Sitologiya va
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 67 §. O‘zbekiston olimlarining biologiya va seleksiya sohasidagi yutuqlari
muhandisligi deb ataladi. Bakteriya hujayrasi o‘ziga yot (begona)
bo‘lgan gen asosida ko‘p miqdorda oqsillarni sintez qiladi. hozir- gi kunda shu yo‘l bilan viruslar ko‘payishini to‘xtatuvchi interfe- ron oqsilini, qonda glukozaning miqdorini nazorat qiluvchi insulin oqsilini olishmoqda. Mamlakatimizda mikrobiologiyani rivojlanishi uchun qulay sharoit mavjudligi tufayli bir qator sanoat tarmoqlarini: oziq-ovqat, konserva, sut mahsulotlarini qayta ishlash, antibiotik va vitaminlar ishlab chiqarish sanoatlari yanada rivoj topmoqda. olimlarimiz A.M.Muzaffarov, M.I.Mavloniy, S.Asqarova, A.Xolmurodov va boshqalar mikrobiologiya fanining rivojlanishi- http:eduportal.uz 184 SelekSiya aSoSlaRi VII Bo‘LIM ga katta hissa qo‘shdilar. A.Muzaffarov va uning shogirdlari xlo- rella suv o‘tidan chorva mollarining mahsuldorligini oshirishda va bir qator suv o‘tlaridan ifloslangan suv havzalarini tozalashdan keng miq yosda foydalanishni yo‘lga qo‘ydilar. M.Mavloniy bir qator achitqi zamburug‘larini o‘rganib, ularni novvoychilik, chorvachilik va boshqa sohalar uchun achitqilar tayyorlash texnologiyalarini yaratdi. 1. Mikroorganizmlar seleksiyasining xalq xo‘jaligi uchun qanday ahamiyati bor? 2. Biotexnologiya deb nimaga aytiladi? 3. Gen muhandisligi deb nimaga aytiladi? 4. Mamlakatimizda mikrobiologiya fani rivojiga hissa qo‘shgan olimlar haqida ma’lumot bering. 67 §. O‘zbekiston olimlarining biologiya va seleksiya sohasidagi yutuqlari Vatandoshlarimiz Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Zahiriddin Muxammad Bobur kabi buyuk allomalarimiz o‘zlari- ning tibbiyot va ekologiya sohasidagi qarashlari bilan biologiya fanlari ning rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shganlar. hozirgi davrda ham biologiya sohasining turli yo‘nalishlari da o‘zbek olimlarining hissalari juda katta va salmoqlidir. Jumladan, akademiklarimiz Q.Zokirov, A.Muzaffarovlar – botanika, T.Zoxi- dov, A.Muhammadiyev, J.Azimovlar – zoologiya, Yo.X.To‘ raqulov, B.Toshmuhammedovlar biokimyo va endokrinologiya, J.Xa midov hujayra va hujayra injeneriyasi, k.Zufarov hujayra ning kimyoviy tarkibi bo‘yicha, S.Mirahmedov, N.Nazirov, o.Jalilovlar seleksiya so- hasida, J.Musayev, A.Abdukarimovlar genetika sohasida, akademik I.Abdurahmonov, professorlar R.Muhammedov, o.odilovalar ge- netik injeneriya va biotexnologiya, akademik k.Sh.Tojiboyev O‘zbekiston florasini o‘rganish sohasida katta ilmiy tadqiqot ishlarini o‘z shogirdlari bilan olib bormoqdalar. Shu ningdek, http:eduportal.uz 185 SelekSiya aSoSlaRi VII Bo‘LIM o‘.T.Allanazorova o‘zbekiston va MDh davlatlari o‘simliklar qoplamini tarqalish qonuniyatlariga asoslanib, geo botanik xari- tasini tuzish sohasida ilmiy izlanishlar olib borib fan rivojiga katta hissa qo‘shganlar va qo‘shib bormoqdalar. Davlatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng g‘allachilik, me- va-sabzavotchilik, g‘o‘za seleksiyasi va chorvachilik seleksiyasiga alohida e’tibor berilmoqda. o‘zbekistonlik seleksioner olimlar to- monidan g‘alla ekinlarining zararkunandalarga chidamli, kam suv talab qiladigan navlari yaratildi. Bulardan ayniqsa, mamlakatimiz sharoitiga mos serhosil “ulug‘bek-600” va “Sanzor” navlari diqqat- ga sazovordir. o‘zbekistonda yaratilayotgan bug‘doy navlari o‘ziga xos bo‘lib, boshqalardan fizik-kimyoviy tarkibi va texnologik xusu- siyatlari bilan ajralib turadi. o‘zbekiston g‘o‘za seleksiyasida dunyo miqyosida salmoq- li o‘rinlardan birini egallaydi. Shuning uchun ham mamlakatimiz- da g‘o‘za navlarini yaratishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. G‘o‘za kolleksiyasini yaratishda akademik J.A.Musayev va u ning shogirdlarining xizmatlari katta. olimlarimiz tomonidan g‘o‘za- ning serhosil, viltga chidamli navlari ko‘plab yaratilgan. Bularga akademik Sodiq Mirahmedov tomonidan yaratilgan viltga chidam- li “Toshkent-1”, “Toshkent-2”, “Toshkent-3” navlari, akademiklar Nabijon Nazirov va oston Jalilovlar tomonidan g‘o‘zaning serhosil “AN-402”, “Samarqand-3”, “Yulduz” kabi navlari mashhurdir. Respublikamiz olimlari keyingi yillarda ham g‘o‘za seleksiyasi sohasida samarali ishlar olib borib, ko‘plab g‘o‘za navlarini yara- tishdi. Bularga istiqbolli yangi g‘o‘za navlari: “Buxoro-9”, “Buxo- ro-12”, “Namangan-39”, “omad” kabi navlarni misol qilib olish mumkin. Akademik Ibrohim Abduraxmonov genetik injeneriya va biotexnologiya usullarini qo‘llash orqali g‘o‘za genlaridan foydala- nishning yangi imkoniyatlarini ochib “Porloq” navini yaratdi. 2013- yildan boshlab fermer xo‘jaliklarida “gen-nokaut” usulida yaratilgan “Porloq-1”, “Porloq-2”, “Porloq-3”, “Porloq-4” navlari dan sifatli va mo‘l hosil olinmoqda. Bu usulni bug‘doy, kartoshka, anor, http:eduportal.uz 186 SelekSiya aSoSlaRi VII Bo‘LIM uzum, chilonjiyda navlarini yetishtirishga ham tatbiq etilmoq da. Shuningdek, professor S. Raxmanqulov izdoshlari bilan birgalik- da g‘o‘zaning “umid”, “oqqo‘rg‘on-2”, “Mang‘it-1”, “Mang‘it-2”, “Is- tiqlol-14”, “Sulton” kabi navlarni yaratishdi. Mamlakatimizda uzumchilik seleksiyasi ham keng rivojlan- gan. o‘zbekistonda 500 ga yaqin uzum navi ekib o‘stirilmoqda. Seleksioner olimlarimiz uzumning bir necha xil navlarini yaratgan- lar. Bulardan “Rizamat”, “Gultish”, “Sohibi”, “hiloliy” kabi navlari diqqatga sazovordir. o‘zbekistonda bog‘dorchilik qishloq xo‘jaligining asosiy tar- mog‘idir. Xalq seleksiya asosida olmaning “oq olma”, “Qizil olma”, “Namangan olmasi”, “Targ‘il olma”, “Qozi dastor” navlari, shaftoli ning “Vatan”, “Lola”, “Anjir shaftoli”, “Zarafshon”, “Farhod”, “Zarg‘aldoq” navlari, shuningdek, o‘rik, bodom, yong‘oq, anorlar- ning xilma-xil navlari yaratilgan. Mamlakatimiz olimlari ota-bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan sabzavotlar va mevali daraxtlarning navlarini uzoq yillardan bu- yon yangilab kelmoqdalar. Akademik Mahmud Mirzayev va uning shogirdlari tomonidan meva va rezavor mevalarning 200 ga yaqin navlari yaratildi. Shulardan 100 ga yaqini hozirgi kunda mamlaka- timizning turli hududlarida ekilib mo‘l hosil olinmoqda. keyingi yillarda mamlakatimizda kartoshkaning “Nimrang” – cho‘zinchoq pushti o‘rtapishar navi, “obidov” – kechpi shar, cho‘ziq qizil serhosil navlarining yaratilishi diqqatga sazovor bo‘ldi. Professor D.Abdukarimovning yaratgan “Samarqand” navi- dan bir yilda ikki marta hosil olish mumkin. hozirgi vaqtda olim- larimiz tomonidan genetik injeneriya usullarini qo‘llash orqali kar- toshkaning ildizi ikki-uch barobar uzaytirilib, uning hosildorligi oshirilib amaliyotga tatbiq etilmoqda. Chorvachilik seleksiyasi sohasida ham mamlakatimizda juda ko‘p yutuqlarga erishilgan. Jumladan, o‘zbekiston chorvachilik ins titutida M.M.Bushev tomonidan yaratilgan qoramol zoti 1949- yildan urchitila boshlangan. Bu zot mahalliy sharoitga moslashgan http:eduportal.uz 187 SelekSiya aSoSlaRi VII Bo‘LIM bo‘lib, respublikamiz hududlarida keng tarqalgan. o‘zbekistonda yaratilgan ot zotlaridan biri dunyoga mashhur qorabayirdir. Bular barcha sharoitlarda yashay oladigan, chopqir ot zotidir. 1. o‘zbekistonlik seleksioner olimlardan kimlarni bilasiz? 2. G‘o‘za kolleksiyasini yaratishda qaysi olim rahbarlik qilgan? 3. I.Abdurahmonovning seleksiya sohasidagi ishlari haqida ma’lumot bering. 4. S.Raxmanqulov va uning izdoshlari tomonidan g‘o‘zaning qanday navlari yaratilgan? Quyidagi jadvalda nomlari kо‘rsatilgan olimlar qaysi sohada faoliyat kо‘rsatishganligini juftlab kо‘rsating. 1 J.Xamidov A genetika 2 Yo.X.To‘raqulov B o‘simliklar qoplami 3 J.Musaev V flora 4 o‘.T.Allanazorova G biokimyo va endokrinologiya 5 k.Sh.Tojiboev D genetik injeneriya 6 I.Abdurahmonov J hujayra va hujayra injeneriyasi 7 J.Azimov Z zoologiya 1- 2- 3- 4- 5- 6- 7- http:eduportal.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling