Sitologiya va


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

o‘tkazuvchanlikdir. 
Plazmatik membrana faqat ayrim molekulalar yoki ionlarni hu-
jayra ichiga o‘tkazibgina qolmay, balki yirik molekulalar yoki ular 
yig‘indisidan hosil bo‘lgan yirik zarrachalarni ham o‘tkazish xusu-
siyatiga ega. Bu xususiyat o‘z navbatida ikkiga: fagositoz va pi-
nositozga ajratiladi. 
http:eduportal.uz


37
huJAYRA hAQIDAGI TA’LIMoT
II Bo‘LIM
Fagositoz. organik moddalar, masalan oqsillar, polisaxarid-
lar va qattiq zarrachalar hujayra ichiga fagositoz yo‘li bilan o‘tadi 
(yunoncha “fageo” – yemoq, hazm qilmoq degan so‘zlardan olin-
gan). Fagositozda plazmatik membrana bevosita ishtirok etadi. 
hujayra membranasining yuza qismiga biror qattiq zarracha tush-
sa o‘sha joyda membrana botiq (chuqurcha) hosil qilib, zarrachani 
o‘rab qoladi. Membrana bilan o‘ralgan holda bu zarracha hujayra 
ichiga o‘tadi. hujayrada hazm qilish vakuolasi hosil bo‘ladi va hu-
jayraga o‘tgan organik modda hazm bo‘ladi. Fagositoz hayvonot 
olamida keng tarqalgan. Misol uchun, amyoba fagositoz yo‘li bilan 
oziqlanadi. Leykotsitlar ham fagositoz xususiyatiga ega. o‘sim-
liklar, bakteriyalar va ko‘k-yashil suvo‘tlari hujayralarining devori 
zich va qalin bo‘lgani uchun fagositozga qarshilik qiladi. Shu sa-
babli ularda fagositoz amalga oshmaydi. 
Pinositoz. har xil moddalarning eritma holida mayda tomchi 
shaklida hujayraga kirishidir. Suyuqlikning mayda tomchi ko‘ri-
nishida yutilishi ichish hodisasiga o‘xshaydi. Shuning uchun bu 
hodisa pinositoz (yunoncha “pino” – ichaman degan so‘zdan 
olin gan) deyiladi. Suyuqlikni membrana orqali o‘tishi ham fagosi-
tozga o‘xshaydi. Pinositoz tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, bak-
teriyalar, zamburug‘lar, o‘simlik va hayvonlar hujayrasida amalga 
osha di. Fagositoz va pinositoz endositozga misol bo‘ladi.
endositozga teskari jarayon ektositozdir (“ekto” – tashqa-
ri degan ma’noni anglatadi). ektositozda sitoplazma vakuolasi 
ichida hazm bo‘lmay qolgan moddalar membrana orqali tashqa-
riga chiqariladi. Plazmatik membrananing yana bir vazifasi ko‘p 
hujayrali organizmning to‘qimasida hujayralar o‘rtasidagi aloqa-
ni ta’minlashdir. Bu birinchidan, juda ko‘p burmalar va o‘simtalar 
hosil qilish va ikkinchidan, hujayralar tomonidan hujayralararo 
bo‘shliqni to‘ldi ruvchi juda zich biriktiruvchi moddalarni ajratish bi-
lan amalga oshi riladi.
o‘simlik hujayrasi ham xuddi hayvon hujayrasi singari sito-
plaz matik membrana bilan o‘ralgan bo‘ladi. Biroq, bundan tashqa-
ri hayvonlar hujayrasida uchramaydigan sellyulozadan iborat qalin 
http:eduportal.uz


38
HUJAYRA HAQIDAGI TA’LIMOT
II BO‘LIM
hujayra qobig‘iga ham ega. hujayra qobig‘ida maxsus teshikcha-
lar bo‘lib, qo‘shni hujayralarning endoplazmatik to‘rlari bir-biri bi-
lan tutashgan bo‘ladi.
Zamburug‘larning hujayralari ham xuddi o‘simlik hujayralari 
kabi hujayra qobig‘i bilan o‘ralgan. Ammo ular sellyuloza emas
balki xitinsimon moddalardan iborat.
1. Plazmatik membrana qanday vazifalarni bajaradi?
2. Plazmatik membrana qanday tuzilishga ega?
3. Yarim o‘tkazuvchanlik deganda qanday jarayonni 
tushunasiz?
4. Fagositoz nima? u qanday amalga oshadi?
5. Pinositoz jarayonini tushuntirib bering.

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling