Sitologiya va
Duragayning geterozis mahsuldorligi
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
Duragayning geterozis mahsuldorligi
(o‘rtada), yon tomonda har xil makkajo‘xori chiziqlarini chatishtirishdan olingan natija. A diploid nav (2n = 14) B tetraploid (4n = 28) 62 rasm. 63 rasm. Bug‘doy urug‘lari: A B http:eduportal.uz 181 SelekSiya aSoSlaRi VII Bo‘LIM qon aylanish va nafas olish sistemalari va boshqa belgilarni yax- shi rivojlanganligiga bog‘liq. hayvonlar seleksiyasida turli belgilar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni hisobga olish muhim, chunki biron belgi bo‘yicha yuqori hosildorlik – muayyan eksterer belgilarga bog‘liq. Chorvachilikda avlodlar soni kam bo‘lganligi sababli xo‘jalik ji- hatdan foydali bo‘lgan belgilarga qarab yakka tanlash keng qo‘lla- niladi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarida bir zotga mansub hayvonlarni o‘zaro chatishtirish yoki bir-biridan uzoq, ya’ni begona zot yohud turga mansub hayvonlarni chatishtirish olib boriladi. Begona zot- larni chatishtirish bir necha foydali belgilar kombinatsiyasini hosil qilish maqsadida amalga oshiriladi. Bunday duragaylash ke- yinchalik qat’iy tanlash bilan qo‘shib olib borilganda zotning xusu- siyatlarini yaxshilashga imkon yaratadi. hayvonlarning har xil zotlarini yoki o‘simliklarning navlari hamda turlararo chatishtirishda hosil bo‘lgan birinchi avlod du- ragayi hayotiy xususiyatlari bir muncha yuqori bo‘lishi va kuchli rivoj lanishi bilan farq qiladi. Bu hodisa duragay kuchi yoki geterozis deyiladi. Bunda ko‘pchilik genlar geterozigotali holatga o‘tadi va dominant gen- larning qulay o‘zaro ta’siri vujudga keladi. uy hayvonlarini sermahsul zotlarini yaratishda zotlararo va uy hayvonlarining uzoq formalarini duragaylash orqali ko‘plab zotlar yaratilgan. Zotlararo chatishtirish orqali mayin jun beradigan aska- niya rambulesi, hisor va qorako‘l qo‘y zotlari, ko‘p sut beradigan kostroma qoramol zoti, axaltaka ot zoti, tovuqlarning broyler va sertuxum zotlari, ipak qurtining zotlari yaratilgan. uy hayvonlarini uzoq formalari duragaylash orqali ham xo‘jalik uchun katta ahamiyatga ega zotlar yaratilgan. ularga misol qilib mayin jun beradigan merinos qo‘y zoti bilan yovvoyi qo‘y arxarni chatishtirish orqali arxaromerinos qo‘y zoti, baland tog‘li hudud- larda yashaydigan uy hayvoni qo‘tos bilan qoramol chatishtirilib duragay olingan. olingan bu zotlar turli muhit sharoitida bemalol yashay oladi va mahsuldorligi ham yuqori bo‘ladi. http:eduportal.uz 182 SelekSiya aSoSlaRi VII Bo‘LIM 1. o‘simliklar seleksiyasida qanday usullar qo‘llaniladi? 2. o‘simliklar seleksiyasida duragaylashning qanday usullaridan foydalaniladi? 3. o‘zbek olimlarining o‘simliklar seleksiyasi sohasidagi ishlari haqida ma’lumot bering. 4. Geterozis nima? Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling