Sitologiya va
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- tri- tikale
Duragaylash. Seleksiyada duragaylashning har xil usullari
qo‘llaniladi. Ular tur ichidagi duragaylash, geografik uzoq formalarni duragaylash, genetik uzoq formalarni duragaylashlardir. Tur ichi- dagi duragaylash o‘simliklar seleksiyasida keng qo‘llaniladi. Bunda bitta turga mansub o‘simlik navlari o‘zaro chatishtiriladi. Davlatimiz- da yaratilgan ko‘plab g‘o‘za navlari shu usulda yaratilgan. Geografik uzoq formalarni duragaylashda bir turga man sub, lekin Yer yuzasining turli joylaridan keltirilgan o‘simliklar o‘za- ro chatishtiriladi. olingan duragaylarda o‘zgaruvchanlik yuqori bo‘lib, ular yashash sharoitiga tez moslashadi. Bu usul yordamida bug‘doyning “Saratov-29” navlari yaratilgan hozirgi vaqtda bu nav MDh davlatlarining bug‘doy ekiladigan hu dudlarini 50 % iga ekil- moqda. Akademik Sodiq Mirahmedov Meksikadan keltirilgan vilt- ga chidamli yovvoyi g‘o‘za bilan o‘zbekistonda yaratilgan viltga chi damsiz g‘o‘za navini chatishtirib viltga chi damli “Toshkent-1”, “Toshkent-2”, “Toshkent-3” navlari yaratgan. http:eduportal.uz 179 SelekSiya aSoSlaRi VII Bo‘LIM Genetik uzoq formalarni duragaylashda har xil turga yoki har xil turkumga mansub o‘simliklar chatishtiriladi. Bu usul orqali hozirgi zamon seleksiyasining erishgan yutuqlaridan biri – dura- gaylarning turlararo bepushtligini bartaraf qilish usulini ishlab chi- qish bo‘ldi. Dastlab bu usulni o‘tgan asrning 20- yillarida rossiya- lik olim G.D.karpechenko karam bilan turpni chatishtirishda qo‘l- lashga muvaffaq bo‘ldi. Inson tomonidan yaratilgan bu yangi o‘simlik karamga ham, turpga ham o‘xshamagan. ularning mevasi ikki qismdan iborat bo‘lib, yarmi karamga, yarmi turpga o‘xshaydi. keyinchalik esa bug‘doy bilan bug‘doyiq duragayini olishga muvaffaq bo‘lindi. Bu duragay asosida bug‘doyning yangi don- li yem-xashak navi yaratildi, u bir mavsumda 3–4 marta o‘rib oli- nadi, 300–450 s/ga yashil massa beradi. Bir-biridan uzoq tur- larni duragaylash yo‘li bilan yana yangi donli va yem-xashakbop o‘simlik – bug‘doy bilan javdar duragayi olindi. Bu duragay tri- tikale deb ata ladi. Bug‘doy va javdarning eng yaxshi xususiyat- larini to‘plagan bu o‘simlik yuqori hosildor, ko‘p miqdorda yashil massa to‘playdi va yuksak dara- jadagi oziqlik sifatiga ega. o‘sim- likshunoslikda ko‘pincha orga nik moddalarning bir muncha faol sintez qiluvchi, hosildorligi yuqori, katta o‘lchami bilan farqlanadigan poliploid o‘simliklar ham olinadi (180- betdagi 62-, 63- rasmlar). Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling