya va moddaning kayta taksimlanishida muќim omil bo‘lib hizmat kilgan.
Noosfera g‘oyasi. Endilikda o‘zi yashayotgan muќit bilan o‘zaro munosabati global harakter kashf etdi. Bu esa noosfera tushunchasining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Noosfera – (yunoncha noos – akl, sfera - shar) Erning «aklli kobig‘i» degan ma’noni anglatadi. Noosfera biosfera tarakkiyotining inson jamiyati paydo bo‘lgan oliy bosqichidir.

Download 172.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling