Sitologiya va
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
7 §. Hayvonlar dunyosi
hayvonlar va o‘simliklar umumiy kelib chiqishga ega bo‘lgan tirik organizmlar hisoblanadi. Buning dalili sifatida ularning tuzili- shi va hayot kechirishlaridagi bir necha o‘xshashliklarni ko‘rsatish mumkin. hayvonlar o‘simlik va zamburug‘larga o‘xshash hujayraviy tuzilishga ega. kimyoviy tarkibi va boshqa ko‘pgina xususiyatlar- da (moddalar almashinuvi, irsiyat va o‘zgaruvchanlik, ta’sirlanish kabi) umumiylik mavjud. Shu bilan birga hayvonlarning o‘sim- liklardan farq qiluvchi bir necha xususiyatlari ham ma’lum. ular- dan eng muhimi oziqlanish xarakteridir. ko‘pchilik o‘simliklar av- totrof orga nizmlar hisoblanadi. Hayvonlar esa geterotroflardir. hayvonlar hujayrasi o‘simliklardagi kabi sellyulozali qobiq va vakuolalarga ega emas. ushbu xususiyatni ham barcha hayvon- larga taalluqli deb bo‘lmaydi. o‘simlik va hayvonlar o‘rtasidagi nis- biy farqlar ularning ajdodlari umumiy ekanligini bildiradi. hayvon- http:eduportal.uz 26 oRGANIk oLAM hAQIDA MA’LuMoT I Bo‘LIM larning tabiatdagi ahamiyatini o‘simliklar hayotida ko‘rish mum- kin. Gulli o‘simliklarning changlanishi yoki urug‘ va mevalarning tarqalishida hayvonlar katta rol o‘ynaydi. hayvonlar har xil ozuqa zanjirlari tarkibida ishtirok etib, o‘simliklar bilan oziqlanuvchi tur- lar boshqa yirtqich hayvonlar uchun ozuqa sifatida xizmat qila- di. hayvonlar tuproq hosil qilish jarayonida juda katta ahamiyat- ga ega. Chuvalchanglar, chumolilar va boshqa mayda hayvonlar tuproq tuzilmasini shakllanishida, uning unumdorligini oshirishda hamda tuproqning suv va havo bilan ta’minlanishida ishtirok etadi. Suvda yashovchi ko‘pchilik hayvonlar suvni tozalovchi — biofiltr organizmlardir. hayvonlar insonning ko‘p qirrali xo‘jalik faoliyatida katta o‘rin egallaydi. Yovvoyi va uy hayvonlari insonning har xil oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Yov- voyi hayvonlarning turlari uy hay- von zotlarini yaxshilash uchun xiz- mat qiluvchi genofondni saqlaydi. ko‘pgina yirtqich hayvonlar qishloq va o‘rmon xo‘jaliklarida turli zarar- kunandalarni yo‘qotishda katta rol o‘ynaydi. Biroq hayvonlarning ayrimlari zararlidir. ko‘pchilik hayvon turlari xavfli kasalliklar (bezgak, qichima va boshqalar)ni qo‘zg‘atuvchi va tarqatuvchi (chivinlar, burgalar va hokazo) sifatida ishtirok etadi. hayvonot dunyosi hujayraviy tuzilishiga binoan ikkiga ajratiladi: Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling